Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinamik veb-sahifalar
uzoq vaqtli ulanish – bitta TSR-ulanishda bir necha obyektlarni uzatish,
bunda ulanib turish vaqti veb-xizmatni tarkiblashtirishda aniqlashtiriladi; qisqa vaqtli ulanish – bitta TSR-ulanishda faqat bitta obyektni uzatish. Uzoq vaqtli ulanish o‗z navbatida ikki usulda ishlatilishi mumkin: so„rovlarni to„xtashlar bilan ketma-ket uzatish – yangi so‗rov faqat javob olingandan so‗ngina jo‗natiladi; 396 konveyerli uzatish – bu ancha samarali usul, unda keyingi so‗rov oldingi bir yoki bir necha so‗rovlarga javob kelguncha jo‗natiladi (eslatamiz, sirpanuvchi oyna usuli). Odatda sukut saqlash bo‗yicha parallellik darajasi 5 – 10 darajada o‗rnatiladi, lekin foydalanuvchi mijozni tarkibini tuzish vaqtida bu ko‗rsatkichni o‗zgartirishi mumkin bo‗ladi. Dinamik veb-sahifalar. Shu vaqtgacha biz nazarda tutgan edikki, sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti harakati natijasida o‗zgarmaydi deb bilar edik. Foydalanuvchi gipermatnga sichqoncha ko‗rsatkichini qo‗yib bosgan taqdirda u yangi sahifaga o‗tadi, agarda orqaga qaytish buyrug‗ini amalga oshirsa, u holda yana oldingi sahifa o„zgarmagan holda ekranda hosil bo‗ladi. Bunday sahifalar statik deb ataladi. Biroq ba‘zi hollarda sahifadagi ma‘lumotlar foydalanuvchining hatti harakatidan so‗ng o‗zgarsa juda ham ko‗ngildagidek bo‗lar edi, masalan, sahifaning ma‘lum hududiga sichqoncha ko‗rsatkichini to‗g‗rilab bosilsa u yerda matn o‗rniga rasm paydo bo‗lsa axborotlar bazasini holatini dinamik hosil qilish ham statik sahifa masalani hal qila olmaydigan holatga anaʻnaviy misol bo‗la oladi. Masalan, ko‗p Internet magazinlar sotilayotgan mollar bazasini quvvatlaydilar va sotilmay qolgan mollarning sonini chiqarish veb-sahifaning tegishli maydonini dinamik yangilanishini talab etadi. Ba‘zi tashqi shartlarga bog‗liq holda o‗zgaruvchi veb-sahifalardagi axborotlarni ekranga chiqarilishini hosil qila olsalar, bundek veb-sahifalar dinamik deb ataladi. Sahifalar dinamikasiga ularni dasturlash yo‗li orqali erishiladi, buning uchun odatda senariylarni dasturlash tili ishlatiladi: Perl, PHP yoki JavaScript. Veb-sahifalarni dinamik shaklda yaratish uchun ikki guruh dasturlar mavjud: mijoz tarafida ishlovchi dasturlar (yani ekranda sahifalarni hosil qiluvchi veb-brauzer joylashgan kompyuterda); server tomonda ishlovchi dasturlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling