Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
46 DXQ (PZU–postoyannoye zapominayusheye ustroystvo, ROM–Read Only Memory) dasturning o‗zgarmaydigan (doimiy) va ma‘lumotnoma axborotlarni saqlash uchun mo‗ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni faqat operativ o‗qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni o‗zgartirish mumkin emas). OXQ (OZU – operativnoye zapominayusheye ustroystvo, RAM–Random Access Memory) ShK hozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot- hisoblash jarayonida qatnashayotgan axborotlarni operativ yozish, saqlash va o‗qish uchun mo‗ljallangan (dastur va axborotlarni). Operativ xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning har bir yacheykasiga alohida murojaat eta olishida (yacheykalarga to‗g‗ri manzilli ega bo‗lish). Operativ xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib o‗tish kerakki, unda saqlangan axborotni kompyuter energiya manbai o‗chirilgandan so‗ng ham saqlab qolish mumkin emas (energiyaga bog‗liqligi). ShK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bog‗liq bo‗lmagan xotira ham bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide Semiconductor RAM), o‗zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda tizimning har bir yoqilganida tekshiriladigan ShK ning apparat tarkibi haqidagi axborot (kompyuterda mavjud barcha apparatlar haqida) saqlanadi. Tashqi xotira. Tashqi xotira shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalariga kiradi va masalani yechish uchun qachondir kerak bo‗ladigan axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotira qurilmasida kompyuterning barcha dasturiy ta‘minoti saqlanadi. Tashqi xotiraning har xil turlari mavjud, 1.8- rasmda keltirilgan tashqi xotira turlari amaliy jihatdan har bir kompyuterda bor, qattiq diskdagi jamlovchilar. Bu jamlovchilarning vazifasi–katta hajmdagi axborotlarni saqlash, yozish va so‗rov bo‗yicha operativ xotira qurilmasiga uzatish. Tashqi xotira qurilmasi sifatida keng miqyosda optik disklarda jamlovchi qurilmalar ham ishlatilmoqda (SD–Compact Disk, DVD–Digital Versatile Disk), flesh-diskda jamlovchilar va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling