Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
229 qabul qilingani haqida tasdiq bitini o‗rnatadi va marker paketni halqa bo‗ylab uzatib yuboradi. 4. Axborot uzatgan 1-abonent butun halqa bo‗lib aylanib chiqqan o‗z paketini oladi va markerni bo‗sh deb belgilab, tarmoqdan o‗z paketini chiqarib tashlaydi va bo‗sh markerni halqa bo‗ylab uzatib yuboradi. Axborot uzatishni xohlagan abonent bu bo‗sh markerni kutadi va yana hammasi qaytadan bayon etilgan ketma-ketlikda davom etadi. Nimasi bilandir ko‗rib chiqilgan usul so‗rov (markazlashtirilgan) usuliga o‗xshash, vaholanki bu yerda aniq ajratilgan markaz yo‗q. Lekin qandaydir markaz odatda bari bir ishtirok etishi lozim: abonentlardan biri (yoki maxsus qurilma) halqa bo‗ylab marker harakat qilganda u yo‗qolib qolmasligini nazorat qilish kerak (masalan, qaysidir abonentning ishdan chiqishi sababli yoki to‗siqlar tufayli). Aks holda tarmoqqa ega bo‗lish mexanizmi ishlamaydi. Buning natijasida boshqarishning mustahkamligi bu holda kamayadi (markazning ishdan chiqishi axborot almashinuvini to‗liq izdan chiqaradi), shuning uchun odatda markazning mustahkamligini oshirishning maxsus usullari qo‗llaniladi. CSMA/CD usulidan ko‗rib chiqilgan usulning afzalligi shundan iboratki. Bu yerda tarmoqqa ega bo‗lish vaqtining qiymati kafolatlangan. Uning kattaligi (N– 1) * t pk ni tashkil qiladi. Bu yerda N–tarmoqdagi abonentlarning to‗liq soni, t pk – paketni halqa bo‗ylab o‗tish vaqti. 230 3.17–rasm. Almashinuvni marker usuli yordamida boshqarish (BM–bo„sh market, YUM–yuklangan marker, TM – bandligi tasdiqlangan marker, AP – axborotlar paketi). Tarmoqda axborot almashinuvining intensivligi katta bo‗lgan taqdirda tasodifiy usulga nisbatan markerli boshqarish usuli ancha unumdorligi yuqori bo‗ladi (tarmoq yuklanganligi 30–40 % dan ko‗p bo‗lganda). U usul tarmoq yuklamasi katta bo‗lganda ham ishlash imkonini beradi. BM 2 4 1 3 1 2 4 1 3 2 2 4 1 3 3 2 4 1 3 4 BM AP TM AP YM |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling