Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
54 operatsiyalari bajarilishi mumkin, shu jumladan axborotlarni uzatish operatsiyasi ham; razryadlar soni qancha ko‗p bo‗lsa, ShK ning unumdorligi ham ko‗p bo‗ladi. Mikroprotsessorning razryadligi ba‘zida uning registrlari va axborotning kod shinasinining razryadligi bilan, ba‘zida esa manzili kod shinasining razryadligi bilan aniqlanadi. Bu shinalarning razryadligi VLIW turidagi MP larda bir xil (64- razryadli intel-arxitektura-IA ). Tizimli, mahalliy va tashqi interfeyslar turi. Interfeyslarning turlari mashina qismlari o‗rtasidagi axborot almashuvining turli tezligini taʻminlaydi, turli sondagi va turli xil tashqi qurilmalarni ulashga imkoniyat beradi hamda simsiz aloqa kanalini ishlatadi. Operativ xotira sig‗imi. Operativ xotira sig‗imi megabaytlarda o‗lchanadi. Eslatma, 1 Mbayt = 1024 Kbayt = 10242 bayt. Ko‗pchilik zamonaviy amaliy dasturlar 16 Mbayt sig‗imdan kam bo‗lgan operativ xotira bilan ishlamaydi yoki juda sekin ishlaydi. Nazarda tutish kerakki, asosiy xotira sig‗imi ikki hissa oshirilsa, murakkab masalalarni yechishda (xotiraga yetishmovchilik sezilganda) kompyuterning samarali unumdorligini taxminan 1,41 marta oshiradi (kvadrat ildiz qonuni). Har xil turdagi operativ xotiralari–SDRAM, DDR DRAM, DR DRAM va boshqalar turlicha funksional imkoniyatlarga egadirlar. Qattiq magnit diskdagi jamlovchilarning sig‗imi va turi. Odatda QMDJ sig‗imi gigabaytlarda o‗lchanadi, 1 Gbayt=1024 Mbayt. 1 Tbayt sig‗imli venchesterni bugungi kunda ishlatsa bo‗ladi, ammo, yangi dasturiy ta‘minotlar yaqin kunlarda ko‗p terabaytli tashqi xotirani talab etishi mumkin. Kesh-xotiraning sig‗imi va turi. Kesh-xotira–bu bufer, foydalanuvchi ega bo‗la olmaydigan tezkor xotira, ancha sekin ishlovchi xotira qurilmalarida saqlanayotgan axborotlarni avtomatik ravishda kompyuter tomonidan operatsiyalarni bajarilishini tezlatish uchun ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling