Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
4.6-rasm. Kompyuter hisoblash tarmoqlari 271 1. LAN (Losal Area Network) - korxona, muassasa, bir tashkilot doirasidagi mahalliy tarmoq; 2. MAN (Metropolitan Area Network) - shahar yoki mintaqaviy tarmoq, ya`ni shahar, viloyat va shu kabilar doirasidagi tarmoq; 3. WAN (Wide Area Network) - mamlakat, qit`a, butun dunyo abonentlarini bog`lovchi global tarmoq. Juda keng tarqalgan Wi-Fi deb nomlanuvchi IEEE 802.11 deb nomlangan simsiz tarmoq standarti mavjud. Lokal tarmoqni simsiz va simli ko`rinishi quyidagi 6-rasmda ko`rsatilgan. 4.7-rasm. Simsiz va simli lokal tarmoq. 4.3.3. Ethernet va Fast Ethernet tarmog‗i Standart tarmoqlar o‗rtasida eng ko‗p tarqalgan tarmoq bu- Ethernet tarmog‗idir. U birinchi bo‗lib 1972- yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo‗lganligi uchun, 1980-yili uni katta firmalardan DEC va Intel qo‗lladilar (Ethernet tarmog‗ini birgalikda qo‗llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila boshlandi). Bu uchta firmaning harakati va qo‗llashi natijasida 1985- yili Ethernet xalqaro standarti bo‗lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladilar: 802 IEEE qomitasi (Institute of Electrical and Electronic 272 Engineers) va ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi. IEEE 802.03 standartining asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilar: Topologiyasi – shina; uzatish muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10 Mbit/s; maksimal uzunligi – 5 km; abonentlarning maksimal soni – 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi – 500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal abonentlar soni – 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‗lish usuli – CSMA/CD, uzatish modulyatsiyasiz (monokanal). Jiddiy qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida odatda eslanmaydi. Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo‗q albatta u yaqin kelajakda ham shunday bo‗lib qoladi. Bunday bo‗lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma ko‗rsatkichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo‗lganligi, shunday bo‗lganligi uchun dunyodagi juda ko‗p ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara boshladilar. Ular o‗zaro bir-biriga to‗liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi albatta. Dastlabki Ethernet tarmoqlarida 50 Omli ikki turdagi (yo‗g‗on va ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990- yil boshlaridan) Ethernet tarmog‗ining aloqa kanali uchun o‗ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, shisha tolali kabellar ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‗zgartirishlar kiritildi. 1995- yili Ethernet tarmog‗ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100 Mbit/s tezlikda ishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03 u standarti), aloqa muhitida o‗ralgan juftlik yoki shisha tola ishlatiladi. 1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03 z standarti). Standart bo‗yicha «shina» topologiyasidan tashqari, shuningdek, «passiv yulduz» va «passiv daraxt» topologiyali tarmoqlar ham qo‗llaniladi. Bu taqdirda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling