Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
4.5.3. ATM texnologiyasi Uzatishning asinxron ish tartibi (Asynchronous Transfer Mode, ATM – asinxronniy rejim peredachi) – bu texnologiya virtual kanallarni o‗rnatishga asoslangan va birlashgan xizmat ko‗rsatish tarmoqlarining yangi avlodi uchun yagona universal transport sifatida ishlatish uchun mo‗ljallangan. Birlashgan xizmat ko‗rsatishni bu yerda quyidagicha tushunish kerak, tarmoqning turli turdagi trafikni uzata olish imkoniyati: ushlanishlarga sezgir (masalan, tovush) va elastik trafik, yaʻni keng oraliqlarda ushlanishlarga imkon beruvchi trafik (masalan, elektron pochta trafigi yoki veb sahifalarni ko‗rish). Shu bilan ATM texnologiyasi Frame Relay texnologiyasidan farqlanadi. 339 Undan tashqari, ATM texnologiyasini loyihalashtiruvchilarining maqsadiga tezliklarning keng bosqichlarini uzatish va ATM kommutatorlarini ulash uchun birlamchi SDH tarmoqlarini ishlata olish imkoniyatini yaratish kirgan. Natijada ATM qurilmalarini ishlab chiqaruvchilari SDH tezliklarining birinchi ikki tezliklar bosqichi bilan cheklandilar, yani STM-1 (155 Mbit/s) va STM-4 (622 Mbit/s). ATM texnologiyasida axborotlarni tashish uchun yacheykalardan foydalaniladi. Yacheykani kadrdan asosiy farqi faqat birinchidan, qayd qilingan va ikkinchidan katta bo„lmagan o‗lchamga ega. Yacheykaning uzunligi 53 baytni tashkil etadi, axborot maydoni esa – 48 bayt. ATM tarmoqlari aynan shuningdek o‗lchamdagi ushlanishlarga sezgir tovush va videotrafiklarni kerakli sifat ko‗rsatkichida uzatadi. Paketlarni uzatishdagi ushlanishi paketlarni kommutatsiyalash tarmoqlarida (bunga ATM ham kiradi) kommutatsiyalash tamoyilining oqibatidir, chunki har bir paket alohida uzatiladi va tarmoqning har bir kommutatorida yoki marshrutizatorida navbat mavjudligi tufayli uzoq buferlash oqibatida bo‗lishi mumkun. Tovushli va videotrafik uchun alohida paketlarning ushlanishi juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki qabul qilish tomonida tovush va ta‘svirning sifatiga ziyon yetadi. Internet-telefondan foydalanuvchilar bu holat bilan tanishlar albatta, masalan, suxbatdoshning ovoz tembrining o‗zgarishi (hatto suxbatdoshni tanib bo‗lmas darajada va so‗zni anglab bo‗lmaydigon holatga ham kelishi mumkin), aks sado paydo bo‗lishi va hokazolar. Tovushni raqamlashtirish masalasi ancha umumiy masalaning xususiy holi bo‗lib – uzluksiz (analog) axborotni diskret (raqamli) shaklda uzatish. U 60 yillarda hal qilingan, yaʻni tovushni telefon tarmoqlari orqali nol va birlar ketma – ketligida uzatila boshlangandan so‗ng bunday o‗zgartirish uzluksiz jarayonlarni amplituda bo‗yicha va shuningdek vaqt bo‗yicha diskretlashtirishga asoslangan (21.1-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling