Qonunga binoan voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash tartibi va shakli ota-ona tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin. Jumladan, ota-onalar o‘zaro kelishib, faqat erning yoki xotinning maoshini voyaga yetmagan farzandlari (bolalari) ta’minotiga sarflashni belgilashlari mumkin. Ota-onalar bola tarbiyasi va ta’minoti uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar hajmini ham, bunday ta’minot qancha miqdorda va qachon berilish maqsadga muvofiqligini ham mustaqil belgilaydilar. - Qonunga binoan voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash tartibi va shakli ota-ona tomonidan mustaqil ravishda belgilanishi mumkin. Jumladan, ota-onalar o‘zaro kelishib, faqat erning yoki xotinning maoshini voyaga yetmagan farzandlari (bolalari) ta’minotiga sarflashni belgilashlari mumkin. Ota-onalar bola tarbiyasi va ta’minoti uchun zarur bo‘ladigan xarajatlar hajmini ham, bunday ta’minot qancha miqdorda va qachon berilish maqsadga muvofiqligini ham mustaqil belgilaydilar.
- Agar voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, ularning ta’minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onalarning har oydagi ish haqi va boshqa daromadining bir bola uchun – to‘rtdan bir qismi; ikki bola uchun – uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun – yarmisi miqdorida undiriladi. Bu to‘lovlarning miqdori taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa e’tiborga loyiq holatlarini hisobga olgan holda kamaytirilishi yoki ko‘paytirilishi mumkin.
Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak. - Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
- Ma’lum asos va sharoitlar mavjud bo‘lgan hollarda ota-onadan aliment olish huquqi voyaga yetgan, ya’ni 18 yoshga to‘lgan shaxslarda ham vujudga keladi. Qonunga muvofiq, voyaga yetgan bolaning mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtojligi shunday shartlar hisoblanadi. «Mehnatga layoqatsiz» tushunchasi mehnat qonunchiligi va «O‘zbekiston Respublikasining pensiya haqida» gi 1993 yil qonuni bilan aniqlangan.
- Ota-onadan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga undiriladigan alimentning miqdori sud tomonidan aliment to‘lashi shart bo‘lgan ota-onaning oilaviy va moddiy ahvoli hisobga olinib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi. Ota-onadan bolalarga unidiriladigan aliment miqdori aliment to‘lashga mas’ul shaxsning oylik ish haqi va boshqa daromadlariga nisbatan ulushlar hisobida (to‘rtdan bir, uchdan bir, ikkidan bir) yoki pul bilan ifodalanadigan va to‘lanadigan qat’iy summada belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |