Основы проектирования


DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI


Download 1.11 Mb.
bet3/5
Sana25.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1721067
1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat

DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
  • Diqqatning fiziologik asosini bosh miya po'sti qismidagi «optimal qo'zg'alish nuqtasi» tashkil qiladi. Bunday joyni yaqqol qilib ko'rsatish uchun l.P.Pavlov shunday tasvirlaydi: «Agar bosh suyagiga qaraganda uning ichidagi miya ko'rinadigan bo'lsa, agar katta miya yarim sharlarida optimal qo'zg'alish uchun eng yaxshi sharoit tug'ilgan nuqtasi yiltillab ko'rinadigan bo'lsa edi, ongi sog'lom bo'lib, bir narsani o'ylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda, uning miyasining katta yarim sharlarida juda g'alati jimjimador shakl bo'lib, surati va hajmi har lahzada bir o'zgarib, turlanib, jimir-jimir qilib turuvchi yorug' narsaning u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug‘ narsa atrofidagi boshqa yerlari birmuncha xira tortib turganini ko'rardik».
    • «Hamma ishni puxta bajarishga odatlaning. Shoshqaloqlik odati kishini ishga sovuqqon bo’lib qolishiga sabab bo’lganligi uchun ham nihoyatda zararli»
    • Djon Todd
    • Optimal qo'zg'alish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga ko'ra, bosh miya po'stining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. «Miya yarim sharlarining optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismida, deydi I.P.Pavlov, yangi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo'ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan joy ayni chog'da bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust qo‘zg’algan boshqa qismlari bunday xususiyatga ega emas. Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari bo’lganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslami bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir. Bunday qismlarning faoliyati biz ongsiz, avtomatlashgan faoliyat deb ataydigan sub’yektiv faoliyatdan iboratdir». Bosh miya yarim sharlarining tormozlangan qismiga ta’sir qiluvchi qo'zg‘ovchilar
    • idrok va tasavvurning yorqin obrazlarini tug‘dira olmaydi.
    • Diqqatning fiziologik asosi bo'lmish optimal qo'zg'alish o‘chog‘i haqidagi l.P.Pavlov ta’limoti bilan akademik A.A.Uxtomskiyning olib borgan tekshirishlari bir-biriga to‘g‘ri keldi. Bu tekshirishlar natijasida quyidagilar ma’lum bo'ldi. Agar nerv sistemasiga bir qancha qo‘zg’ovchilar bir vaqtda ta’sir etsa, bosh miya po'stida shu onning o'zida bir necha qo'zg'alish o‘choqlari paydo bo’ladi. Shu bilan birga, har bir qo‘zg‘alish o'chogi bosh miya po'stining hamma yeriga tarqalishga moyildir. Shuning uchun ayrim qo'zg'alish o'choqlari o'rtasida to'qnashish va «kurash» sodir bo’ladi. Bu kurash natijasida qo'zg'alish o'choqlaridan biri hukmron (dominanta) bo'lib oladi. Mana shu hukmron bo'lib olgan qo'zg'alish o'chog'ini akademik Uxtomskiy «dominanta» deb ataydi. Uxtomskiyning bergan ta’rifiga ko'ra, dominanta –bu ayni chog'da markazda sodir bo'ladigan reaksiyalar xarakterini bir qadar belgilab beruvchi hukmron qo'zg'alish o‘chog‘idir.
    • Dominantalar mavjud bo'lgan paytda boshqa qo'zg'alish o'choqlari («subdominantalari»-nisbatan kuchsiz qo'zg'alish o'choqlari) ko'pincha yo'qolib ketmaydilar. Ular dominantaga qo'shilib, uni kuchaytiradilar yoki dominanta bilan kurasha boshlaydilar. Bu kurash jarayonida subdominanta dominanta bo'lib olishi mumkin, ilgarigi dominanta esa subdominanta bo'lib qolishi mumkin. Hukmron qo'zg'alish o‘chog’i bo'lgan dominanta diqqatimizning ma’lum narsaga yo'naltirilishi va to‘planishining fiziologik asosidir.
    • Diqqatning sirtqi alomatlari, odatda, organizmning alohida moslashuv harakatlarida tashqaridan ko'rinadi. Masalan, muayyan bir narsani e’tibor bilan idrok qilganimizda, biz bu narsaga alohida tarzda razm solamiz bunda biz narsaga anchagina sinchiklab qaraymiz, hidlab ko'ramiz va unga diqqat bilan tikilamiz. Biron narsani diqqat bilan eshitishda o‘ng yoki chap qulog'imiz orqali yaxshi o'qib olish uchun boshimizni shunga moslagan holda buramiz. Bunda biz gapga quloq solib, diqqat bilan tinglaymiz. Agar diqqatimiz o'z fikrimizga qaratilgan bo'lsa, u paytda ko'zlarimiz bir qadar cho'kib, go‘yoki «chuqurlashib» ketganday bo'ladi. Agar diqqatimiz ijodiy xayol bilan bog'liq bo'lsa, bunda ko'zlarimiz «uzoqlarga» tikilgan bo'ladi.
    • Diqqatning orta borishi bilan nafas olish ham o'zgaradi. Bunday holatda nafas olish biroz susayib, havo olish va chiqarish goho sekinlashadi, goho chuqurlashadi. Ba’zan nafas olishimiz to'xtab ham qoladi. Biron narsani eshitayotgan yoki ko'rayotgan paytimizda nafasimiz ichimizga tushib ketadi. Diqqat paytida muskullar sistemasida ham o'zgarish paydo bo'ladi. Barcha ortiqcha harakatlar to'xtatilib, organizm qimirlamay qoladi. Muskullar sistemasi ayrim bir tarang holatda bo'ladi. Diqqat paytida organizm alohida vaziyatda bo'ladi. Ammo bu vaziyat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo'libgina qolmay, balki uning ma’lum yo'nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir.
    1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling