Основы пакета
SONET tarmog‗i ustida ishlovchi paketli tarmoqlar
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- HDLC va PPP protokollari . HDLC protokoli
- RRR protokoli
SONET tarmog‗i ustida ishlovchi paketli tarmoqlar (Packet Over SONET,
POS) nomini oldi. Biroq toza IP tarmoq modelida marshrutizatorlar raqamli kanalni ishlata olishi uchun, bu kanallarda qaysidir kanal bosqichining protokoli ishlashi kerak bo‗ladi. Bundek protokol faqat IP-paketlarni kadrlarga joylashtirish uchun kerak bo‗ladi, undan kommutatsiyalash xususiyati talab etilmaydi, chunki protokol marshrutizatorlarning interfeyslari bilan ―nuqta-nuqta‖ orasidagi ulanishlarga xizmat ko‗rsatadi. Global tarmoq qurilmalarining shu kabi ikki nuqtali ulanishlari uchun ishlatiladigan maxsus loyihalashtirilgan kanal bosqichidagi bir necha protokollar mavjud. Ikki nuqtali protokollarning mavjud to‗plamlaridan bugungi kunda IP protokolidan ikkitasi ishlatiladi: HDLC va PPP. HDLC va PPP protokollari. HDLC protokoli (High-level Data Link Control – visokourovnevoye upravleniye liniyey svyazi – aloqa yo‗lini yuqori 360 darajada boshqarish) butun bir oila protokollarini o‗z ichiga oladi, ular kanal bosqichining vazifasini joriy etadilar. HDLC protokoli bo‗yicha birinchi bo‗lib aytiladigani - bu uning vazifasining turliligidir. U bir necha bir-biridan juda farq qiluvchi ish tartiblarida ishlashi mumkin, u nafaqat ikki nuqta ulanishlarini quvvatlaydi, u bitta axborot manbai va bir necha qabul qiluvchi ulanishlarini ham quvvatlaydi, unda shuningdek muloqotdagi stansiyalarning turli vazifali ishlari inobatga olingan. HDLC murakkabligining sababi, u 1970 yillarda yaratilgan juda ―qari‖ protokol bo‗lib, ishonchsiz aloqa kanallari uchun yaratilgan edi. Shuning uchun HDLC protokolining ish tartiblaridan biri TSR protokoli kabi mantiqiy ulanishni o‗rnatish amalini va kadrni uzatishni nazorat qilish amalini quvvatlaydi hamda shuningdek chetlatilgan va shikastlangan kadrlarni tiklaydi. Shuningdek HDLC deytagramma ish tartibi ham mavjud. Unda mantiqiy ulanishlar o‗rnatilmaydi va kadrlar tiklanmaydi. IP- marshrutizatorlarda ko‗pincha HDLC protokolining Cisco kompaniyasi ishlab chiqqan versiyasi ishlatiladi. Bu protokol versiyasi firma ishlab chiqarganiga qaramay u ko‗pchilik ishlab chiqaruvchilarning IP- marshrutizatorlari uchun standart bo‗lib qoldi. HDLC ning Cisco versiyasi faqat deytogramma ish tartibida ishlaydi, bu esa hozirgi vaziyatdagi shovqinsiz ishonchli aloqa kanallariga mosdir. HDLC ning Cisco versiyasiga standart protokollarga nisbattan bir necha kengaytirishlar kiritilgan, ulardan asosiysi ko‗p protokolli quvvatlashdir. Bu bildiradiki, Cisco HDLC ning kadr sarlavhasiga protokol turi maydoni kiritilgan, Ether Type maydoni kabi, protokol kodini o‗z ichiga olgan bo‗lib, uning axborotlarini Cisco HDLC ning kadri o‗tkazadi. Standart HDLC da bundek maydon yo‗q. RRR protokoli (Point-to-Point Protocol) standart Internet protokolidir. RRR protokolining boshqa kanal bosqichidagi protokollardan ajratib turuvchi jixati – bu ulanishlar ko‗rsatkichini qabul qilishni moslashuvchan va ko‗p vazifali |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling