Qaysi qatordagi so‘zlardan -q, -k qo‘shimchalari bilan ot yasalganda o‘zakda tovush o‘zgarishi bo‘ladi? A) o‘ta, ista B) kura, yama C) bo‘ya, sana D) tala, tara
-lik qo‘shimchasi qaysi turkumga oid so‘zlardan ot yasay oladi? 1) ot; 2) fe’l; 3) sifat;4) ravish.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3, 4
38. Fe’l asosli otni toping.
A) paxtazor B) yaxshilik C) sharshara D) ochqich
39. Ot yasovchi qo‘shimchalarni toping.
A) –chi,-moq,-bon,-m B) –um, -sh, -b, -lik C)-chi,-la, -cha, -dir D) –k, -lik, -ma, -chi.
40. Uchalasi ham ot yasaydigan qo‘shimchalarni belgilang.
A) –lik, -cha, -illa B) –lik, -im, -zor
C) –viy, -dosh, -ay D) –ona, -gi, -dek
41. Qaysi qatordagi qo‘shma otlarning tarkibi ot va otdan iborat?
A) otquloq, qo‘larra, ishboshi B) ko‘ksulton, xomtok, tomorqa C) o‘rinbosar, xontaxta, karnaygul D) gulbeor, oshko‘k, qo‘ziqorin
42. Qo‘shma otlar qatorini toping.
A) tilla bola B) Markaziy Osiyo C) tosh yo‘l D) A,
B
43. Qaysi qatordagi qo‘shma otlarning yozilishida imlo xatosi bor?
A) mingtepa, eryong‘oq, osh qozon B) qo‘shtegirmon, beshiktervatar, otquloq C) laylakqor, sadarayhon, qozon yuvg‘ich D) qo‘qongul, Yangi Marg‘ilon, Yangiyo‘l
44. Sinonim so‘zlardan yasalgan juft otlar qatorini ko‘rsating.
A) or-nomus, baxt-iqbol B) hovli-joy, oyoq-qo‘l C) kuchquvvat, baxt-saodat D) A, C
45. Quyidagi gapda berilgan juft otlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Ona-bolaga qarab turib, «Ona bilan bola – gul-u lola» degan maqolning haqligiga ishondim.
A) ona-bola, ona bilan bola B) ona-bola, ona bilan bola, gul-u lola C) ona-bola, gul-u lola D) ona bilan bola, gul-u lola
46. Qo‘shma otlar qatorini toping.
gultojixo‘roz, sadarayhon, namozshomgul, muzyorar
sohibjamol, tinchliksevar, ishyoqmas o‘zbilarmon C) allakim, allaqanday, allaqachon, kimdir D) ishlab chiqmoq, oh urmoq, nazar solmoq, payqamay qoldi
Do'stlaringiz bilan baham: |