Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
78 Intel kompaniyasining ko‗p dolzarb texnologiyalari ―raqamli uy‖da ishlatilgan. Raqamli uy g‗oyasi (Intel Digital Home) 1990-yillarda taklif etilgan. O‗sha yillari Digital Home Working Group uyushma (alyans) tashkil etilgan, keyinchalik nomi Digital Living Network Alliance (DLNA) deb o‗zgartirilgan va u standartlarni, protokollarni, qurilmalarni, dasturiy ta‘minotni va raqamli uyning boshqa qismlarini loyihalashtirish uchun xizmat qilgan. Raqamli uy g‗oyasi uy va ofis qurilmalar muloqotini amalga oshiruvchi majmua yaratishni nazarda tutgan, yaʻni dam olish yoki ishlash jarayonida xohlagan vaqtda xohlagan axborotga ega bo‗lishning interaktiv imkoniyatini havola qiluvchi majmuadir. Raqamli uy (o‗xshash g‗oyalar ham mavjud, raqamli ofis va raqamli korxona) bu elektronika bilan texnikaning oxirgi so‗zi bo‗yicha jihozlangan, u yashovchining hayoti va dam olishini yengillashtiruvchi vositadir. Bu uyda ko‗p vaqt oladigan uy-ro‗zg‗or ishlarini maksimum texnika yordamida bajariladi (xuddi kompyuter texnikasini uy-ro‗zg‗or texnikasiga ko‗chishi ro‗y bergani kabi), uning natijasida dam olish va ijod qilish uchun ko‗p vaqt qoladi, uni ham uyda optimallashtirish mumkin. Kompyuter texnikasi keng doiradagi masalalarni hal qila boshladi, uy-ro‗zg‗or elektronikasining boshqa qismlarini faol integrallashtirib va ko‗pincha, ularni o‗rnini egallash orqali amalga oshirildi. Kompyuterlarni o‗zining an‘anaviy tatbiqidan tashqari, dam olish bo‗yicha, masalan, audio yozuvlarni va videofilmlarni ko‗rib chiqish, televizorni ko‗rish va radioni eshitish hamda kerakli audio, video axborotlarni yozib olish mumkin. Va buning hammasi juda ham optimallashtirilgan holda tashkillashtiriladi. Kompyuter qandaydir virtual raqamli koinotning markaziga aylanib qolganday bo‗ldi. Internetga va boshqa axborot-hisoblash tarmoqlariga simsiz ega bo‗lishni ta‘minlab, kompyuter raqamli uyning barcha elektron qurilmalar uchun yaxlit yagona axborotlar bazasini yaratadi, raqamli axborotni taqsimlash, saqlash va yaratish uchun xizmat qiladi. Raqamli uyning unifikatsiyalashtirilgan platformasi (Uin-Fi) o‗z tarkibiga quyidagilarni oladi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling