Ota-onalar majlislarida ko‘riladigan masalalar
Download 12.69 Kb.
|
3 ota onalar yig bayoni 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- KUN TARTIBIDAGI MASALALAR.
- YUQORIDAGI MASALALAR YUZASIDAN YIG’ILISH QAROR QILADI.
OTA-ONALAR MAJLISLARIDA KO‘RILADIGAN MASALALAR Sentabr 1.Sinf ota-onalar qo‘mitasini saylash 2. Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik 3.Ma’ruza: “Bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish”. Noyabr 1.I-chorakda o‘quvchilarning o‘zlashtirishi 2.Sinf xonasini qishki mavsumga tayyorlash haqida 3.Ma’ruza: Mehnat qilgan elda aziz. Yanvar 1.II-chorak yakuni haqida 2.O‘quvchilarning kundalik rejimi 3.Ma’ruza: Bolalarni kasb-hunarga yo‘llash. Mart 1.III-chorak yakuni 2.O‘quvchilar bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish 3. Ma’ruza: Hunarli kishi xor bo‘lmas. May 1.O‘quv yilida o‘quvchilarning o‘zlashtirisi haqida 2. Yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazish haqida 3.Maktab va sinf xonasini ta’mirlamasalasi. Farg‘ona shahar XTB 3- o‘rta ta’lim maktabi 3-”A” sinf ota - onalar yig’ilishi BAYONNOMASI № 1 3-mart 2023 yil 3-maktab Sinf rahbari: Qarshiyeva G Kotiba: Rahmonova Z Qatnashdi: MMIBDO‘ T.Umarova, maktab psixologi, 27 nafar ota-ona va maktab o’qituvchilari. KUN TARTIBIDAGI MASALALAR. Sinfdagi o‘quvchilarning 3-chorakda o’zlashtirishi, davomati, xulqi haqida. (Ma’ruzachi sinf rahbari Qarshiyeva G) Farzand tarbiyasida kitobxonlikni o’rni. (Ma’ruzachi:ota –onalar qo’mitasi raisi) Ta’til kunlari o’quvchilarni to’garaklarga qatnashishi haqida. (Maruzachi: sinf rahbari) ESHITILDI: Yig’ilish kun tartibidagi barinchi masala yuzasidan sinf rahbari hisoboti tinglindi. U o’z so’zida sinfda jami 27 nafar o’quvchi bo’lib, undan 14 nafari o’g’il bolalar, 13 nafari qizlarni tashkil etadi. Sinfimizdagi 27 nafar o‘quvchilar fanlar bo’yicha quyidagi natijalarga erishdilar . 5 bahoga oqigan oquvchilar 8 nafar, 4 bahoga o’qigan o’quvchilar 14 nafar, 3 bahoga o’qigan o’quvchilar 5 nafarni tashkil qildi. Fanlar bo’yicha sinf o’quvchilar bilim samaradorligi 82 %ni tashkil qildi. Barcha fanlardan a’lo baholarga o’qigan o’quvchilar quyidagilardir: Akbaraliyeva Mubina , Fayzullayeva Latofat, Baxtiyorova Robiya, Baxromjonov Abdulloh, Rahmiddinov Javohir: Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar: To‘ychiyev Hojiakbar, Qambarova Durdona 1-chorakda sinf davomati 100 % ni tashkil etdi. Namunali xulqga ega o’quvchilar 27 nafar. 2- masala yuzasidan ota-onalar qo’mitasi raisi Isroilova G ma’ruza qildi. Bugungi kunda ta’lim jarayoni va oilada farzand tarbiyalashda onalarni vazifasi, kitob o’qish foydalari haqida batafsil aytib o’tdi, onalar kitob o’qishi va farzandlariga o’qib berishi muhimligini ta’kidlab o’tdi. Muzokaraga onalardan Axmedova X chiqib o’z tajribasi haqida aytib berdi. 3-masala yuzasidan sinf rahbari so’zga chiqdi. Ta’til kunlari o’quvchilarni bo’sh qoldirmaslik va to’garaklarga jalb etish haqida ma’ruza qildi. Maktabdagi sport , fan to’garaklari haqida ma’lumot berib o’tdi. Sport to’garaklariga qatnashayotgan o’quvchilar , ular erishgan natijalar to’g’risida gapirib o’tdi. Ota-onalar nomidan Alimova K, Uamrova S, Isaqova Xlar muzokaraga chiqib, bolalar rivojlanishida sportni foydasi haqida o’z fikr va taysiyalarini bildirdi. YUQORIDAGI MASALALAR YUZASIDAN YIG’ILISH QAROR QILADI. 1.Sinf o’quvchilarini 3-chorak yakuni bo’yicha hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.Farzand tarbiyasida mas’uliyatli bo’lishi va kitobxonlikka e’tibor berishi vazifasi , barcha ota-onalarga eslatib o’tilsin. 3. Ta’tilda barcha o’quvchilar to’garaklarga qatnashishini ta’minlash ota-onalarga yuklatilsin. Sinf rahbari: Qarshiyeva G Kotiba: Rahmonova Z Download 12.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling