O‘ta 305- guruh talabasi Ozotboyeva Maxfuza Akademik litsey hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida fonetika bo‘limini o‘qitish usullari
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
2 Til metodikasi Oozotboyeva 305
O‘TA 305- guruh talabasi Ozotboyeva Maxfuza Akademik litsey hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida fonetika bo‘limini o‘qitish usullari.
1-topshiriq Javoblar: A)Hozirgi o‘zbek adabiy tili darsligida Fonetika bo‘limini takrorlashga oid quyidagi mavzular keltirilgan: - Fonetika yuzasidan o‘tilganlarni takrorlash - O‘zbek tilining tovush tizimi – Nutq tovushlarining uch tomoni – Tovushlarning farqlovchi va birlashtiruvchi belgilari – Tovush va fonema – Unlilar tasnifi –Undoshlar tasnifi B) Litsey darsligida berilgan ma’lumotlar maktab darsligi bilan uzviy bog‘liq. Negaki quyi sinflarda unli va undosh tovushlar tasnifi bilan hozirgi o‘zbek adabiy tilida berilgan mavzular har ikkala darsliklarda ham bu mavzular keltirilgan, lekin biri ikkinchisining aynan takrori emas, balki litsey darsligida berilgan mavzular quyi sinflarda berilgan mavzulardan kengroq yoritib berilgan. Fonetika bo‘limidagi bajarilishi kerak bo‘lgan mashqlarning ma’nosi ularning bajarilish usuli ham bir muncha quyi sinflarnikidan farq qiladi. C) Darslikda aksariyat mashqlarning berilish sharti tasnif qilish bilan berilgan. Masalan, oldindan tayyorlangan matnning audiosi tayyor holda o‘quvchilarga eshittiriи ham mashqlarni bajarish mumkin. Matnni eshitish davomida o‘quvchilar unli tovushlarni yoki undoshlarni yozib olishlari kerak bo‘ladi. Bu usul
o‘quvchilarni diqqat qilishga o‘rgatadi va ularning e’tiborini ham chetda qoldirmaydi. D) Fonetika bo‘limini o‘rganish o‘quvchining hayotida quyidagi ahamiyatga ega. 1. O‘quvchining so‘zlashish nutqi ya’ni og‘zaki nutqi rivojlanadi. 2. Til bilan bog‘liq nuqsonlar va kamchiliklarni bartaraf etadi. 3. Agar o‘quvchi to‘g‘ri va ravon, chiroyli gapira olsa undan kelajakda o‘ziga ishongan suxandon yoki notiq chiqishi mumkin. Demak fonetikani o‘rganish o‘quvchining kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin.
2-topshiriq.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili Mavzu: 13-dars Asos va qo‘shimchalar imlosi
Sinf: Akademik litsey Fan: Hozirgi o‘zbek adabiy tili Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga fonetika bo‘limi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish. b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda Ona Vatanga muhabbat, ona-onaga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish. d) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish. Shakllantiradigan kompetensiyalar: - kommunikativ axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo‘llash kompetensiyalari. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: - mediamanbalar (radio, televizor, internet va boshqalar)dan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalanish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: - doimiy ravishda o ‘zini o ‘zi mustaqil va jiddiy rivojlantirish hayot davomida mustaqil o‘qib o‘rganish, mustaqil qaror qabul qilish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: - vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish va ularga nisbatan faxr-iftixor tuyg‘usini shakllantirish. Darsning uslubi: O‘yin, musobaqa. Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Darsning metodi: Tushuntirish, savol-javob. Dars jihozlari: Darslik, kompyuter, taqdimot, rag‘batlantiruvchi kartochkalar. Darsning texnik chizmasi: № Dars bosqichlari Belgilangan vaqt 1 Tashkiliy qism 10 2 O‘tilgan mavzuni so‘rash 15 3 Yangi mavzu bayoni 20 4 Mavzuni mustahkamlash 15 5 Darsga yakun yasash, baholash 10 6 Uyga vazifa berish 5 Darsning borishi: I. Darsning shiori: Bilim baxt kalitidir. II.Tashkiliy qism: a) salomlashish; b) xona tozaligini tekshirish; d) davomat qilish; e) mustaqillik haqida suhbat; f) yangi mavzu bayoni.
II. O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘qituvchi uy vazifasini o‘qitadi va tahlil qilishadi. Har bir o‘quvchi o‘zining daftarini tekshirib boradi. II. Yangi mavzu bayoni: Mavzu o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi III. Yangi mavzuni mustahkamlash: IV. Topshiriq. Qoidalar ketma – ketligini bolalar yaxshi eslab qolishlari uchun “ Eslab qol “ o‘yinin tashkillashtiriladi. Sinfdagi bolalar o‘qituvchi tomonidan to‘rtta guruhga ajratiladi va o‘tilgan mavzu mustahkamlanadi. Topshiriq. Mavzu bo‘yicha salov javob tarzida tashkillashtiriladi. V. Darsga yakun yasash va baholash. 1.Bugungi darsdan nimani o‘rgandingiz? 2. Nimalar haqida fikringiz o‘zgardi? Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Dars yakuni. Uyga vazifa berish O‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topib yozib kelishni uyga vazifa qilib beriladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling