Основы согласования подлежащего и сказуемого
Download 275.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Основы согласования подлежащего и сказуемого
Ikki yoshgacha bo ’lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o ’ziga xos xususiyatlari 1. IKKI YOSHGACHA BO ’LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTINING IKKINCHI YILI NUTQNING RIVOJLANISHIDA ENG MUHIM BOSQICH HISOBLANADI. BU MUNOSABAT BILAN NUTQNI RIVOJLANTIRISH HAMDA ATROFDAGI NARSALARGA QARAB MO`LJAL OLISHNI KENGAYTIRISHGA QARATILGAN BUTUN PEDAGOGIK JARAYON TIZIMIGA ALOHIDA E ’TIBOR BERILISHI KERAK. BIR YOSHDAN KEYIN BOLA SO`Z BILAN TEGISHLI NARSA, XODISA, SIFAT O`RTASIDA TEZROQ ALOQA BOG`LASHNI O`RGANADI. U SO`ZLAR KOMBINASIYASINI, YA ’NI IBORALARNI TUSHUNADI, BIR YARIM YOSHGA KELIB ESA BEVOSITA UNGA QARATILMAGAN NUTQNI HAM TUSHUNA BOSHLAYDI. IKKI YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA NUTQNI EGALLASH JARAYONI IKKI DAVRDAN IBORAT BO'LADI; 1 YOSHDAN I YOSH-U 6 OYGACHA. 1 YOSH-U 6 OYLIKDAN 2 YOSHGACHA. HAR IKKI DAVRDA HAM BOLA NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA QUYIDAGI VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISH KO'ZDA TUTILADI: A) NUTQNI TUSHUNISH VA TAQLID QILISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISH; B) BOLALAR LUG'ATINI BOYITISH; D) NUTQNI ATROFDAGILAR BILAN MUOMALA QILISH VOSITASI SIFATIDA SHAKLLANTIRISH. Bolaning kattalar nutqini tushunishini rivojlantirish. Bu jarayon ma'nosiga tushunadigan so'zlar to'plamini kengaytirish bo'lib, uning mazmuniga quyidagilar kiradi: 1) o'z ismini, yaqin kishilari ismini; 2) kiyim-kechaklar, mebellar, idish-tovoqlar nomini; 3)bir joydan ikkinchi joyga bprishda transport vositalari nomini; 4)o'ziga tanish bo'Igan hayvonlar va o'simliklar nomini; 5)o'z tanasining, o'yinchoq-hayvonlar tanasining ayrim qismlari (qo'1-oyoqlar, bosh, og'iz, ko'z, quloq) nomini bilib olishi. Maishiy hayotda bajariladigan oddiy ish-harakatlatni bildiruvchi so'zlarni (yot, uxla, o'tir, kiyinamiz, o'ynagani bora-miz va hokazo), o'yin va mashg'ulot jarayonida ishlatacligan so'zlarni (o'chir, kiydir, och, bekitva hokazo) bilib olish hisobiga bolada ma'nosiga tushunadigan so'zlar to'plami kengayib boradi. Faol nutqni o'stirishga bola tomonidan tez-tez eshitib turiladi-gan tovush birikmalari va so'zlarga taqlid qilish orqali erishiladi. 2. Bolaninhg kattalar nutqini tushinishni rivojlantirish va faol nutqni o`stirish. Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi"da 2 yoshgacha bo'lgan bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha vazifalarni bajarishga yordam beruvchi mashg'ulotlarning ro'yxati berilgan. Ushbu nutqni rivojlantiruvchi mashg'ulotlar to'rt guruhga taq-simlangan. Bunda mashg'ulotda foydalanish mumkin bo'lgan ko'rgazmali vositalar hisobga otingan. Ko'rgazmali vosita sifatida jonli (mushuk, kuchuk, jo'ja, akvariumdagi baliq, qafasdagi qush va hokazo) va jonsiz (o'yinchoqlar) obyektlar, narsa-buyumlar, o'yinchoqlarning tasviri tushirilgan suratlar va boshqalar bo'lishi mumkin. Nutqni rivojlantirishda bolalarni hayvonlar va harakatlanuvchi transport vositalari (avtomobil, tramvay, trolleybus, matoroller va hokazolar) bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega. Bu obyektlarni guruh xonasida olib boriladigam mashg'ulotlarda va sayr vaqtida kuzatish mumkin Tabiiy sharoitda hayvonlarni va harakatlanayotgan turli transport vositalarini kuzatish bolalarda ixtiyorsiz diqqatning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu esa tarbiyachining kuzatilayot-gan obyektning muhim belgilariga, harakatlariga bolalar e'tiborini qarata olishiga yordam beradi. Masalan, sayr vaqtida hamshira-tarbiyachi: „Salim, qaragin, kuchukcha yuguryapti. Ana, u nimanidir qidiryapti. U suyak topib oldi, uni g'ajiyapti. Kuchukcha qochib kctdi", „Qaranglar, mushuk kelyapti. Yurib, yurib, to'xtadi. Boshini burib, bizga qarayapti. Cho'qqayib o'tirdi. Hali ham o'tiribdi. 3. IKKI YOSHGACHA BO`LGAN BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH BO`YICHA MASHG`ULOTLAR Bizga ma'lumki, bolalarning mustaqil o'yinlari bilan nutqni rivojlantirish o'rtasida mustahkam bog'liqlik bor. Bolalar o'yinining takomillashishi bilan nutq ham takomillashadi. Bolalar mustaqil o'yin faoliyati jarayonida o'yinchoqlar bilan turli harakatlarni bajaradilar: qo'g'irchoqni qoshiq bilan ovqatlantiradilar, predmet (narsa- buyumni) va uning qismlarini sinchiklab ko'rib chiqadiiar, qo'i bilan predmctning shaklini tekshiradilar. Mana shu jarayonda katta kishilar ishtirok etishlari va bolalar o'yinlariga rahbarlik qilishlari lozim. Bolalar o'yiniga rahbarlik qilganda savollar berish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu savolga bola so'z bilan javob beradi yoki harakatlarni bajarib ko'rsatadi. Bolalarning javoblariga qarab, kattalar kelgusi nutqiy muomala uchun yo'l tanlaydi. Masalan, o'yin vaqtida qulay daqiqani tanlab, tarbiyachi boladan so'raydi: „Karim, sen g'ishtchalardan nima qurding?" Bola: — „Uy". ,,Bu uyda kimlar yashaydi?" Bola bu savolga o'yinchoqiarini (qo'g'irchoq, xo'roz, kuchukcha va hokazolarni) ko'rsatadi yoki jim turadi. Agar bola savolga to'g'ri javob bersa, tarbiyachi savol berishni davom ettiradi: „Bu uyda yana kim yashaydi? Katta uy qurish kcrakmikan?" Agar bola so'zlarni ishlatishda qiynalsa, u o'ynayotgan hamma o'yinchoqlarining nomlarini aytib berishi kcrak. So'zni bir necha marta ketma-kct takrorlash lozim. So'ngra o'yinni tashkil etish kerak, o'yin-choqlarni ko'chaga olib chiqish va u yerda qoldirmaslik hamda uy va o'yinchoqlar haqida qisqacha so'zlashish, so'zlashishni 2- 3marta takrorlash lozim. Download 275.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling