Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
317 4.5§ Global tarmoq Eng taniqli tarmoqlarning namoyondasi IP tarmoq – Internet tarmog‗i – global tarmoqdir, mahalliy IP tarmoqlarni Siz har bir korxonada uchratishingiz mumkin. Shu bilan bir vaqtda kompyuter tarmoq texnologiyalari ham mavjud, ular global tarmoq hosil qilish uchun mo‗ljallangan: Frame Relay, ATM, MPLS. Bu texnologiyalarda qurilgan tarmoqlar katta hududlarni qoplaydi va ko‗p sonli tugunlarni birlashtirib, IP birlashgan tarmoqning tashkiliy tarmoqlari bo‗lib qoladi. Bu bobda biz bunday texnologiyaning xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz hamda kommunikatsiya kanallarini yaratish uchun xizmat qiluvchi birlamchi tarmoqlarning ishlash tamoyillarini o‗rganamiz. 4.5.1. Birlamchi tarmoqlar Birlamchi yoki transport tarmoqlari (transmission networks) – bu maxsus ko‗rinishdagi telekommunikatsion tarmoqlardir, ular doimiy global yuqori tezlikdagi kanallarni yaratish uchun mo‗ljallangan bo‗lib, so‗ng boshqa tarmoqlarni yaratishga ishlatiladi, masalan, telefon yoki kompyuter tarmoqlarini. Birlamchi tarmoqlarni boshqa telekommunikatsion tarmoqlardan farqi quyidagidan iborat, u telefon apparatlarini bog‗lovchi telefon tarmoqlari qiladigandek yoki kompyuterlarni o‗zaro bir-biri bilan ulovchi oxiridagi foydalanuvchining terminal qurilmalari bilan ishlamaydi. Buning o‗rnida birlamchi tarmoq kanallari boshqa tarmoqlarning kommunikatsion qurilmalarini ulaydilar va ular esa o‗z navbatida oxiridagi foydalanuvchining terminaliga xizmat ko‗rsatadilar. Telefon va kommunikatsion tarmoqlar birlamchi tarmoqlarga nisbatan ikkalamchi yoki ustama (overlay) tarmoq bo‗lib xizmat qiladi. 318 Birlamchi tarmoq arxitekturasi telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan arxitekturasiga mos keladi, yaʻni kabelli aloqa yo‗llari va kommutatorlardan tashkil topgandir.[10],[14] Birlamchi tarmoqlarda kanallar kommutatsiya texnikasi ishlatiladi, shuning uchun bu tarmoqlarning kanallari qayd qilingan o‗tkazish xususiyatiga ega. Birlamchi tarmoq kommutatorlarining alohida xususiyati bo‗lib, ular kanallarni dinamik kommutatsiyalamaydi, yaʻni telefon tarmoqlarida sodir bo‗ladiganidek foydalanuvchi qurilmasining so‗rovi bilan emas, apparatda nomer terilganda tuzilgan kanalni chaqirilayotgan abonent apparati bilan kommutatsiyalanadigan, balkim tarmoq operatorining buyrug‗i bilan statik kommutatsiyalanadi. Shuning uchun birlamchi tarmoqning tuzilgan ularni kanalini ulovchi ustama tarmoqning ikki kommutatori uchun doimiy oddiy kabel ulanishi bo‗lib qoladi, ustama tarmoq kommutatorlari ular orasida joylashgan birlamchi tarmoq kommutatorlarini ―ko‗rmaydilar‖. Bunday hollarda, birlamchi tarmoq ularning kanallari orqali ishlovchi ustama tarmoq uchun shaffof deb aytiladi. 20.1 – rasmda birlamchi tarmoq orqali ulangan uchta marshrutizatorli (pastdagi yuza), ustama tarmoq paketlarni kommutatsiyalashdagi (yuqoridagi yuza) qismi ko‗rsatilgan. Odatda birlamchi tarmoqning bitta kabeli multipleksirlash hisobiga kompyuter yoki telefon tarmoqlarining bir necha yuz magistral kanallarining trafigini uzatish imkoniyatini beradi. Birlamchi tarmoqlarni yaratishning bir necha texnologiyasi mavjud: plezioxronli raqamli iyerarxiya (PDH); sinxron raqamli iyerarxiya (SDH/SONET); zichlashtirilgan to‗lqinli multipleksirlash (DWDM); optik transport tarmog‗i (OTN). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling