Osmonning "oh" lari topmadi yakun, Borliqda tinimsiz tomchi shiviri
Download 19.18 Kb.
|
Zomin seminari
Zomin seminarlari: *** Osmonning "oh" lari topmadi yakun, Borliqda tinimsiz tomchi shiviri. Yomg'irlar ostida yurmoq qanday soz Shunda bosiladi yurak hovuri... Barcha g'uborlarni yuvib ketar u, Hatto sezilmaydi ko'zdagi yoshim. Samimiy hislarga oshnoman homon, Chorak asrdan ham o'tsa-da yoshim. Mayli, men qalbim-la hamisha yoshman, Ishq deb unutaman barcha g'amlarni. Men inson deyishga ikkilanaman, Qalbida muhabbat bo'lmaganlarni... ***
Sen unda quyoshdek porlayverasan. Shunchalar yaxshisan, sofdilsan mudom, Meni ezgulikka chorlayverasan. Sen-la uchrashtirgan Allohga hamdlar Qay bir savobim-chun sen menga tortiq. Sendan ko'p kerakmas aslo, Menga beraman mehringdan ortiq! Sening haqingda xo'p yozgim keladi, Noto'g'ri tushunma aytgan so'zimni. O'zgalarga kimsan bilmadim, ammo Men sendan topganman asli o'zimni... ****
O'zimga o'rtadi nafratim. Yozsam ham qog'ozga sig'maydi Hasratim... Gunohkor emasman,hamisha Yomondan o'zimni saqladim. Pokiza hislarni sen uchun Asradim... Yurakka sevgidan ochma so'z, Mayli ber mehringdan bir qatim. Men seni atamoq istadim Hazrati... Cho‘g‘ bo‘ldim, tutadim, yonmadim, Uchqunim har yonga sachradi. So'nishni istayman baridan Charchadim... ****
Sog'inib yashamoq mening qismatim. Yuragimga taskin bermog'i uchun, Men yana izhorlar yozmoq istadim. Sog'inchga choradir lahzalik diydor, Unutib qo'yasan goho kimliging. Shunda yonida bo'lsaydim, deysan Lek, bunga yo'l bermas musofirliging. Eng baxtli yillarim guvohi, Sog'inch yuragimga joylar armonni. Men esa hali ham qumsayveraman Onamning tandirda yopilgan nonin. ****
Arosatlar aro oh chekar tanim. O'zim o'zimniki emasman go'yo, Hislarim do'st menga,aqlim-chi g'anim. — Aslida kimman men? anglolmadim hech, Oshiq yo mehringga tashna bir g'arib. Men Senda o'zimni yo'qotib qo'ydim Vayo Senda topdim o'zni qidirib. Orzular ro'yobin men Senda ko'rdim, Uyg'ondi qalbdagi tuyg'ular birdan. Seni menga ro'baro qilgani uchun, Mingdan ming roziman bugun taqdirdan. Men Seni atagim kelar baralla: "Menga baxt berolgan buyuk mo'jizam!" Erkaklar Sening mehring-la azizman, hurman, Sengacha edim men ishqsiz ojiza... ***
Jo'shqinlik-g'amlarga yasaydi yakun. Muhabbat-gullagan daraxt umidi, She'riyat—men, ilhom hamda yarim tun... Sog'inch—Sen rahbar chorlovchi tuyg'u, Qadr-kech topganim, hamrohi hurmat. Men— Senga uchragan eng shirin qayg'u, Umr-Sen va Menga berilgan fursat... Sen va Men sarsonmiz Biz bo'lolmayin... Yana bir tong otar murodbaxsh, Naqadar yoqimli havosi. Dildagi sog'inchga yo'g'rilar, Qushlarning sehrli navosi. Huv, o'sha dovonlar ortida, Duogo'y zotlarning piri bor Va yana tog'larning bag'rida, Sog'inib kutganim, biri bor... Sog'inchim o'rtadi kun sayin, Qog'ozga dilimni yoraman. Har tunda aytaman: «Tong otsin Yoniga, albatta boraman!" O'ylayman:"Mehnattash otamning Yuzlari quyoshda kuygandir. Onam ham yonida yo'q paytim, Yolg'izlik hissini tuygandir". Xayollar ortidan ergashib, Yoshlikdan bag'riga shoshganim. Orzular shahriga aylandi, Jonajon maskanim — Toshkanim. Rejalar tuzaman birma-bir, Izlayman o'zimcha chora man. O'qishim tugasin,albatta, Ularning yoniga boraman! ***
Men Senga she'r yozsam uzun yozaman, Harbitta satriga sog'inchim qo'shib. Yoningda men chindan baxtli yashadim, Har lahza, har onda mehringdan jo'shib. Sen endi qo'l yetmas olis makonsan, Men esa bog'idan uzilgan bir gul. end sening yoding shirin xotira, Endi men Sening-la qolmog'im mushkul. Endi,diydoringni ko'rmoqlik dushvor, Manziling Men turgan joydan narida. Lek, mening eng aziz, qadrligimsan, Haqiqiy manziling qalbim qo'rida... O'zgalar ne desa deyaversinlar, Men Seni o'ylovchi bir xayolparast. Men unut bo'lishim mumkindir, biroq, Seni unutishim ASLO MUMKINMAS! Men Senga she'r yozsam,uzun yozaman... ***
Qalbimga yordam osdim, "aqlli" bo'lib, Yaprog'i to'qilgan kuzga o'xshayman. Endi men yurakda og'riqlar bilan, So'nishni istagan nurdek yashayman. O'tkinchi dunyoda shumi adolat, Qalb emas aqldan hidoyat bo'lsa?! Jazoni o'tashga roziydim agar, Kimnidir sog'inmoq jinoyat bo'lsa! Men bahor vasliga intizor gulman, Qismatim kuz mening xazonrezgilik. Vujudim tuproqqa singunga qadar, Allohim qilmagin ishqdan bezgulik. Yuksakka bo'y cho'zib bukilar qaddim, Shamol shiddatiga berolmayin dosh. Shudringlar yarashgan yaproqlarimni Kuydirib ketadi olovrang quyosh. Xazonga aylanib ketmog'in tayin, Bunchalar adoqsiz hijronning yo'li. Kun kelib qaytadan unsam, kuzningmas Bo'lishni xoxladim bahorning guli... ***
Taqdir azal, hayot charxpalak. Mavjudligim—men uchun imkon, Bo'lolmasman parvoyi falak. Quyosh bo'lsam makonim-osmon, Keng zaminni to'shayman nurga. Kapalaklar raqs tushib yurgan Gullar bilan yashayman birga. Yuzim to'ssa qora bulutlar, Yomg'ir bo'lib yog'aman unda. Qovjiragan qir-u adirga, Hayot berib ketaman shunday. Jilg'a bo'lsa qismatim mening, O'zim bilan qilaman poyga. Xarsanglarga toshga urilib, Yetajakman, albatta, soyga. Maqsadlarim suv kabi jo'shqin, Mashaqqatlar to'xtatolmas hech. Yaxshi xotir qoldirmoq uchun Fursat bugun,erta bo'lur kech. Meni taslim etolmas hayot, O'zgarishdan qo'rqmasam toki. Umr tugar bir kuni, o‘q-dori Ezgu ishlar boqiy! ***
"Sen" desam,gunohkor sezaman o'zni. Siz uchun fidolar qilsam arzigay, Borliqda yaralgan jamiiyki so'zni. Nigohlar to'qnashsa qarolmayman tik, Yuzlarim qizarar alvon loladay, Shodlanib ketaman suhbatingizdan, Hayitda hayitlik olgan boladay. Qalbingiz buloqning suvidek tiniq, Yaxshilik qilmoqqa har dam hozirsiz. Dilingiz og'ritsam, barin unutib, "Hechqisi yo'q" - deya olgan sofdilsiz. Bemavrid qilsam kechiring, Sizga aytarlarim juda-juda ko'p. Sizni sog'inishga sig'adi haddim, Faqat qizg'onishga mening haqqim yo'q! ***
Bugun sog'inchlardan o'rtanadi dil. Ertamiz ne kechar bilmayman biroq, Shirin xotiraga ko'nmoqda ko'ngil. Sen ham shod kunlarni eslaysanmi hech? Yodingda qolganmi ayt bir biri? Eslamoq bo'yicha yordam qilsak, Men Seni qaysi yutgum oxiri. Lekin istamayman ustun bo'lishni, Qalbimni qo'lingga tutqazib yashay. Men uchun hamisha buyuk bo'lib qol, Bir umr mehringga yutqazib yashay... ***
Yodim sening yoding ila band. Sen men uchun mehr timsoli, Vain qolgaysan shunday abad. Uchrashmas balki,nasibdir Taqdirlarni bo'lmaydi. Xayolimda tursan mudom, Oq ko'ylakda tabassum qilib. Bilsang menga hamisha zavqli, Sen bor bo'lgan o'tmishga qaytmoq. Faqat men-chun eng og'ir yumush, Zabonimda ismingni aytmoq. Qismatimga ko'nmoq choradir, Sensizlikda yashamoq-ahdim. Sen Allohning panohida bo'l, Toleyimga bitmagan baxtim! ***
Kelsam ham ketsam ham yig'latganimsan, Armonni orzuga yo'lattganimsan. O'zing ayt men uchun Sen yana kimsan? Harkuni Sen tomon borgim keladi. Bahorda sochimni to'zg'itgan shamol, Yozda daryolarda surardim xayol, Qishda qo'lqopsiz ham yurib bemalol Qor o'ynab sovuqda qotgim keladi. Ketmoqni taqdirning tortig'i dedik, Diydorni sog'inchga armug'on qildik. sensiz yuragimning bir cheti kemtik Dardimni so'z bilan olgim keladi. Eh, men bir qadringga yetmagan daydi, Imkon bor deb har kun o'zni aldaydi, Shahardan olisda bo'lsang ham mayli, Yoningda bir umr qolgim keladi... QISHGA AYTARLARIM... Sen-la diydor ko'rishdik oxir,
Qahraton ham sezilmas uncha Sen ko'rkamsan oppoq libosda. Bu rang faqat senga yarashar, Xislating va xulqingga mos-da. Tashrifingdan baxtliman juda, Dilimda yo'q zarracha g'ubor. Kulgichi bor mehribonimga Sen samimiy salomim yubor. QISHGA AYTARLARIM 2 Yolg'on emas sog'inganlarim, Seni intiq kutganlarim rost. Qarshilading meni qor bilan, Eh,bilsayding bu qanday soz! Pechkasini yoqadi birov, Men qalbimga o'tlar qalayman. Bisotimdan qidiraman so'z, Ta'rifingni qanday atay man. Sen eng go'zal tariximdirsan, Bolaligim yodimga solgan. Qorbobolar yasagan hovlim, Bugun ancha olisda qolgan. Qutlug' kelsin oppoq qadaming, Xato qilsam tuzatib to'yma. Men sog'ingan yuraklarni lek, Ketguningcha bilib qo'yma! Unutmoq aslida eslashdan darak, Nafrat esa mehrga tutilgan niqob. "Xayr" deb aytmoq ham balki, osondir, Lek,qiyin yurakka hukm o'qimoq. Aql g'olib chiqar qalb bilan jangda, Qalb yana sog'inchni orqalab ketar. Ikki o't orasida qolgan odamdek Arosatlar meni bir kun mahv etar. Kimdandir nimadir aybim gunoh, Har kim o'z holicha yurgani yaxshi. Jo'shqinlik charchatar vujudimni goh Chunki,u hislarga qarama-qarshi. Tangrim-uyg'onishim kutgan chevarim, U menga qayta to'n bichishi kerak. Faqat... "Sen" ga haddim sig'ishi uchun Quyosh g'arb tomonidan chiqishi kerak... ***
Izg'irinlar chekinar ortga. Go'zal bahor manzalari, Qishlog'imni solidi yodga. Majnuntolning novdalarida, Tolpopuklar qolib ketdimi? Kichik qizning katta orzusi Toshkent tomon olib ketdimi? Sog'inaman tong saharlarda Onam yopgan nonning isini. Sho'xliklarning ko'tarmas shahar, Otasining erka qizini. Qumsaganda buvim so'zlarini, Yuzim to'ymas ko'zim yoshiga. Endi borsam buvimni yo'qlab, Gul qo'yaman qabrin boshiga... ***
Bolaligim o'tgan hovliga. Hamma havas qiladi bugun Daydi qizning quvnoq holiga. Menda esa ortadi sog'inch, Dilda armon tugadi g'uncha. Zuvalamni mushtlab charchamas, "Shahar" degan tannoz xonimcha. "Qiz otaga o'xshaydi"-deydi, Qani sizga o'xsholsam, dada. "Ona qizim"-degan so'zingiz, Men uchun eng oliy martaba. Kun keladi abadiyatga, Arzirli bir so'zim aytaman. Bolaligim o'tgan qishloqqa, Davron qizi bo'lib qaytaman! ***
Saqlayman masofa, qo'yaman chiziq. Mendagi orzular, hislar Anchayin kechikib kelgani qiziq. Samimiy bo'lishim yoqmas kimgadir, Meni esa rasmiylik bezdiradi goh. Manfaatlar to'qnashgan munosabatmas, Samimiy suhbatni xoxlayman ko'proq. O'zimga raqibdir faqat o'zligim, Erkinlik yo'l ochar hislarga shartta. O'ylarim yurakka beradi azob: "Kimdan xato o'tdi oxirgi marta?!" ***
Har bir sahifasi mazmunga ega. Faqat to'lamoqqa menda imkon yo'q, Sen uchun narx qo'yar o'zgalar nega?! Qani haqiqat-u, qani adolat? Menga atalgan "elektron" mi? Siltab tashlagim ham keladi bilsang, Seni olish uchun intilgan qo'lni. Senga erishmoqqa qiziqmasinlar, Boshqalar qidirgan ertak Sen emas. Ularning Sen sabab surgan o'ylari, Mening kelgan duomga tengmas. Umidim uzmayman nasib bo'lursan, Bir kuni meningdek kitobxoningga. Shunda Seni boshqa o'qimasin deb, Yashirib qo'yaman kutubxonamga! ***
Senda bari boshqacha edi. Tuproq isi ufurgan yo'llar Bugun ko'rkam tosh ko'cha endi. Uyg'onardik quyoshdan avval, Dilga poyga quvonchli to'lgan. kim birinchi ko'cha supursa, Demak, bugun u g'olib bo'lgan. Eslasam men bolalikdagi Hislarim ham beg'ubor edi. Meni sevmang farg'onaliklar, Men Toshkentga ketaman derdim. Qani hozir qanotim bo'lsa, Ikkilanmay siz tomon uchsam. Siz ham meni ko'rgani keling, Toshkent tomon yo'lingiz tushsa... Bolalikda qolgan bahorim, Senda bari boshqacha edi... O'zimga... Erkinlik ta'mini totting keladi, O'zingni sezasan zanjirband qulday. Sening yashnamoqqa haqing yo'qmidi?! Qovjirab borasan qarovsiz gulday. Hayotdan ko'p narsa so'radingmi yo Yoki bajarmading qay bitta shartni? Yuk qilib yurasan qay mahalgacha Yurakka o'rnashgan bu og'ir dardni? Yorilgin! Qo'rqmagin! Qadam bos olg'a! Sendagi MAQSADLAR, ORZULAR ulkan. Ularga hech qachon yeta olmaysan Ichingdan otilib chiqmasa vulqon! ***
Unutib kecha-yu bugunni, Orzumning eng go'zal yakuni, Samimiy diydorga yetolsam. O'rtadi yurakda havaslar, Jonim—qush,shartmikan qafaslar? Sen desam boshqacha nafaslar, She'rlarim baxshida etolsam. Sog'inchlar dilimni to'ldirsa, Shubhalar iymonni o'ldirsa, "Bo'l!" desa bir onda bo'ldirsa, Yugurib yoningga yetolsam. Allohdir eng buyuk yozuvchim, Duolar yagona ovunchim, Bir umr qalbimda qoluvchim, Koshkiydi men Sendan kecholsam... ***
Bahor o'z chiroyini ko'z-ko'z, O'zgacha go'zallik qir-u adirda. Mening maqtangulik nimam bor, axir Men o'zga hisobot bergan taqdirda. Yalpizlar bo'y cho'zar ariq labida, Mening lablarimda siniq tabassum. Qishning ta'nasidan bezigan quyosh, Gullarga burkaydi daraxt tanasin. Yoshimga yosh qo'shib charchamas aprel, Men yoshim yashirib charchamagandek. Samarsiz yillardan ranjiyman,ular Umrimning bahorini parchalagandek. Mana men orzulab yetgan shaharda, Mardona yuribman "buyuk" bo'lgani. Sog‘inchlar o‘rtaydi: “Jonajon hovlim, Qaldirg'och in qurgan ayvonim qani?!" Yoshimga yosh qo'shib charchamas aprel... ***
Qo'lga qalam tutqazib qo'yib, Tomoshabin bo'lgan mohirsan. Sen men uchun hamma-hammasi: Buyuk o'tmish, shonli oxirsan. Ba'zan nafim tegmadi deya, Chorasizlik boshim egadi. Suratingga boqqanda Senga Tegsa faqat ko'zim tegadi. Diydorlashsak mehr bog'idan Uzasanmi men uchun gullar? Men umidim uzmasman,chunki Bizni kutar biz kutgan kunlar* OQ BUL... Tinmasdan yog'ilar tabrik yomg'iri, Soyabon tutmasdan olyapman kutib. Qutmagan bulutlar yog'di-ya sim-sim, Qutganim o'zi qo'ydi unutib. O'ychan xayollarim qahrdan yiroq, Oqlashga eng maqbul so'z qidiradur. U balki ayni dam o'zga gullardan O'ziga munosib do'st qidiradur. Nechun kelolmaydi yonimga mag'rur? O'rgatib qo'ysaydi qadrini. Uning qilgim,anglagim,bilgim keladi, Yomg'ir bo'lolmagan bulut dardini. Mayli yomg'ir emas, bo'lsin oq bulut, Hech ham uzoqlashmay tursin qoshimda. Men esa yomg'irni asragum mudom, Hech kim ko'rolmagan ko'zim yoshida... ***
Yomg'irlar yog'ishi tayin-ku tayin. Yurakda chaqinlar chaqnagan tunda Bitta she'r yozmasdan qanday uxlayin. Halovat uzoqlasha oladi, Ko'z yoshim dard bilan tuzadi bitim. Hamrohi bisyordir kulgilarimning, Faqatgina qalbdagi anduhim yetim. Qiziqmas ba'zida qizg'onganim ham, O'zimdan o'zganing palagiga parvo. Dunyo deb atalgan foniy safarda Faqat men bo'ldimmi dardi bedavo? Mayli, tinch qo'ymasin dardlarim mening, Yashamoq yaxshidir buyuk dard bilan. Hech kimlik minbarin tark etgan kunim, To'qnashib ketaman, albat, baxt bilan! ***
Shivirlarda sezilar ohang. Tun sezmaydi ko'rkamlashganin, Tomchilarga bo'lib hamohang. Tunning bunda xayoli qochgan, O'ylantirar shudringning holi. Tun qarolar, olamdan, axir Tongga nasib shudring visoli. Yomg'ir qadrin tun hech oshirmas, Ko'p yog'ishlar qilgani uchun. Shudring tomchi ekanin sezmas, U tongniki bo'lgani uchun... ***
Mehnatdan qiziydi badanlar. Bugun bor chopig'i, kitobni Ertaga o'qiydi odamlar. Erta-kech sep yig'ar qiziga, Kam sepni uyat deb biladi. Oyda bir kitoblar xaridi Negadir qimmatlik qiladi. Uyiga shoshadi o'g'il ham, Maktabda ko'p qolsa bo'lmaydi. Sigirni vaqtida boqmasa, bugungi "plan" lar to'lmaydi. "Uni qil, buni qil"–kun tugar, Yashashning ma'nosi shumidi? Kitobni quchoqlab uxlaydi, Qishloqning ertangi umidi... ***
Tezroq uyg'onsang-u barin unutsang. Qo'rquvlar,og'riqlar seni etsa tark, Ertangi kuningdan nimadir kutsang... Yana oldingiday shaxtli bo'lsang, Nazarga ilmasang qayg'ularni ham. Sokinlik beparvo emas, Bo'lolsang jo'shqinlik istagan odam... Parchalanib ketsang soniyalarda Va yana tiklansang qaytadan xushhol. Seniki bo'lmasa hech bir og'rig'ing Bariga qo'l siltsang: "yaxshi bor,xush bor..." Bemavrid ko'rilgan tushdayin bari... ***
Masofa yiroqlar, ko'ngil-chi bilmam, Siyrating tiklanar xotirimda murabbo. Unutgim kelmaydi hattoki Sening Qo'lingga yarashgan soatingni ham. Yoqmaydi qalbingga berishsa ozor, Lek o'zim ko'p bora ranjitaverdim. Qalbingga tikanlar qadadim ammo Mehring gullaridan uyalmay terdim. Baxtli bo'lishingni xoxlayman juda, So'zim rostligiga ichaymi qasam? Ne qilay yoningdan bir bora ketib, Qalbingda qolmoqni ming bor istasam. Ketishni istamay qolar yuragim... ***
To ladi yangi bir sahifa, So'zlarga ko'chadi hislarim. Quvnoqroq nimadir gapga Ko'nmaydi, nedandir dil yarim... Kam emas men kabi bedorlar, Barchasi ilohiy ishqparast. Dildagi kemtikni to'ldirar Chin maqsad, chin orzu, chin havas. Muhimi davom bor yo'q, Umidlar so'ndirar og'rig'im. Qo'rqmasdan aytishim mumkinki, She'riyat bu—mening borlig'im! 09.01.2023.02:09 ***
Bir biriga masalan, tushunish. Mehr mavjud bo'lmagan joyda, Muhabbat ham bo'lmas,menimcha. Muhabbat bu—ilhiy tuyg‘u, Mehr ila to'qnashgan ko'zlar. hayajonga qorishib ketar, Yurakdagi pinhona so'zlar. Borliqdagi yaratiliqlar, Muhabbatdan bunyoddir asli. Sevilmoqlik jinoyat emas, Sevmoqlik bu—yosharish fasli! ***
Ilhom qilar dilda g'alayon. Qalbim yordamin so'z-la ochaman, Bu kimga ser, kimgadir ayon. Istaklarim bilmas chegara, Jim yurmoqqa ko'nmaydi yurak. Boshqalarni bilmadim,mening O'z dunyoyim bo'lishi kerak. Cho'qqilardan nigohim uzmam, Ko'kni tutgay jo'shqin ovozim. Men o'zimni topgan kunimdan Boshlanadi mening parvozim! ***
So'zlarim eng go'zal izhordan a'lo. Qalbimga xursandlar to'ldirasiz-u, Borlik bilan umrimga berasiz ma'no. Ta'riflar bitsam-u tugamasa so'z, Barcha havas qilsa sizga daf'atan. Dunyoning eng go'zal koshonasimas, Mo'jaz yuragingiz men uchun Vatan! Oddiylik yarashar, chindan sizga xo'b, Bil ne sir bor ich-ichmayman. Barchasin Allohga havola et, Yashagim keladi kulgichingizda... ***
Yomg'irlar yog'ishi tayin-ku tayin. Yurakda chaqinlar chaqnagan tunda Bitta she'r yozmasdan qanday uxlayin. Halovat uzoq uzoqlashadi, Ko'z yoshim dard bilan tuzadi bitim. Hamrohi bisyordir kulgilarimning, Faqatgina qalbdagi anduhim yetim. Qiziqmas ba'zida qizg'onganim ham, O'zimdan o'zganing falagi parvo. Dunyo deb atalgan foniy safarda Faqat men bo'ldimmi dardi bedavo? Mayli, tinch qo'ymasin dardlarim mening, Yashamoq yaxshidir buyuk dard bilan. Hech kimlik minbarin tark etgan kunim, To'qnashib ketaman, albat, baxt bilan! ***
So'roqlayman o'zimni yakka. Qishlog'imga kelmaydi qaytgim, Yakun yasab barcha istakka. Tinchlik bermas maqsad va orzu, Yo'q,halovat istamayman hech.* Men yurakka beraman buyrug'i: "Armonlarning tugunini yech!" Toshkent menga ko'p berar saboq, Kurashlarda toblaydi tanim. Bo'stonliqda ildiz otdim-u, Olmaliqda gullay boshladim. Har makonda manzilim tayin, Duolarda ortar martabam. Og'riq berar faqat bir o'kinch: "Qishlog'imga qachon qaytaman..." *Erkin Vohidov Satri. ✍Shohida Davronovna. 05/08/2023. 18:35 ***
O'ylarim o'yini tugashni bilmas. Mayda qayg'ularga qoldim ilinib, Buyuk dardlar meni nazarga ilmas. Uchishni o'rganmay parvoz istadim, Bilaman,yiqilsam turmog'im gumon. Haddidan oshadi hadsizliklarim, Maqsadlar dengizdir, orzular ummon. jismim tinch istar, qalbim tinchimas, Ikkisin negadir murosasi yo'q. Boshlangan inshoman rejalar bilan, Faqat yakuni yo'q, aniqsi yo'q. Taqdirni tahrirlab bo'larmi, bilmam, Ismim yozilarmi baxt nomasiga. Baxt meni ilhomdan,so'zdan ayirsa, Qo'l qo'yaman dardning amalga! Download 19.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling