Основы пакета
Ko‗p yadroli mikroprotsessorlar
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
Ko‗p yadroli mikroprotsessorlar
Ko‗pchilik mutaxassislarning fikricha, mikroprotsessorlarning takt chastotasini oshirish yo‗li orqali tezligini oshirish o‗z imkoniyatlarini tugatib bo‗lgan. Takt chastotasi 3,8 GGs Pentium 4E mikroprotsessori iste‘mol quvvati 160 Vt atrofida (tok kuchi 100 A ko‗proq) va bu kristallning maydoni 1,2 sm 2 bo‗lganda. Shuning uchun Intel kompaniyasi MP takt chastotasini 20 GGs gacha oshirish rejasidan to‗xtatgan, MP unumdorligini hisoblashlarni parallel bajarish yo‗li bilan oshirishga qaror qilgan. Shu kabi g‗oyalar yuqori parallelli ko‗p protsessorli tizimlarda va serverli MP Xeon (Intel) va Opteron (AMD) larda joriy 72 etilgan edi. 2005-yillar o‗rtasida shaxsiy kompyuterlarda bitta jismoniy mikroprotsessorda faqat ikkita parallel ishlovchi virtual protsessor (masalan, NT texnologiya) bilan ish chegaralangan edi. Lekin virtual mikroprotsessor real unumdorlikni 10–30% oshirgan, ammo faqat hisoblashlarni parallellashtirishi mumkun bo‗lgan dasturlar uchun va muhimi ularda parallel oqimlar buyruqlari bir vaqtda mikroprotsessorning bir xil apparat resurslarini ishlatmaydilar, masalan, mikroprotsessor xotirasi, L1 kesh-xotira, AMQ va boshqalar. Bu esa juda ham kam ro‗y beradi. Ikki yadroli Xeon va Opteron mikroprotsessorlari sezilarli darajada kuchli taassurotni ta‘minlaydi. Birinchi ikki yadroli protsessorlar AMD kompaniyasi tomonidan 2004-yili avgustda havola qilingan va 2005-yili ishlab chiqarilgan (yuqori unumdorli 64-razryadli Opteron). Intel kompaniyasi o‗zining ikki yadroli 64-razryadli Xeon mikroprotsessorini ishlab chiqarishda biroz kech qolgan (2005- yili sentabr). 2,8 GGs takt chastotali ikki yadroli Xeon mikroprotsessori (kodlangan nomi Paxville) L2 kesh-xotira sig‗imi 2 Mbayt va DDR 2 operativ xotira bilan ishlaydi. Bu mikroprotsessorning ikki yadrosi uchun bitta shina xizmat qiladi. Paxville server protsessori hisoblanadi, uning ishlashi uchun yangi Intel YE8500 chipseti talab etiladi. Mikroprotsessorning Smithfield yadrosi bitta monokristallda ikkita Prescott yadrosini mujassamlashtirgan, umumiy sxemali komponentlarga ega emas (AMD kompaniyasining Athlon 64X2 ikki yadroli MP yadro uchun umumiy komponentlarga ega: shina arbitri va DDR xotira kontrolleri). Ikki yadroli MP parallel virtual protsessorga qaraganda yuqori unumdorlikni ta‘minlaydi, chunki ularda birga ishlatiladigan resurslar deyarli yo‗q (AMQ, MPX, L1 kesh-xotira har birining o‗ziniki bor). Ularning iste‘mol quvvati yuqori chastotali bir yadroli mikroprotsessorlarga qaraganda ancha kam. Qayd qilingan afzalliklarni hisobga olgan holda, ikki va ko‗p yadroli protsessorlar shaxsiy kompyuterlarda keng miqyosda qo‗llanib boriladi. 2007-yilda ishlab chiqarilgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling