Yurak o’ynashi takrorlangan hollarda shifokorning maslahati zarur. Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar Simptom. Yurak sohasidagi og’riqlar Yurak sohasidagi og’riq yurak tomirining uzoq, vaqt siqilishi yoki qisqarishi oqibatida yurak muskulining qon bilan ta’minlanishi yetarli darajada bo’lmasligi natijasida namoyon bo’lishi mumkin. Bunday holat stenokardiya xurujida ro’y beradi. Bunday holda og’riq to’sh orqasiga yoki uning chap tomoniga tarqalib, chap qo’l yoki kurakda bilinadi, og’riq siquvchi-ezuvchi bo’lib, o’lim qo’rquvi, quvvatsizlik, tananing titrashi, qattiq terlash bilan davom etadi. Og’riq xuruji bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Yurak sohasida og’riq xuruji bo’lgan bemor shoshilinch yordam, sinchkov nazorat va parvarishga muhtoj bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |