Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi. Sana
Download 8.44 Kb.
|
Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi. Sana 23. 05. 2020
TOPSHIRIQ-5 NAMUNA Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi. Sana: 23.05.2020 Qatnashdi 19 ta. Qatnashmadi 5ta. Kun tartibi: 1.Bolada jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish. 2.Boladek fikrlaymiz.(Trening) 3.Yangi yil bayramiga tayyorgarlik. Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh tarbiyachisi Raxmadjanova M.S so`zga chiqdi .Hurmatli ota-onalar birinchi masala yuzasidan kelib chiqqan holda shuni aytmoqchiman. Yangi 2019-2020 oq`uv yilining birinchi yarim yilligida bolalarimizning sentyabr oyiga nisbatan rivojlanish ko`rsatkichlari yuqori darajada o`sgan.Bolalar bilan markazlarda ishlashda qiyinchiliklar nisbatan kamroq.Bolalar o`z xoxish-istaklarini bemalol dadil namoyish etmoqdalar.Bunda sizlarning e`tiboringiz xam yetarli darajada.Xammangizga juda yaxshi ma`lumki biz yangi “Ilk qadam” dasturi asosida beshta faollik markazlarida ishlayapmiz.Bu yangi dastur bolalarning yanada ko`proq o`yinli ta`limda o`zlarining “Men”nini rivojlantirmoqda bolalar asosan o`yin bilan mashg`ulotlarni o`tkazmoqdalar.Bu dastur asosida biz bolajonlar bilan juda ko`p ochiq mashg`ulotlar xam olib bordik.Buning uchun sizlarga xam katta raxmat aytaman bolalarga berilgan qaxramon kiyimlarini,niqoblarini va she`rlarini yodlatib bormoqdasizlar.Mana endi bolalaringizning rivojlanish xaritalarini ko`rib chiqishingiz mumkin. Mana bu belgilar bolalarga qo`yiladigan davlat talablari standartlariga mos ravishda bolangiz talablarni bajarganliklari.Bajara olmagan bolalar kuzatuvning keying bosqichida kuzatilib yana belgilanadilar. Kun tartibidagi 1-masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi 1.Bolalarda jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning fikrlarini e`tiborga olish. 2.Bolalarda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirmaslik. Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan 44-DMTT katta tarbiyachisi Shabidinova F.E so`zga chiqdilar.Bolalar bilan avvalo muloqot qilganda ulardek fikrlashni o`rganish kerak ularning fikrlarini tinglay ola bilish kerak.Hozirgi zamon bolalari yangi texnalogiyalar asrida yashamoqda shuning uchun bolalar bilan faoliyat olib borganda mashg`ulotlarda AKT lardan ko`proq foydalanish kerak.Bolalar sizning aksingiz siz uyda qanday muhitni tashkil etsangiz bolalar shu muhitda rivojlanishadi.Iloji boricha bolalarning fikrlarini e`tiborga oling.Albatta vaqtlarini unumli o`tkazing.Keling endi sizlar bilan bolangizni qay darajada yaxshi bilishingizni sinab ko`ramiz. Psixologik test. Mana barchangizning test natijalaringizni olib bolalarning javoblari bilan tekshirib sizlarga javoblaringizni aytamiz. Bolalar o`zlarining sirli olamlari borligiga ishonishadi shuning uchun ularning sirli olamlarida o`zlari yaxshi ko`rgan qaxramon bo`lishlariga to`sqinlik qila ko`rmang. Oilaviy muammolarni bolalarsiz o`zingiz xal qiling. E`tiboringiz uchun raxmat. Kun tartibidagi ikkinchi masala bo`yicha yi`g`ilish qaror qiladi: 1.Boladek fikirlashni o`rganish. 2.Bolalarning sirli olamida eng zo`r qaxramon vazifasida bo`lish. Kun tartibidagi uchinchi masala bo`yicha tarbiyachi Xasanova A so`zga chiqdi.Hurmatli ota-onalar 2 haftadan so`ng biz bolalarimiz bilan yangi yil bayramini o`tkazamiz.Sizlar bilan kelishgan holda yaxshi kayfiyatda o`tkazish niyatidamiz.Shu munosabat bilan xonamizni va musiqa xonasini bezatishimiz kerak .Shuning uchun hamkorlik qilishda yordam berasiz degan umiddamiz.Bayram uchun bolarga kiyimlar,niqoblar va turli bezaklarni ta`minlab berishingiz kerak.Tarbiyachilar bergan she`r,qo`shiqlarni va raqslarni uyda xam takrorlashingizni so`rayman.Bolalar kayfiyatini ko`tarish maqsadida yangi yil sovg`asini tashkil eting. Kun tartibidagi so`ngi masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi: 1.Xona va zalni bezatish uchun hamkorlik. 2.Bolalarning kiyim va niqoblarini ta`minlab berish. 3 Yangi yil sovg`asini tashkil etish. Quyida ko`rilgan vazifalar ota-onalar bilan birgalikda bajariladi. Muddat:Doimo Tarbiyachi:Raxmadjanova M.S Download 8.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling