O’smirlik davrida suitsidal xulq-atvor profilaktikasi, diagnostikasi va korrektsiyasi metodik qo’llanma Toshkent – 2017


-BOb Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvorning kelib chiqish va rivojlanish sabablari


Download 0.7 Mb.
bet4/61
Sana08.05.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1445544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Bog'liq
ЎСМИРЛАР-СУИЦИТ

1-BOb Bolalar va o’smirlar o’rtasida suitsidal xulq-atvorning kelib chiqish va rivojlanish sabablari


1.1.Suitsidal xulq-atvorga tegishli asosiy tushunchalar va uni rivojlanish dinamikasi


Suitsid – qasddan o’limga olib keluvchi shikast etkazish (o’z joniga qasd qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi.
Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati, deb izohlanadi. Shuningdek, qator adabiyotlarda “pubertat (etuklik) suitsid” atamasi ham qo’llaniladi. Bu butun bir ko’rinishga ega bo’lib, o’smirlar o’rtasida o’z joniga qasd qilish bilan izohlanadi. Bir qator tadqiqotchilar (A.G.Amburova, E.M.Bruno, N.D.Kibrik va boshqalar) o’smirlar suitsidi katta yoshdagilar suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, suitsid shaxsning boshidan o’tkazayotgan mikroijtimoiy nizolarga ijtimoiy-psixologik moslashmasligi bilan bog’liq. Shunga ko’ra, o’z joniga qasd qilish (haqiqiy suitsid) va o’z joniga qasd qilishga urinish (tugallanmagan suitsid) ga ajraladi. Bruksbenk o’zining izlanishlarida suitsid va parasuitsid (tugallanmagan suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb belgilaydi.
Suitsidal xulq-atvor – bu suitsidal faollikning namoyon bo’lishi. Bu o’z ichiga suitsidal fikr, maqsad, mulohaza, tahdidlar, suiqasd va unga urinishni o’z ichiga oladi. Haqiqiy suitsidal xulq- atvorda nafaqat puxta o’ylab o’z joniga qasd qilish, balki, ko’pincha, uzoq vaqt “tayyorlaniladi”.
Suitsidal fikrlashda o’lim, suitsid yoki jiddiy o’ziga shikast etkazish tushuniladi. Suitsidal moyillik – umumiy tushuncha bo’lib, unga suitsidal fikrlash, shuningdek, insonning o’z joniga qasd qilishga urinish istagiga aytiladi. Suitsidal urinish atamasini o’z joniga shikast etkazishga urinish yoki o’z joniga qasd qilish o’lim oqibatlariga olib kelishini bildiradi. Suitsidal urinishdan to’xtatish tushunchasi ko’proq tibbiyot amaliyotida qo’llaniladi va shaxs o’z joniga qasd qilishga o’zini tayyorlaydi, lekin qasd qilishdan avval bevosita bu maqsadini o’zgartirishi bilan tavsiflanadi. Nihoyat, o’z joniga qasd qilish arafasida o’ziga shikast etkazayotganini tushunib qoladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling