Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
56 qurilmasi, u konstruktiv jihatdan bitta katta integral sxemada (KIS) yoki juda katta katta integral sxema ko‗rinishida (JKIS) bajarilgan bo‗ladi. Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi: buyruq va operandalar manzilini hisoblash; asosiy xotiradan buyruqlarni tanlash va deshifrlash; OX dan, MPX registrlaridan va tashqi qurilma adapterlarining registridan axborotlarni tanlash; so‗rov va buyruqlarni adapterlardan TQ da xizmat ko‗rsatishga qabul qilish va ishlov berish; axborotlarga ishlov berish va ularni operativ xotiraga, mikroprotsessor xotirasining registrlariga va TQ adapter registrlariga yozish; ShK bloklariga va barcha boshqa qurilma qismlariga boshqarish signalini ishlab chiqarish; keyingi buyruqqa o‗tish. Mikroprotsessorning asosiy ko‗rsatkichlari quyidagilardan iborat: razryadligi; ishchi takt chastotasi; kesh-xotira sig‗imi va turi; ko‗rsatmalar tarkibi; konstruksiya elementlari; energiya iste‘moli; ishchi kuchlanishi va hokazo. Mikroprotsessor axborotlar shinasining razryadligi operatsiyalarni bir vaqtda bajarishi mumkin bo‗lgan razryadlar sonini aniqlaydi; MP manzillar shinasining razryadligi uning manzillar maydonini belgilaydi. Manzillar maydoni–bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni, mikroprotsessor tomonidan ularga bevosita manzillanishi mumkin. 57 MP ning ishchi takt chastotasi uning ichki tezligini aniqlab beradi, chunki har bir buyruq ma‘lum sonli taktlar davomida bajariladi. ShK tezligi (unumdorligi) ham shuningdek MP ishlovchi tizimli plata shinasining takt chastotasiga bog‗liq. MP platasiga o‗rnatiladigan kesh-xotira ikki bosqichga ega: L1–1-bosqich xotirasi, MP (yadrosida) asosiy mikrosxema ichida joylashgan va har doim MP ning to‗liq chastotasida ishlaydi (birinchi martta L1 kesh i486 va i386SLC mikroprotsessorlarida qo‗llanilgan). L2–2-bosqich xotirasi, MP platasiga joylashtirilgan kristall va yadro bilan ichki mikroprotsessor shinasi orqali bog‗langandir (birinchi marta Pentium Pro mikroprotsessorida ishlatilgan). L2 xotirasi MP ning to‗liq yoki yarim chastotasida ishlashi mumkin. Bu kesh-xotiraning samaradorligi mikroprotsessor shinasining o‗tkazish xususiyatiga bog‗liqdir. Ko„rsatmalar tarkibi–MP tomonidan avtomatik ravishda bajariladigan ro‗yxat, buyruqlar ko‗rinishi va turi. Buyruqlar turi MPning qaysi guruhga tegishli bo‗lishiga bog‗liq (CISC, RISC, VLIW). Buyruqlarning ro‗yxati va turi MP da axborotlar ustida bevosita bajarilishi mumkin bo‗lgan amallarni va bu amallar tatbiq etilishi mumkin bo‗lgan axborotlar toifasini belgilab beradi. Ko‗pgina MP ga uncha ko‗p bo‗lmagan qo‗shimcha ko‗rsatmalar kiritilgan (286, 486, Pentium Pro va boshqalar), ammo ko‗rsatmalar tarkibidagi jiddiy o‗zgarishlar i386 mikroprotsessoridan boshlandi (bu tarkib keyinchalik asos sifatida qabul qilindi), Pentium MMX, Pentium III, Pentium 4, Pentium D, Core Dum. Konstruksiya elemenlari–MP o‗rnatishda ishlatiladigan jismoniy razyomli ulanishlarni aniqlab beradi va ular tizimli plataga mikroprotsessorni o‗rnatish uchun layoqatliligini aniqlaydi. Razyomlar turli konstruksiyaga ega (Slot–tirqishli razyom, Socket–uyali razyom), kontaktlar soni turlicha, ularga turli signallar va ishchi kuchlanishlar beriladi. Ishchi kuchlanishi ham shuningdek tizimli platani MP ni o‗rnatishga layoqatlilik omili bo‗lib xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling