Albatta, diqqatga bunday baho berish uning ahamiyatini haddan tashqari oshirib ko'rsatishdir. Lekin bu baho diqqatning inson faoliyatining barcha turlari uchun ahamiyati katta ekanligini ko'rsatib beradi. Darhaqiqat, o‘tin yorish, yer chopish kabi eng oddiy ishlarni ham, mashinalar bilan ishlash, ilmiy tekshirishlar olib borish kabi eng murakkab ishlarni esa diqqatning ishtirokisiz bajarib bo'lmaydi. Diqqat o'qish ishining ham zaruriy shartidir. O'quvchilaming dars materiallarini muvaffaqiyat bilan o'zlashtirishlari, dastavval diqqatning mavjud bo'lishiga bog'liqdir. K.D.Ushinskiyning aytishicha: «Diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi». Ayrim o'quvchilarda uchraydigan o'zlashtira olmaslik holatining sababini, avvalo, ular diqqatining yetarli emasligidan qidirish kerak. Xotiraning bo'shligi, o'quv materiallarini o'zlashtirishning bo'shligi, asosan, diqqatning bo'shligidan kelib chiqadi. - DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
- Diqqat insonning nerv tizimiga har daqiqada ta’sir etuvchi qo’zg’atuvchilar oqimidan bir yoki bir nechtasini ajratib olgan holda unga butun diqqat-e’tiborini qaratish ko’nikmasida namoyon bo’ladi. Bunday ajratilgan qo’zg’atuvchi inson miya qobig’ida nerv qo’zg’alishining juda kuchli maydonini hosil qilgan holda asosiy o’rin egallab turadi. Bunda barcha qolgan qo’zg’atuvchilar (ham tashqi va ham ichki) faoliyati to’xtatiladi Ular inson ongigacha yetib bormaydi, ong ularni hatto sezmaydi. Lekin bir qancha vaqt o’tgandan so’ng nerv qo’zg’alishining asosiy markazi so’nadi va uning diqqat yo’nalishi buziladi. Shunda u o’z ishidan chalg’iy boshlaydi va yana bir yangi qo’zg’atuvchi yangi kuch ta’sirida dominantning o’rnini egallaydi.
- DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
- Bolalar uchun uzoq muddat diqqatni bir joyga jamlash juda qiyin ekanligini tushunish uchun bolalar va o’smirlar uchun xarakterli bo’lgan nerv faoliyati xususiyatlarini esga olish yetarli. Bola qanchalik yosh bo’lsa, shunchalik qo’zg’alish jarayonining so’nishi murakkab bo’ladi. Diqqatning neyrofiziologiyasini o’rganish bo’yicha olib borilgan so’nggi izlanishlarda tormozlanish jarayonining yo’qligi va qo’zg’alish jarayonining so’nish imkoniyati mavjudligi isbotlangan. So’nish jarayonisiz dominantning qo’zg’alishi na paydo bo’ladi, na shakllanadi. Bola miyasining po’stlog’ida nerv qo’zg’alishini so’nish jarayonining o’zi nerv hujayralarining maxsus po’stloq qismida yetilganligini ta’minlaydi va hujayrani himoya qilish vazifasi emas, balki kelayotgan ta’sirlarning o’xshashligidan iborat bo’ladi. Inson 18 yoshga yetganda diqqatning neyrofiziologik asosining shakllanishi yakunlanadi. Shuning uchun bolalarda nerv qo’zg’alishining kuchli va qat’iy markazining vujudga kelishi ma’lum bir qiyinchiliklar bilan bog’liq, bu esa bolalar bilish faoliyatining amalga oshishiga to’sqinlik qiladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |