Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
64 Pentium II mikroprotsessorining muhim farqi, uning ikkitali mustaqil shinali arxitekturasidadir (bunday shina qo‗llangan birinchi variantlar Pentium Pro MPda bo‗lgan). Protsessor L2 kesh-xotira bilan axborotlarni maxsus yuqori tezlikka ega shina orqali amalga oshirgan (ba‘zida uni backside–zadney–orqadagi deb atalgan). Tizimli shina tizimli plata chastotasida ishlaydi va bu kompyuterning samarali tezligini jiddiy kamaytiradi, backside–shinasining mavjudligi kesh-xotira bilan almashuvni tezlatadi. Pentium II mikroprotsessori shaxsiy kompyuterlarning ikki protsessorli tuzilishini quvvatlaydi. Pentium Pro va Pentium II mikroprotsessorlarida MMX buyruqlari ishlatiladi va 0,35 mkm texnologiya asosida ishlab chiqariladi hamda 2,8 V manba kuchlanishidan foydalaniladi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa hamma Pentiumlarga nisbatan boshqa tizimli plata talab etiladi. Pentium II mikroprotsessori ko‗p rivojlantirilgan modellarga ega: Klamath, Deschutes, Katmai, Tanga va boshqalar. Ancha arzon kompyuterlar uchun protsessorning yengil Celeron deb nomlanuvchi varianti taklif etilgan. Birinchi Celeron protsessorlari 266 va 300 MGs chastotaga ega bo‗lgan. 2-bosqich keshni olib tashlashgan, bu esa kompyuterning unumdorligida sezilarli darajada aks etgan va uning asosidagi kompyuterlar kam samarali bo‗lib chiqdi. So‗ng Celeron A protsessori ishlab chiqarilgan (keyichalik A harfi olib tashlangan), u MP platasiga o‗rnatilgan, katta bo‗lmagan (128 Kbayt) L2 keshga ega va endi MP ning to‗liq chastotasida ishlaydigan bo‗lgan. Bu protsessorlar shuningdek Mendocino nomi bilan ham taniqli, juda ommabop bo‗lib qolgan edi. Ikkinchi kesh xususiyatlaridan tashqari, Celeron protsessorlari Pentium II mikroprotsessoridan quyidagi farqlarga egadir: manzil shina razryadlari 36 tadan 32 taga keltirilgan (manzillanuvchi xotira 4 Gbayt); axborotni o‗zgartirishning aniqligini nazorat qilish biroz kamaytirilgan; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling