Основы пакета


Download 5.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/354
Sana23.09.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1685510
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   354
Bog'liq
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA

 
91
Hozirgi kunda axborot tizimi haqida kompyuter texnikasi yordamida amalga 
oshirilgan tizim degan fikr yuzaga kelgan. Axborot texnologiyalari kabi axborot 
tizimlari ham texnik vositalardan foydalanib va ularsiz ham faoliyat ko‗rsatishi 
mumkin. Bu iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq masala. 
Tashkilot axborot tizimida axborot hajmining o‗sishi, uni yanada murakkab 
usullarda qayta ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizishning ishini 
avtomatlashtirish, ya‘ni axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish zaruriyatini 
keltirib chiqaradi. 
Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish 
bilan bog‗liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni 
qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi 
qoidalarni qayta ishlashning paydo bo‗lishiga olib keladi. Bu ham o‗z navbatida, 
«sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya‘ni boshqaruv jarayonida 
qo‗llaniladigan ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash, to‗plash, qidirish, qayta ishlash va 
uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va insonning 
qaror qabul qilish bo‗yicha ishi qisman amalga oshirilgan. 
Axborot tizimining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan 
belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi 
jarayonga maqsadli ta‘sir ko‗rsatish-qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning 
shakillanish jarayoni esa qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni 
boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar 
boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. 
Qaror qabul qilish jarayonini ta‘minlash, ya‘ni aynan, kerakli axborotni 
kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish-tashkilot axborot tizimining asosiy 
vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror 
qabul qilishning barbod bo‗lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda 
qo‗llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta‘sir qiladi va hatto axborot tizimining 



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling