O‘ta-403 adabiyot nazariyasi abdulla qahhor hikoyalari uslubi. “Bemor”,”OʻGʻRI” hikoyalari asosida


Download 21.4 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi21.4 Kb.
#142171
Bog'liq
AQ.403.Baxtiyorova Husnora


Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi

O‘TA-403

ADABIYOT NAZARIYASI

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARI USLUBI. “BEMOR”,”OʻGʻRI” HIKOYALARI ASOSIDA

  • Adabiyotda uslub masalasigа оid qаrаshlаringizni izоhlаng.

Adabiyot nazariyasida yozuvchining voqelik va insonni idrok qilishi, ularning qalbidagi haqiqatning kashf etishi va uni so‘z vositasida obrazli ifodalay olishi – bu vazifalarni o‘ziga xos tarzda yaratish san’atiga nisbatan uslub deyiladi. Uslub doim yozuvchi shoirning butun borlig‘idan – tabiatidan kelib chiqqan holda va har bir yaratgan holda yuzaga keladi. U kitobxonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan o‘ziga xos olamning hayotbaxsh nurini – insoniylashgan tuyg‘ularini tiriltiradi, ezgu tuyg‘ular tarbiyachisi vazifasini o‘taydi.

Ayrim yozuvchilarning uslublari bir-biriga o‘xshab qoladi. Bu ularning uslublarining kuchsizligidan dalolat beradi. Chunki ular o‘z his tuyg‘ularini ochiq-oydin tasvirlay olishmaydi.

Bu kabi asarlar sovet davrida mafkuraga yo‘g‘irilgan holda yaratilgan bir xil asarlarda ko‘p uchraydi.

Navoiyning so‘z qo‘llash sehri va sehrida ifodalab bergan his-tuyg‘ulari yoki Cho‘lponning birgina “Qorang‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib eng katta yulduzdan seni so‘rayman…” deb boshlanuvchi misrasida olam ma’no va istiloh yashirin….mana ularning o‘ziga xos uslublari.



  • Abdulla Qahhorning o‘zigа хоs uslubi nimаlаrdаn ibоrаt?

Bu savolga aniq javobim….Qisqa so‘zda bir olam ma’no ifodalash qobiliyati, shuning uchun ham uni so‘z ustasi deydilar. Uning asarlarida:

  • Satira juda kuchli

  • Tasvir uslubi o‘tkir (ochiq-oydin)

  • Fojiali va kulgili taqdirlarni kichik hajmda tasvirlab bergan

  • Voqea tugundan boshlanadi doim!

  • Mohir hikoyanavis

  • So‘z ustasi

  • Аbdullа Qаhhоr – hikоyanаvis. Fikrni dаvоm ettiring.

Hikoya janrining go‘zal namunlarini yaratgan, qisqa so‘zlarda olam- ma’nolarni aks ettirgan yozuvchi Abdulla Qahhor o‘zining uslubi va ko‘lami nuqatayi nazaridan hikoyalarning eng yorqin namunalarini yarata olgan.

Uning “Bemor”, “Anor”, “Millatchilar”, “Tomoshabog‘”, “O‘g‘ri”, “Maston”, “Qanotsiz chittak”, “Sa’natkor”, “Jonfig‘on”, “Yillar”, “Adabiyot muallimi” orqali realistik ruh va badiiy ifodaning o‘zi xos o‘rinlari, maqol va naqllarini o‘z o‘rnida qo‘llab hikoyaning bosh g‘oyasini singdirib berolishi o‘ziga xos.



  • Bеmоr” vа “O‘g‘ri” hikоyalаri dаvrning qаysi illаtlаrini o‘zidа аks ettirgаn?

BEMOR……..aslida Sotiboldining xotini emas, uni butun bir dardini davolay olmagan. Ayolning eri soddaligi sabab kasallik oqibati qanday yakunlanishini tushunmaydi va tushunmagan holda kim nima desa ishonib xotinida sinab ko‘raverib. kimdir tovuq qonlash kerak desa tovuq qonlaydi, yana kimdir eshonga savalat deydi … Oqibati bilan esa hech kimni ishi yo‘q , bir bechora oilaning qashshoq hayoti orqali….butun xalq, millat qoloqlikdan uyg‘ona olmagan BEMOR XALQ, hayotini ko‘rsatib berolgan.

O‘g‘irlangan ho‘kizini topaman deb kattaroq baloga giriftor bo‘lgan bir bechori dehqonning amaldorlar tomonidan talanishi, xonavayron qilinishi obrazli ravishda tasvirlangan. Hikoyaga “Otning o‘limi — itning bayrami” degan xalq maqoli epigraf qilib keltirilgan, mana shuning o‘zi xalqni ahvolini, vaqtini o‘g‘irlagan o‘qimagan, omi xalq, mansabparast amaldorlarning aslida…INSON HAYOTINING O‘G‘RISI EKANLIGI tasvirlangan.



  • Hikоyalаrni sеmiоtik tаhlil qilishgа hаrаkаt qiling. Undа kеrаkli kаlit so‘zlаrni tоping.

  • Kampir dod soldi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi... Nega odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan? Chunki bu aynan bir marta ro‘y beradigan jarayon emas, bunday ko‘rguliklar, jarayonlar xalq boshiga tez-tez tushib turganki, xalqning dod-voyi xalq uchun odatiy xolga aylanib qolgan.

  • Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. ..Nega? Chunki aynan shu ho‘kiz bilan tirikchilik qiladi, oilasini tebratadi, yer haydaydi…shu o‘rinda xalqning qoloqlik darajasini, o‘qimagan, orqada qolgan xalq qismatni yorqin ifoda etgan.

  • Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, topiladi. Topiladi! Oq podsho tuzumi shunchalik qattiq-ki? Har bir detalgacha oq podshoning nazaratida demoqchi.

  • Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi… Bu o‘rinlar juda ko‘p o‘rinlarda uchraydi, bu xalqning qora hayoti, adolatsizlik, sudxo‘rlik avj olgan pallasi, hech kim shunchaki, mansabga erishmaydi va bu mansabni suestemol qilmasdan qo‘ymaydi ham….Mansab g‘oyoki foydali daromad manbayi!!! Xalqni esa hech kim o‘ylamaydi.

  • Bu shart kuzda ma’lum bo‘ladi...Nima qilardi bechora dehqon, yana qaramlikda, kimlarningdir yerini haydab, tekinga xizmat qilib, qiynalib yuraveradi…bu qoloqlik!

  • Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish – uy, ho‘kizni topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi….Bu ham oldingi gaplarimni isboti o‘laroq, xalqning og‘ir ahvoli, qoloqlik darajasidir-ki, xalq uchun bitta sigirni topish shunchalik mushkulki, endi bundan hayot kechirish qanchalik og‘ir jarayonigini ham bilishimiz mumkin.

  • Bеmоr” hikоyasini biоgrаfik tаhlilgа tоrting. Bu bоrаdа “O‘tmishdаn ertаklаr” qissаsigа murоjааt qiling.

Hech bir asar o‘z-o‘zidan yaratilib qolmaydi. Yozuvchining qalbidan to‘lg‘onib ming bir dard bilan yuzaga keladigan asarda yozuvchi shaxsi yoki uning tuyg‘ulari aks etib turadi.

Bemor hikoyasining ham yaratilish tarixi bevosita yozuvchi shaxsiga bog‘liq. Biz bilamizki, Abdulla Qahhorning otasi temirchi bo‘lib, ular bir joyda muqim yashay olishmagan, hayot qiyinchiliklari, yo‘qchilik tufayli turli joylarda ko‘chib yurishga majbur bo‘lishgan. Abdulla Qahhordan oldin ancha farzandlar ona bag‘riga yetmay tuproq yuzini ko‘rgan.

Kunlarning birida, Abdulla Qahhorning onasini to‘lg‘oq tutib qoladi. Yomg‘irli kun! Hamma yoq qorung‘u…Addulla Qahhorning otasi do‘xtir izlab butun mahallani kezib chiqadi….Afsuski, o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan yordam, Abdulla Qahhor onasining ahvolini yomonlashuviga hamda, yana bir farzandini yerbag‘riga berishiga sabab bo‘ladi….Aynan mana shu chizgilar Abdulla Qahhor yaratgan “Bemor hikoyasining” ijodiy mevasi, ildizlari zamiri….


  • O‘g‘ri” hikоyasidаn оlоmоn оbrаzini аniqlаng. Ulаrning o‘zаrо fikrlаri, vа yozuvchining qisqа shаrhlаri оrqаli dаvrgа bаhо bеring.

Qobil boboning baxtiga: «Beto‘xtov hokimga xabar beraman», – demasdan: «Aminga bor», – deb qo‘ya qoldi. Amin: «Ellikboshiga borilsin», – dedi……takabbur amaldorlar qiyofasini cheksiz ochib bergan. Amaldor bo‘lib turib shunchalik kalta fahmlaydi-ki, ho‘kizning topilish darajasini jiddiy bir tergov jarayoniga aylantirib yuboradi. Bu jarayon ichida bechora kambag‘al cholni battar qashoqlashtirib, uni sarson qiladi xolos…

Kambag‘al-bechora chol bilan takabbur amaldorning muloqot-munosabati,

harakat-holatlari bechora bir insonning tahqirlanishi manzarasi aniq namoyon qilingan o‘rinlarga ko‘zimiz tushadi:

Qobil bobo ro‘para bo‘lganda amin og‘zini ochmasdan qattiq kekirdi, keyin bag‘baqasini osiltirib kuldi.

Ha, sigir yo‘qoldimi?

Yo‘q... sigir emas, ho‘kiz, ola ho‘kiz edi.

Ho‘kizmi? Ho‘kiz ekan-da. Hmm... Ola ho‘kiz? Tavba...

Bor-yo‘g‘im shu bitta ho‘kiz edi...

Amin chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha burniga ti-qib kuldi.

Yo‘qolmasdan ilgari bormidi? Qanaqa ho‘kiz edi?

Ola ho‘kiz...

Yaxshi ho‘kizmidi yo yomon ho‘kizmidi?

Qo‘sh mahali...

Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa keta beradimi?

Bisotimda hech narsa yo‘q...

O‘zi qaytib kelmasmikin!.. Birov olib ketsa qaytib kela ber, deb qo‘yilmagan ekan-da! Nega yig‘lanadi? A? Yig‘ lanmasin!



  • Mаzkur hikоyalаr hаqidа аdаbiyotshunоs оlimlаr qаndаy fikr bildirgаn. Intеrnеt mаtеriаllаridаn fоydаlаning.

IBROHIM HAQQUL: “Abdulla Qahhor nainki adabiyotning, yurt va millatning ham vijdoni” degan mohiyatga men alohida urgʻu bergan ekanman. Darvoqe, marhum adibimiz Oʻlmas Umarbekov ham ustozni millat vijdonini tamsil etgan yozuvchilardan deb taʼriflagan. Ha, Abdulla Qahhor bosib oʻtgan hayot yoʻli ham, ijod yoʻli ham vijdon yoʻli edi. U soʻnggi nafasigacha millat dardi bilan yashadi. Shuning uchun ham unga ogʻir boʻlgan. Mamlakatda toza fikrlaydigan odamlar kamayib ketgani, shular ham iqtidorini yangi haqiqat izlashga emas, eskilarini takrorlashga sarf aylaganiga qaramay, Abdulla Qahhor doimo ozod fikr, yangi haqiqatlar uchun kurashgan – yolgʻizlanish, tanqidu taʼqiblarni pisand qilmasdan kurashgan. Abdulla Qahhorning ijodiy nafasidan nomardlik, har qanday gʻirromlik titragan, tubanlik oʻzini panaga tortgan. Unga tish qayraganlar esa yuzlariga niqob tortishga majbur boʻlishgan. Uning borligi millatning ham davlati, ham sarvati, ham shavkati boʻlgan. Mubolagʻasiz shunday!

SAID AHMAD : Abdulla Qahhor hikoya va qissalaridagi har bir so‘z, har bir iboraning o‘rni shu qadar muqim va mustahkamki, ularni boshqa so‘z, boshqa ibora yoxud jumla bilan o‘zgartirish deyarli imkonsiz. “Men tajriba uchun, ustozning “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Anor” hikoyalaridan ba’zi so‘zlarni olib tashlab ko‘rdim. Bo‘lmadi. Hikoya bir ustuni olib tashlangan ayvonga o‘xshab lapanglab qoldi». Axir, har bir sahifa o‘rta hisobda 15-16 marta ko‘chirilsa, har safar jumlalarga sayqal berilsa, boz ustiga bir sahifadagi gapni bir jumlaga, o‘n sahifa mazmunini birgina sahifaga sig‘dirish uchun qunt va ilhom ila mehnat qilinsa — so‘z nari tursin, tinish belgisini ham qimirlatib bo‘lmaydi.
Download 21.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling