Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimi.
90 Shunday qilib, milliy iqtisod tarmog‗ining turli boshqaruv darajasida boshqaruv jarayoni to‗g‗risida axborot olish diskretligi turlichadir. Xuddi shuningdek, tashkilotning boshqaruv organi tomonidan maqsadga muvofiq ushbu jarayonni tuzatish zaruriyati axborot olish chastotasiga ko‗ra yuzaga keladi yoki kelmaydi. Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo‗lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo‗ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Axborot tizimi. Tegishli tashkilotlar (obyektlar)da faoliyat ko‗rsatuvchi va turlicha tuziluvchi axborotlar majmuiu axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlarining asosiy vazifasi—barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo‗lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Boshqaruv tizimini ko‗rib chiqish davomida boshqaruvning quyidagi uchta darajasini ajratib ko‗rsatish mumkin: strategik, taktik va tezkor (8-rasm). Har bir darajaning o‗z vazifalari bo‗lib, ularni hal etishda axborotga bo‗lgan ehtiyoj, ya‘ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Bu talablar axborot tizimidagi tegishli axborotlarga qaratilgan. Axborot texnologiyalari talablarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib javoblarni shakllantirish imkonini beradi. Shunday qilib, boshqaruvning har bir darajasida kerakli qarorni qabul qilish uchun asos bo‗luvchi axborot paydo bo‗ladi. Boshqaruv darajasi ahamiyatliligiga ko‗ra qancha yuqori bo‗lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo‗ladi. Biroq, bu holda, axborot tizimining murakkabligi va intellektual imkoniyatlari hamda menejerning qaror qabul qilish chog‗idagi roli ortadi. Boshqaruvning har qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotga muhtoj bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling