Основы согласования подлежащего и сказуемого


Download 275.05 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.01.2023
Hajmi275.05 Kb.
#1080846
Bog'liq
Основы согласования подлежащего и сказуемого



Ikki yoshgacha
bo
lgan bolalar
nutqini
rivojlantirishning
o
ziga xos
xususiyatlari


1. IKKI YOSHGACHA BO
’LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTINING IKKINCHI YILI NUTQNING RIVOJLANISHIDA ENG
MUHIM
BOSQICH HISOBLANADI. BU MUNOSABAT BILAN NUTQNI RIVOJLANTIRISH HAMDA
ATROFDAGI
NARSALARGA QARAB MO`LJAL OLISHNI KENGAYTIRISHGA QARATILGAN BUTUN
PEDAGOGIK JARAYON
TIZIMIGA ALOHIDA E
’TIBOR BERILISHI KERAK.
BIR YOSHDAN KEYIN BOLA SO`Z BILAN TEGISHLI NARSA, XODISA, SIFAT O`RTASIDA
TEZROQ
ALOQA BOG`LASHNI O`RGANADI. U SO`ZLAR KOMBINASIYASINI, YA
’NI IBORALARNI
TUSHUNADI, BIR
YARIM YOSHGA KELIB ESA BEVOSITA UNGA QARATILMAGAN NUTQNI HAM
TUSHUNA BOSHLAYDI.
IKKI YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA NUTQNI EGALLASH JARAYONI IKKI
DAVRDAN IBORAT
BO'LADI;
1 YOSHDAN I YOSH-U 6 OYGACHA. 1 YOSH-U 6 OYLIKDAN 2 YOSHGACHA.
HAR IKKI DAVRDA HAM BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA QUYIDAGI
VAZIFALARNI
AMALGA OSHIRISH KO'ZDA TUTILADI:
A) NUTQNI TUSHUNISH VA TAQLID QILISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISH;
B) BOLALAR LUG'ATINI BOYITISH;
D) NUTQNI ATROFDAGILAR BILAN MUOMALA QILISH VOSITASI SIFATIDA
SHAKLLANTIRISH.


Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish. Bu jarayon ma'nosiga
tushunadigan so'zlar to'plamini kengaytirish bo'lib, uning mazmuniga quyidagilar
kiradi:
1) o'z ismini, yaqin kishilari ismini;
2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar nomini;
3)bir joydan ikkinchi joyga bprishda transport vositalari nomini;
4)o'ziga tanish bo'Igan hayvonlar va o'simliklar nomini;
5)o'z tanasining, o'yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari (qo'1-oyoqlar,
bosh, og'iz, ko'z, quloq) nomini bilib olishi.
Maishiy hayotda bajariladigan oddiy ish-harakatlatni bildiruvchi so'zlarni (yot,
uxla, o'tir, kiyinamiz, o'ynagani bora-miz va hokazo), o'yin va mashg'ulot jarayonida
ishlatacligan so'zlarni (o'chir, kiydir, och, bekitva hokazo) bilib olish hisobiga bolada
ma'nosiga tushunadigan so'zlar to'plami kengayib boradi.
Faol nutqni o'stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib turiladi-gan tovush
birikmalari va so'zlarga taqlid qilish orqali erishiladi.
2. Bolaninhg kattalar nutqini tushinishni rivojlantirish
va faol nutqni
o`stirish.


Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi"da 2 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqini
rivojlantirish bo'yicha vazifalarni bajarishga yordam beruvchi mashg'ulotlarning
ro'yxati
berilgan. Ushbu nutqni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar to'rt guruhga taq-simlangan.
Bunda mashg'ulotda foydalanish mumkin bo'lgan ko'rgazmali vositalar hisobga otingan.
Ko'rgazmali vosita sifatida jonli (mushuk, kuchuk, jo'ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi
qush va hokazo) va jonsiz (o'yinchoqlar) obyektlar, narsa-buyumlar, o'yinchoqlarning
tasviri tushirilgan suratlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Nutqni rivojlantirishda
bolalarni hayvonlar va harakatlanuvchi transport vositalari (avtomobil, tramvay,
trolleybus, matoroller va hokazolar) bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega. Bu
obyektlarni guruh xonasida olib boriladigam mashg'ulotlarda va sayr vaqtida kuzatish
mumkin Tabiiy sharoitda hayvonlarni va harakatlanayotgan turli transport vositalarini
kuzatish bolalarda ixtiyorsiz diqqatning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu esa
tarbiyachining kuzatilayot-gan obyektning muhim belgilariga, harakatlariga bolalar
e'tiborini qarata olishiga yordam beradi. Masalan, sayr vaqtida hamshira-tarbiyachi:
„Salim, qaragin, kuchukcha yuguryapti. Ana, u nimanidir qidiryapti. U suyak topib oldi,
uni g'ajiyapti. Kuchukcha qochib kctdi", 
„Qaranglar, mushuk kelyapti. Yurib, yurib,
to'xtadi. Boshini burib, bizga qarayapti. Cho'qqayib o'tirdi. Hali ham o'tiribdi.
3. IKKI YOSHGACHA BO`LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH
BO`YICHA
MASHG`ULOTLAR


Bizga ma'lumki, bolalarning mustaqil o'yinlari bilan nutqni rivojlantirish o'rtasida
mustahkam bog'liqlik bor. Bolalar o'yinining takomillashishi bilan nutq ham
takomillashadi. Bolalar mustaqil o'yin faoliyati jarayonida o'yinchoqlar bilan turli
harakatlarni bajaradilar: qo'g'irchoqni qoshiq bilan ovqatlantiradilar, predmet (narsa-
buyumni) va uning qismlarini sinchiklab ko'rib chiqadiiar, qo'i bilan predmctning
shaklini tekshiradilar. Mana shu jarayonda katta kishilar ishtirok etishlari va bolalar
o'yinlariga rahbarlik qilishlari lozim. Bolalar o'yiniga rahbarlik qilganda savollar berish
usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu savolga bola so'z bilan javob beradi
yoki harakatlarni bajarib ko'rsatadi. Bolalarning javoblariga qarab, kattalar kelgusi
nutqiy muomala uchun yo'l tanlaydi.
Masalan, o'yin vaqtida qulay daqiqani tanlab, tarbiyachi boladan so'raydi: 
„Karim,
sen g'ishtchalardan nima qurding?" Bola: 
— „Uy". ,,Bu uyda kimlar yashaydi?" Bola bu
savolga o'yinchoqiarini (qo'g'irchoq, xo'roz, kuchukcha va hokazolarni) ko'rsatadi
yoki
jim turadi. Agar bola savolga to'g'ri javob bersa, tarbiyachi savol berishni davom
ettiradi: 
„Bu uyda yana kim yashaydi? Katta uy qurish kcrakmikan?" Agar bola so'zlarni
ishlatishda qiynalsa, u o'ynayotgan hamma o'yinchoqlarining nomlarini aytib berishi
kcrak. So'zni bir necha marta ketma-kct takrorlash lozim. So'ngra o'yinni tashkil etish
kerak, o'yin-choqlarni ko'chaga olib chiqish va u yerda qoldirmaslik hamda uy va
o'yinchoqlar haqida qisqacha so'zlashish, so'zlashishni 2- 3marta takrorlash lozim.

Download 275.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling