Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
172 Ulardan eng asosiysi–yig‗ish (montaj) ishlarining murakkabligi. Razyomlarni o‗rnatishni mikron aniqlikda amalga oshirish lozim, shisha tolani uzish aniqligi va uzilgan yuzani shaffoflash aniqligidan razyomdagi signalning so‗nish ko‗rsatkichi judayam bog‗liq. Razyomlarni o‗rnatish uchun kavsharlanadi (svarka) yoki maxsus gel yordamida yopishtiriladi. Gelning yorig‗lik sinish koeffitsienti shisha tolaning yorig‗lik sinish koeffitsientiga teng bo‗ladi. Har qanday holatda ham bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus moslamalar va yuqori malakali mutaxassislar kerakdir. Shuning uchun, shisha tolali kabellar turli uzunlikda va uchlariga kerakli turdagi razyom o‗rnatilgan holda savdoga chiqariladi. Shisha tolali kabellarda signalni ikkinchi yo‗nalishga ham ayirish imkoni bo‗lsa ham (buning uchun maxsus 2–8 kanallarga taqsimlovchi moslamalar ishlab chiqariladi), odatda bu kabellarni bir tomonga axborot uzatish uchun ishlatiladi. Yʻani bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma oralig‗ida. Har qanday taqsimlanish oqibatda yorug‗lik signalini ilojsiz so‗nishga olib keladi va agarda ko‗p kanalga taqsimlanilsa, u holda yorug‗lik tarmoq oxirigacha yetib bormasligi ham mumkin. Elektr kabeliga qaraganda shisha tolali kabelning mustahkamligi va egiluvchanligi kam (ruxsat etilgan egilish radiusi 10–20 sm atrofini tashkil etadi). Ionlashgan nurlanish ham unga tez ta‘sir qiladi, chunki shisha tola shaffofligi kamayib signalning so‗nishi oshib boradi. Keskin temperaturaning o‗zgarishiga ham sezgir, sababi bunday o‗zgarish taʻsirida shisha tola dars ketishi mumkin. Hozirgi vaqtda radiatsiyaga chidamli shishadan kabellar ishlab chiqarilmoqda, tabiiyki, ularning narxi qimmatdir. Shisha tolali kabellar, shuningdek, mexanik tasirga ham sezgir (urilish, ultratovush) bu holatni mikrofon effekti deb ham yuritiladi. Bu taʻsirni kamaytirish uchun yumshoq tovush yutuvchi qobiqdan foydalaniladi. Shisha tolali kabellar faqat «yulduz» va «halqa» topologiyalarda qo‗llanilidi. Bu holda hech qanday moslash va yerga ulash muammosi mavjud |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling