Основы проектирования


Download 1.11 Mb.
bet1/5
Sana25.10.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1721067
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Diqqat

  • MAVZU:DIQQAT
  • Reja:
  • Diqqat to’g’risida umumiy tushuncha
  • 2. Diqqatning fiziologik asoslari
  • 3. Diqqatning neyrofiziologik mexanizmlari
  • SUHBAT UCHUN SAVOLLAR:
  • Bugungi ob – havo sizga qanday? Aytishlaricha bugun tunda bo’ron bo’larmish?
  • Bizning yelkanli kemamiz navbatdagi qaysi portga kiradi?
  • Sizni kayutadagi qo’shningiz kim? Dam olishingizga xalaqit bermaydimi?
  • Aytishlaricha biz bilan ko’p ajoyib odamlar sayohatga chiqishibdi?
  • Kecha siz uchun muhimi nima edi sayohatimiz sizga yoqdimi?
  • Mashq «Jamoa ishi»
  • «Jamoa ishi»
  • FAQAT KIMKI REJALASHTIRA OLSA, O’SHA KISHI TASHKIL QILA OLISHI MUMKIN.
  • Menedjmentdagi aksioma
  • Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta'minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas'uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta'rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob'ektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi (P. I. Ivanov).
  • P.I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir xodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob'ekti bo’la oladi.
  • Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to‘planishi ong doirasining torayishidan iboratdir. Bunda go‘yoki ong doirasi anchagina tig'izlanadi. Ana shunday torayish va tormozlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi. Ongning eng tormozlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning fokusi (ya’ni markazi) deb ataladi. Ana shu fokusga tushgan barcha narsalar (idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar, fikrlar) juda to’la, yorqin hamda juda aniq aks ettiriladi.
  • «Boshlanishida hammaning aqli va tanasi bir xil, ammo marraga ishlagan yetib keladi» Abdurahman Gafurov, aforist
  • Diqqatga hamma vaqt u yoki bu darajadagi faollik xosdir. Diqqat idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida psixik jarayon emas. Diqqat hamma psixik jarayonlarda ko'rinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bo’la olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz (qaraymiz, eshitamiz), diqqat bilan esda olib qolamiz, o’ylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki faollikdir. Diqqat har qanday faoliyatning zaruriy shartidir.
  • Qadimda odamlar komillikka erishish uchun o’qirdilar. Hozir esa boshqalarni hayron qoldirish uchun o’qiyaptilar.
  •  Konfusiy
  • Psixologiya tarixining sahifalarini varaqlasak, diqqatning kishi faoliyatidagi roliga berilgan yuksak va qimmatli mulohazalar uchraydi. Fransuz olimlaridan Kyuveni o'z zamonasida geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashga undagan edi. Masalan, u Nyutonning genialligi diqqatining kuchi va barqarorligidadir, deb ko'rsatadi. Nyutonning o'zi «Siz butun dunyo tortishish qonunini ochishga nima tufayli muyassar bo'ldingiz» deb berilgan savolga: «Fikri-zikrim doimo shu narsalarga qaratilganligidan muyassar bo'ldim», deb javob bergan.
  • «Hamma ishni puxta bajarishga odatlaning. Shoshqaloqlik odati kishini ishga sovuqqon bo’lib qolishiga sabab bo’lganligi uchun ham nihoyatda zararli»
  • Djon Todd

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling