Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
362 Shuningdek foydalanuvchilarga ham autentifikatsiyalashning yangi algoritmlarini qo‗shish uchun ruxsat beriladi. Undan tashqari, foydalanuvchilar axborot va sarlavhalarni kompressiyalash algoritmlarini tanlashga tasir o‗tqazishlari mumkun. RRR protokoli ulanishlarni o‗rnatish ish tartibida ishlashiga qaramay, kadrlarni yetkazib berish va ularni tiklash bilan u protokol shug‗ullanmaydi, chunki protokolni loyihalashtirish vaqtida ishonchli raqamli kanallar telekommunikatsiya tarmoqlarida ko‗p keng tarqalgan edi. 4.6.2. Masofaviy ega bo‗lish Masofaviy ega bo‗lish (remote access) atamasi ko‗pincha uy kompyuter foydalanuvchisining Internetga ulanishi haqida gap ketganda yoki korxonaning tarmog‗i undan ancha masofada joylashganda va shuning uchun albatta global tarmoq orqali harakat qilish kerak bo‗lganda ishlatiladi. Oxirgi vaqtda masofaviy ega bo‗lish tushunchasi nafaqat alohida olingan kompyuterlarning ega bo‗lishi, balki oiladagi bir necha kompyuterlarning birlashtirilgani, yani oilaviy tarmoq ham tushinilmoqda. Shuningdek katta bo‗lmagan tarmoqlarga korxonalarning kichik 2- 3 ta xizmatchisi bor ofislar ham kiradi. Hozirgi vaqtda masofaviy ega bo‗lishni tashkillashtirish eng dolzarb muammolardan biri bo‗lib qolmoqda. U ―oxirgi mil muammosi ‖ deb nom olgan, u yerda oxirgi mil deganda aloqa operatorning ishtirok etish nuqtasidan (Point Of Presence, POP) mijoz binosigacha bo‗lgan masofa tushiniladi. Bu muammoning murakkabligi bir necha omillar bilan belgilanadi. Bir tomondan, zamonaviy foydalanuvchiga xohishiy turdagi trafikni: axborot, tovush va videoni sifatli uzatish hamda yuqori tezlikda ega bo‗lish zarurligi bo‗lsa. Buning uchun sekundiga bir necha megobit yoki kamida bir necha yuz kilobit tezlik zarurdir. Boshqa tomondan esa, katta va kichik shaarlarda uylarning juda ko‗pi ayniqsa qishloqlarda avvalgidek aloqa operatorlarining ishtirok etish nuqtasi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling