Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
88 nazarda tutish kerakki, tezkor hal qilishni talab etuvchi oddiy masalalar nisbatan ko‗p yuzaga keladi. Demak, ular uchun tezkor hal qilinadigan, nisbatan quyi boshqaruv darajasi qabul qilinadi. Boshqaruv paytida shuningdek, qabul qilinadigan qarorlarni amalga oshirish dinamikacini ham hisobga olish zarur. Bu hol boshqaruvga vaqtinchalik omil nuqtayi nazaridan qarash imkonini beradi. Tezkor boshqaruv darajasi ko‗p marta qaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishini hamda keladigan joriy axborotlar o‗zgarishini qayd etishni ta‘minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham yetarlicha yuqori. Uni ko‗pincha, vaziyat o‗zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi, deb ham yuritishadi. O‗rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayyorlangan axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar yechimini ta‘minlaydi. Mazkur darajada boshqaruvning tahlil vazifalari keng ahamiyatga ega bo‗ladi. Hal etiladigan masalalar hajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli yechimni har doim ham tezkor ishlab chiqish imkoni bo‗lmaydi. Buning uchun yetmagan ma‘lumotlarni yig‗ish, tahlil etish va fikrlashga qo‗shimcha vaqt talab etiladi. Boshqaruv xabar kelib tushgan vaqtdan to qaror qabul qilish va uni amalga oshirguncha, shuningdek, qarorni amalga oshirish vaqtidan to unga bo‗lgan ta‘sirni qayd etguncha bo‗lgan ayrim oraliq to‗xtalishlar bilan bog‗liq. Strategik daraja tashqilotning uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo‗naltirilgan boshqaruv qarorlarni tanlashni ta‘minlaydi. Modomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‗tgach ko‗rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirsh kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Boshqaruvning boshqa funksiyalari bu darajada yetarlicha to‗liq ishlab chiqilmagan. Ko‗pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzoq muddatli rejalashtirish deb yuritiladi. Ushbu darajada qabul qilingan qarorning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling