Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
58
Birinchi mikroprotsessorlar MP 4004 1971-yili Intel (AQSH) kompaniyasi 
tomonidan ishlab chiqarilgan. Hozirgi vaqtda ko‗p firmalar (AMD, VIA Apollo, 
IBM va boshqalar) tomonidan o‗nlab mikroprotsessor turlari ishlab chiqarilmoqda, 
lekin eng ko‗p tarqalgan va taniqlilari Intel kompaniyasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan MP lar va Intelga mos mikroprotsessorlardir.
Barcha mikroprotsessorlarni guruhlarga ajratish mumkin: 

CISC (Complex Instruction Set Command) to‗liq buyruqlar tizimining 
to‗plami bilan; 

RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar 
tizimining to‗plami bilan; 

VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq so‗zi juda uzun bo‗lgan;

MISC (Minimum Instruction Set Command) buyruqlar tizimini minimal 
to‗plamli va juda yuqori tezlikli. 
CISC turiga mansub mikroprotsessorlar. Ko‗p zamonaviy IBM PC 
turidagi ShK lar CISC turiga mansub ko‗p firmalar tomonidan (Intel, AMD, Cyrix, 
IBM va boshqalar) ishlab chiqariladigan mikroprotsessorlarni ishlatadilar. Ko‗p 
yillardan beri Intel firmasi ―Modani o‗rnatuvchi‖ bo‗lib kelmoqda, oxirgi yillarda 
AMD firmasining mikroprotsessorlari ba‘zi ko‗rsatkichlari bo‗yicha ―intel‖dan 
o‗tib ketmoqda. Ular ko‗rsatkichlarining ba‘zilari 2.1.-jadvalda keltirilgan. 
Quyidagilarni bilish foydadan xoli emas: 

80386 (386), 80486 (486) mikroprotsessorlarida SX, DX, SL va boshqa 
harflar bilan belgilangan rivojlantirilgan modellari mavjud, asos modeldan 
shinasining razryadligi, takt chastotasi, ishonchliligi, o‗lchamlari, iste‘mol 
energiyasi va boshqa ko‗rsatkichlari bilan farqlanadi; 

Pentium–Pentium 4 mikroprotsessorining turli rivojlantirilgan modellari 
mavjud, ularni quyida ba‘zilari ko‗rib chiqiladi; 


 
59

elementlar soni–bu mikroprotsessor sxemasida joylashtirilgan oddiy 
yarimo‗tkazgichli o‗tishlar soni. Odatda, texnologiyada element o‗lchami mikron 
bo‗lgan ko‗rsatkich bilan xarakterlanadi (mikronli texnologiya). 

486DX va undan keyingi mikroprotsessor modellari o‗z tarkibiga 
joylashtirilgan soprotsessorga ega, ular ichki chastotani ko„paytirish ish tartibida 
ishlashlari mumkin. Ko‗paytirilgan chastota bilan faqat MP ning ichki sxemalari 
ishlaydi, MP ga nisbatan barcha tashqi sxemalar, shu jumladan, tizimli plataga 
joylashgan sxemalar ham odatiy chastota bilan ishlaydilar

80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida buyruqlarga 
konveyerli ishlov beriladi. 286 MP larda umumiy o‗lchami 6 baytli buyruqlar 
navbati uchun registrlar inobatga olingan, 486 MP da 16 bayt va hokazo. 
Buyruqlarga konveyerli ishlov berish–bu buyruqlar ketma-ketligining turli 
taktlarini MP ning turli qismlarida bir vaqtda bajarilishi va natijalarni MP ning bir 
qismidan boshqasiga bevosita uzatish. Buyruqlarni konveyerli bajarilishi ShK ning 
samarali tezligini 2–5 martagacha oshiradi. 

80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida hisoblash tarmog‗ida 
ishlash imkoniyati mavjud; 

80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida ko‗p masalali ishlash 
(ko‗p dasturli) imkoniyati mavjud va unga hamroh bo‗lgan xotira himoyasiga ega. 
Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish tartibiga ega: 

real (bir masalali, Real Address Mode), unda faqat bitta dastur bajarilishi 
mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat (1024=64) Kbayti bevosita 
manzillanishi mumkin, xotiraning qolgan qismiga (kengaytirilgan) maxsus 
drayverlarni ulanganda egalik qilish mumkin. 

himoyalangan (ko‗p masalali, Protected Virtual Address Mode), bir vaqt 
davomida bir necha dasturning bajarilishini, kengaytirilgan asosiy xotiraga 
bevosita manzillashni va bevosita ega bo‗lishni (qo‗shimcha drayverlarsiz) 
taʻminlaydi. 16 Mbayt xotiraga ega bo‗lish 286 MP ga havola qilinadi; 4 Gbayt 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling