Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli shina
97 Interfeys (interface)–kompyuter qurilmalarini samarali muloqotini ta‘minlab beruvchi ulanish va aloqa vositalar majmuasi. Kiritish-chiqarish portlari (I/O ports)–ShK interfeys tizimining elementlari, ular orqali MP boshqa qurilmalar bilan axborot almashadi. Takt impulslar generatori elektr impuls ketma-ketliklarini hosil qiladi, uning chastotasi tizimli shinaning takt chastotasini aniqlab beradi. Mikroprotsessorning takt chastotasi ancha yuqori: u shinaning takt chastotasini N marta oshirilganiga teng (N chastota ko‗paytiruvchisidir). Ikkita impuls oralig‗idagi vaqt bitta takt vaqtini aniqlab beradi, yoki oddiy qilib mashinani ishlash takti deb aytiladi. Takt impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri bo‗lib, ko‗pincha uning ishlash tezligini aniqlab beradi, chunki hisoblash mashinasida har bir operatsiya ma‘lum taktlar sonida bajariladi. Tizimli shina. Tizimli shina–kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‗lib, u barcha qurilmalarning o‗zaro ulanishi va aloqasini taʻminlaydi. Tizimli shinaning tarkibi quyidagilardan iborat: axborotlarning kodli shinasi (AKSH), operandani sonli kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; manzillarning kodli shinasi (MKSH), tashqi qurilmaning kiritish-chiqarish portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; ko‗rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), mashinaning barcha bloklariga ko‗rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat; manba shinasi, ShK bloklarini elektr energiyasi bilan ta‘minlash tizimiga ulash uchun simlar va sxemalardan iborat. Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‗nalishini ta‘minlaydi: mikroprotsessor va asosiy xotira o‗rtasida; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling