77
unumdorligini oshiradi, o‗zgaruvchan talablarga resurslarni moslashuvchangligini
oshiradi;
Intel Execute Disable Bit–ba‘zi viruslardan dasturlarni himoyalash
texnologiyasi;
Intel Enhanced Memory 64 Technology (EM64)–texnologiyani, 64 bitli
MPX registrlarini ishlatib, 4 Gbaytdan ko‗p operativ xotirani manzillaydi.
Penryn mikroprotsessorlari
2007-yili Intel kompaniyasi 9-avlod Core mikroprotsessor oilasini havola
qildi, u 0,045 mkm texnologiya bo‗yicha tayyorlangan. Bu protsessorlarning
kodlashtirilgan nomi Penryn bo‗lib, yuqori unumdorlikka ega va kam energiya
iste‘mol qilgan. Penryn oilasi tarkibiga ikki va to‗rt yadroli mikroprotsessorlar
kirib, ular stol usti va serverlar uchun mo‗ljallangan. Ikki yadroli protsessorlar 107
mm
2
maydonga ega bo‗lib, unda 820 milliondan ziyodroq tranzistorlar joylashgan.
Ularni rusumlash uchun indeksning 4-raqami sifatida 8 va 9 ishlatiladi (8000 va
9000 seriyalar).
Penryn mikroprotsessorida ishlatilgan yangi texnologiyalar:
Deep Power Down, tranzistorlarning oqish tokini ular ishlamay turganda
kamaytirish yo‗li orqali energiya iste‘molini kamaytirish;
rivojlantirilgan Dynamic Acceleration Technology, ishlamay turgan
yadrolarni o‗chirish yo‗li orqali bir oqimli ilovalarning unumdorligini va
ishlayotgan yadroni takt chastotasini oshirish;
rivojlantirilgan Intel Virtualization Technology, virtual mashinalarini
o‗chirib-yoqish vaqtini kamaytirishi mumkin.
Penryn oila mikroprotsessorlari intel Stresming SIMD Extension 4 (SSE4)
kengaytirilgan buyruqlar to‗plamini quvvatlovchi, shuningdek, katta hajmdagi L2
kesh-xotiraga ega: ikki yadroligi 6 Mbaytgacha, to‗rt yadroligi esa 12 Mbayt
gacha.
Intel ―raqamli uy‖ g‗oyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |