Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
47 kamroq kassetadagi magnit tasmali xotira qurilmalari (MTXQ, strimmerlar) va diskli magnitooptik jamlovchilar (DMOJ) ishlatilmoqda. Energiya manbai. Energiya manbai–blok, shaxsiy kompyuterning elektr tarmog‗idan va alohida energiya manbaidan ta‘minlash vositasi. Taymer. Taymer–bu kompyuterning ichidagi real vaqt soati, avtomatik ravishda hozirdagi vaqt ko‗rsatkichlarini beruvchi (yil, oy, soat, minut, sekund va sekundning qismi). Taymer alohida elektr manbai-akkumulyatorga ulanadi va kompyuter manbadan uzilganda ham u o‗z ishini davom ettiradi. Tashqi qurilmalar. ShK ning tashqi qurilmalari (TQ)–har qanday hisoblash majmuasining tarkibiy qismi, TQ ning narxi shaxsiy kompyuter narxining 80–90% ini tashkil etishi mumkun. Shaxsiy kompyuterning tashqi qurilmalari atrof-muhit bilan muloqotini ta‘minlaydi: foydalanuvchilar, boshqarish obyekti va boshqa kompyuterlar bilan. Tashqi qurilmalarga quyidagilar kiradi: - tashqi xotira qurilmalari (TXQ) yoki ShK tashqi xotirasi; - foydalanuvchining muloqot vositalari; - axborotni kiritish qurilmalari; - axborotni chiqarish qurilmalari; - telekommunikatsiya va aloqa vositalari. Foydalanuvchining muloqot vositalari o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: - ko‗rsatuv monitori (ko‗rsatuv terminali, displey)–shaxsiy kompyuterga kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni aks ettirish uchun mo‗ljallangan qurilma; - nutqni kiritish-chiqarish qurilmasi–multimedianing tez rivojlanayotgan vositasi. Bular turli mikrofonli akustik tizimlar, inson tomonidan talaffuz etilayotgan so‗z va harflarni tanishga imkon beruvchi, ularni identifikatsiyalovchi va kodlashtiruvchi murakkab dasturiy ta‘minotga ega bo‗lgan ―tovushli sichqonchalar‖, kompyuterga ulangan tovush karnaylari yoki dinamik orqali hosil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling