Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
45 Tizimli shina. Tizimli shina–kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‗lib, u barcha qurilmalarning o‗zaro ulanishi va aloqasini taʻminlaydi. Tizimli shinaning tarkibi quyidagilardan iborat: - axborotlarning kodli shinasi (AKSh), operandani sonli kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; - manzillarning kodli shinasi (MKSh), tashqi qurilmaning kiritish-chiqarish portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; - ko‗rsatmalarning kodli shinasi (KKSh), mashinaning barcha bloklariga ko‗rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; - manba shinasi, ShK bloklarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash tizimiga ulash uchun simlar va sxemalardan iborat. Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‗nalishini ta‘minlaydi: mikroprotsessor va asosiy xotira o‗rtasida; mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida; asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari o‗rtasida (xotiraga bevosita ega bo‗lish ish tartibida). Barcha bloklar, aniqrog‗i, ularning kiritish-chiqarish portlari unifikatsiyalashtirilgan mos razyomlar orqali shinaga bir xil ulanadilar: bevosita yoki kontroller (adapterlar) orqali. Tizimli shinani boshqarishni mikroprotsessor tomonidan bevosita yoki ko‗pincha qo‗shimcha mikrosxema shina kontrolleri orqali ulanadi, u asosiy boshqarish signallarini hosil qiladi. Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni operativ saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mo‗ljallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va operativ xotira qurilmasi (OXQ). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling