Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
63 ustida bajariladi. Bu SSE (Streaming SIMD Extensions) texnologiya MP modellarining keyingi modellarida o‗z rivojini topdi. SIMD buyruqlari audio va video axborotlarga ishlov berishga yo‗naltirilgan; ikki hissa oshirilgan (32 Kbaytgacha) L1 kesh-xotira; qo‗shimcha 64 bitli sakkizta registrlar mavjud; Pentium Pro va boshqa mikroprotsessorlardan olingan shoxlanishlarni bashorat qiluvchi yangi blok. Bu mikroprotsessorlarni samarali ishlatish uchun barcha eski dasturlarga (shu jumladan, Windows 95, Windows NT operatsion tizimiga ham) moslashtiruvchi dastur qismini qo‗shish zarur bo‗lgan; to‗g‗ri busiz ham Pentium MMX mikroprotsessori oddiy Pentium mikroprotsessoridan biroz unumdorliroq. Odatdagi ilovalarni bajarishda Pentium MMX 10–15% Pentium tezroq, multimediali ilovalarni yangi 57 buyruqlarni ishlatilganda u 30% ga samaraliroq (taqqoslash uchun: odatiy ilovalarni bajarishda Pentium Pro mikroprotsessori Pentium mikroprotsessoridan taxminan 20% ga o‗zib ketadi). Pentium MMX xususiyatlarini hisobga olib yozilgan dasturlar oddiy Pentium mikroprotsessorli ShK da ishlamaydi. Pentium MMX mikroprotsessorlari uchun BIOS li Socket 7 razyomli tizimli plata MMX ni quvvatlashi ta‘lab etiladi va ikkita manba kuchlanishi (3,5 va 2,8 V) zarur. Pentium II mikroprotsessori qolgan boshqa mikroprotsessorlarga qaraganda boshqacha konstruksiyaga ega, xususan, katta bo‗lmagan kartridj-plata (g‗ilofi SECC), unga protsessorning o‗zi (7,5 million tranzistori bo‗lgan, Pentium Pro MPda 5,5 million) va to‗rtta 2-bosqichli kesh-xotira mikrosxemasi, umumiy hajmi 512 Kbayt, 1-bosqich kesh-xotirasi protsessorning mikrosxemasida joylashgan bo‗lib, 32 Kbayt hajmga ega, Pentium Pro MPda esa 16 Kbayt, lekin 2-bosqich kesh-xotirasi MP ichki chastotasida emas, ikki hissa kam tashqi chastotada ishlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling