Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
156 14. ―Raqamli uy‖ nima? 15. MP portlarini tushuntiring. 16. RISC tarkibni tushuntiring. 17. CISC tarkibni tushuntiring. 18. VT, ATM, EM64T, La Grande texnologiyalarini tushuntiring. 19. CISC, RISC va VLIW mikroprotsessorlarining asosiy xususiyatlarini tushuntiring. 20. Axborot, axborot-hisoblash va hisoblash tizim atamalarini tushuntiring. 21. Axborot-hisoblash tizimining turlanishini tushuntiring. 22. Axborot-hisoblash tizimlarining umumlashtirilgan vazifalarini tushuntiring. 23. MIPS birligida unumdorligini baholash usulini bayon qiling va kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 24. Flops birligida unumdorligini baholash usulini bayon qiling va kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 25. Qanday unumdorlikni hisoblash testlar tizimini bilasiz? 26. LINPACK testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 27. Livermorsk testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 28. SPEC testlari yordamida unumdorligini baholashni bayon qiling va kamchilik hamda afzalliklarini sanab bering. 157 II BO‗LIM AXBOROT UZATISH MUHITLARI 2.1§ Simli axborot uzatish muhitlari Axborot o„tkazish muhiti deb – kompyuterlar o‗rtasida axborot almashinuvini ta‘minlovchi axborot yo‗llariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Ko‗pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ishlatiladi, vaholanki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir. Mahalliy tarmoqlarda ko‗pincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yaʻni bir bit axborot uzatilgandan so‗ngina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar marotaba oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‗li oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‗ladigandek ko‗rinadi, aslida juda ko‗p sarf bo‗ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‗rtasidagi masofa katta bo‗lsa ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‗p bo‗lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‗tkazishga qaraganda bir dona kabelni o‗tkazish ancha oson. Taʻmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat‘iy nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni ta‘lab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tiklash |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling