Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
44 Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni sonli va belgili axborotlar ustida bajarish uchun mo‗ljallangan (kompyuterlarda operatsiyalarning bajarilishini tezlatish uchun AMQ ga qo‗shimcha matematik soprotsessor ulanadi). Mikroprotsessor xotirasi (MPX) bevosita yaqin taktlarda axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun ishlatilishga mo‗ljallangan; kompyuterni yuqori tezlik bilan ta‘minlash uchun MPX registrlarda qurilgan, tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun asosiy xotira esa har doim ham zarur bo‗lgan axborotni yozish, qidirish va o‗qish tezligini ta‘minlab bera olmaydi. Registrlar–xotiraning turli uzunlikdagi tezkor yacheykalaridir (OX yacheykasidan farqli, ularda standart uzunligi 1 bayt va tezligi ancha kam). Mikroprotsessorning interfeys tizimi ShK ni boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqasini tashkil etish uchun mo‗ljallangan; o‗z tarkibiga MP ning ichki interfeysini, buferli xotira registrlarini va kiritish-chiqarish portlarini boshqarish sxemalarini hamda tizimli shinani oladi. Interfeys (interface)–kompyuter qurilmalarining samarali muloqotini ta‘minlab beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi. Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports)–ShK interfeys tizimining elementlari, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi. Takt impulslar generatori elektor impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, uning chastotasi tizimli shinaning takt chastotasini aniqlab beradi. Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori, u shinaning takt chastotasini N marta oshirilganiga teng (N chastota ko‗paytiruvchisidir). Ikkita impuls oralig‗idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ko‗pincha uning ishlash tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya maʻlum taktlar sonida bajariladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling