Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi


Download 9.64 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi9.64 Kb.
#1157001
Bog'liq
Bayonnoma


Ota-onalar yig`ilish bayonnomasi.
08.04.2022. Yil.
Qatnashdi 24ta.
Qatnashmadi 6ta.
Kun tartibi:
1.Bolada jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish.
2.Boladek fikrlaymiz.(Trening)
3.Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh tarbiyachisi Saidjaffarova D so`zga chiqdi .Hurmatli ota-onalar birinchi masala yuzasidan kelib chiqqan holda shuni aytmoqchiman.
Yangi 2021-2022 oq`uv yilining birinchi yarim yilligida bolalarimizning sentyabr oyiga nisbatan rivojlanish ko`rsatkichlari yuqori darajada o`sgan.Bolalar bilan markazlarda ishlashda qiyinchiliklar nisbatan kamroq.Bolalar o`z xoxish-istaklarini bemalol dadil namoyish etmoqdalar.Bunda sizlarning e`tiboringiz xam yetarli darajada.Xammangizga juda yaxshi ma`lumki biz yangi “Ilk qadam” dasturi asosida beshta faollik markazlarida ishlayapmiz.Bu yangi dastur bolalarning yanada ko`proq o`yinli ta`limda o`zlarining “Men”nini rivojlantirmoqda bolalar asosan o`yin bilan mashg`ulotlarni o`tkazmoqdalar.Bu dastur asosida biz bolajonlar bilan juda ko`p ochiq mashg`ulotlar xam olib bordik.Buning uchun sizlarga xam katta raxmat aytaman bolalarga berilgan qaxramon kiyimlarini,niqoblarini va she`rlarini yodlatib bormoqdasizlar.Mana endi bolalaringizning rivojlanish xaritalarini ko`rib chiqishingiz mumkin.
Mana bu belgilar bolalarga qo`yiladigan davlat talablari standartlariga mos ravishda bolangiz talablarni bajarganliklari.Bajara olmagan bolalar kuzatuvning keying bosqichida kuzatilib yana belgilanadilar.
Kun tartibidagi 1-masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi
1.Bolalarda jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning fikrlarini e`tiborga olish.
2.Bolalarda ruhiy tushkunlikni yuzaga keltirmaslik.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan 26-DMTT katta tarbiyachisi so`zga chiqdilar.Bolalar bilan avvalo muloqot qilganda ulardek fikrlashni o`rganish kerak ularning fikrlarini tinglay ola bilish kerak.Hozirgi zamon bolalari yangi texnalogiyalar asrida yashamoqda shuning uchun bolalar bilan faoliyat olib borganda mashg`ulotlarda AKT lardan ko`proq foydalanish kerak.Bolalar sizning aksingiz siz uyda qanday muhitni tashkil etsangiz bolalar shu muhitda rivojlanishadi.Iloji boricha bolalarning fikrlarini e`tiborga oling.Albatta vaqtlarini unumli o`tkazing.Keling endi sizlar bilan bolangizni qay darajada yaxshi bilishingizni sinab ko`ramiz.
Psixologik test.
Mana barchangizning test natijalaringizni olib bolalarning javoblari bilan tekshirib sizlarga javoblaringizni aytamiz.
Bolalar o`zlarining sirli olamlari borligiga ishonishadi shuning uchun ularning sirli olamlarida o`zlari yaxshi ko`rgan qaxramon bo`lishlariga to`sqinlik qila ko`rmang.
Oilaviy muammolarni bolalarsiz o`zingiz xal qiling.
E`tiboringiz uchun raxmat.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo`yicha yi`g`ilish qaror qiladi:
1.Boladek fikirlashni o`rganish.
2.Bolalarning sirli olamida eng zo`r qaxramon vazifasida bo`lish.
Kun tartibidagi uchinchi masala bo`yicha tarbiyachi so`zga chiqdi.Hurmatli ota-onalar 1haftadan so`ng biz bolalarimiz bilan xotira va qadrlash bayramini o`tkazamiz.Sizlar bilan kelishgan holda yaxshi kayfiyatda o`tkazish niyatidamiz.Shu munosabat bilan xonamizni va musiqa xonasini tayorlashimiz hamda bezatishimiz kerak .Shuning uchun hamkorlik qilishda yordam berasiz degan umiddamiz.Bayram uchun bolarga kiyimlar,niqoblar va turli bezaklarni ta`minlab berishingiz kerak.Tarbiyachilar bergan she`r,qo`shiqlarni va raqslarni uyda xam takrorlashingizni so`rayman.
Kun tartibidagi so`ngi masala bo`yicha yig`ilish qaror qiladi:
Xona va zalni bezatish uchun hamkorlik.
Bolalarning kiyim va niqoblarini ta`minlab berish.
She'r,qo'shiqlarini va raqslarini uyda ham takrorlashlari.
Quyida ko`rilgan vazifalar ota-onalar bilan birgalikda bajariladi.
Muddat:Doimo


Tarbiyachi:Boboyeva Sanobar 29.04.2022 Yil
Download 9.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling