O`ta xavfli va zoonoz infeksiyalar
Download 33.73 Kb.
|
11 Ўта хавфли ва зооноз инфекциялар 080221073425
- Bu sahifa navigatsiya:
- Morfologiyasi.
- Maxsus profilaktikasida
- 1911 - yilda Amerikalik olimlar Mak—Koy va Chepin
- Infeksiya manbayi
- Davosi.
2 -
O`lat (Toun) qo`zg`atuvchisini 1894-yilda Iyersen va Kitazatolar aniqlagan. O`lat rus tilida “chuma” deyilib, tabiiy o`choqli, o`ta xavfli antropozoonoz infeksiya bo`lib, uda o`lim (davolanmasa) 40-90 % gacha yetadi. Morfologiyasi. O`lat bakteriyasi kalta, ovalsimon tayoqchalar bo`lib, bir tomoni to`mtoqroq, 1—2 x 0,3—0,6 mkm kattalikdagi Gram manfiy, polimorf, sporasiz, harakatsiz, xivchinsiz, nozik kapsulali, fakultativ anaerob, oziqa muhitiga talabchan bo`lmagan, oqsil tabiatli, bir-biriga bog'liq ekzo- va endotoksin ajratuvchi, past haroratga chidamli, yuqori harorat, quyosh nuri va quritishga chidamsiz bo`lgan mikroorganizmdir. Odamlarga infeksiya asosan 3 xil yo`l bilan yuqadi: Transmissiv yo'l orqali (kemiruvchilar —> burga —> odam). 2. Havo-tomchi, havo-changi yo'li (o'pka shakli odamdan odamga yuqadi). 3. Alimentar yo'l — kasal hayvon go'shtini yaxshi pishirmasdan iste’mol qilganda. Kasallikning teri, bubon, septik, o`pka, ichak shakllari farqlanadi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 3-6 kungacha davom etadi. Kasallikning birlamchi o`pka shaklida qo`zg`atuvchi havo-tomchi yo`li orqali organizmga kiradi, agar qon orqali o`tsa, u holda ikkilamchi o`pka shakli rivojlanadi. Birlamchi o`pka shaklida kasallik birdaniga, behosdan, qaltirash, tana haroratining 38- 40°C va undan yuqoriga ko'tarilishi bilan boshlanadi. Ertalab harorat biroz tushadi, kechqurun esa ko'tariladi. Yuz terisi qizaradi, ko'zlar yaltiraydi, nafas olish tezlashadi, nafas qisadi, bosh og'riydi, harakat koordinatsiyasi buziladi, nutq o'zgaradi. Ba’zi bemorlarda alahsirash kuzatiladi. O'z vaqtida davolanmasa 4—6 kun ichida bemor o'ladi. Kasallik og'ir kechganda ikkilamchi o'pka shakli rivojlanadi. Kasallik qaltirash, haroratning 39—40°C bo'lishi, yo'tal, qonli suyuqlik ajralishi, alahsirash, tajovuzkorlik va qochishga harakat qilish kuzatiladi. 2—3 kun ichida yurak faoliyatining susayishi va nafas olish markazi falajidan bemor nobud bo'ladi. O`pka shaklida qo`zg`atuvchi, asosan, balg`am bilan ajraladi. Kasallikdan so'ng mustahkam immunitet hosil bo`ladi. Profilaktikasi. Bemorlarni barvaqt aniqlash, ajratish, karantin e`lon qilish, kontaktda bo'lganlarni 6 kun davomida haroratini har kuni bir necha martta o`lchash, dezinfeksiya va deratizatsiya ishlari olib borish, kasallik o`chog`ida ishlovchilarga profilaktik maqsadda streptomitsin beriladi yoki o`latga qarshi vaksina bilan emlanadi. Davlat chegarasi chetdan infeksiya kirishidan himoya qilinadi. Maxsus profilaktikasida EV—tirik vaksinasi qo'llash natijasida 1 yillik immunitet hosil bo`ladi. Davosi. Kasallik kompleks davolanadi. Streptomitsin, tetratsiklin, maxsus fag va o`latga qarshi gammoglobulin beriladi. - 3 – Tulyaremiya qo'zg'atuvchisi 1911 - yilda Amerikalik olimlar Mak—Koy va Chepin aniqlashgan. Tulyaremiya o`ta xavfli,o`tkir, zoonoz, tabiiy o`choqli yuqumli kasallik bo`lib, umumiy intoksikatsiya, o'ziga xos limfadenitlarning rivojlanishi, isitma ko'tarilishi bilan kechadi hamda odamlarda turli a`zo va to`qimalarni jarohatlaydi. Qo`zg`atuvchi mayda, kokksimon, tayoqchasimon, ba’zan ipsimon shakldagi, 0,3—0,6x0,1—0,2 mkm kattalikdagi, polimorf, harakatsiz, sporasiz, nozik kapsula hosil qiluvchi, Gram manfiy bo'yaluvchi, fakultativ anaerob, endotoksin ajratuvchi, oziq muhitiga talabchan, tashqi muhit omillariga chidamli bakteriyadir. Infeksiya manbayi — kemiruvchilar, yirtqich qushlar, hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchilar bo'lishi mumkin. Asosan muloqot—kasal kemiruvchilar va ularning ajratmalari, alimentar — oziq-ovqat mahsulotlari, havo changi, transmissiv yo‘1 orqali tarqaladi. Mikrob organizmga shikastlangan va shikastlanmagan teri, shilliq pardalar, nafas, meda – ichak yo`li, shuningdek kasal hayvon qonini so`rgan bo`g`imoyoqlilar chaqqanda tushadi. Kasallikning bubon, yara-bubon, ko'z-bubon, anginali bubon, ichak, o'pka, birlamchi septik shakllari farqlanadi. Qo'zg'atuvchi tushgan joyda mayda qizil dog'li papula hosil bo'lib, keyinchalik nekrozli yaraga aylanadi. Limfa yo'li orqali limfa tuguniga o'tadi, u yerda bo'linib ko'payadi, birlamchi limfadenit rivojlanadi va tulyaremiya bubonlari yuzaga keladi. Ko'proq yelka, qo'ltiq osti, qov limfa tugunlari zararlanadi. Qon bilan butun a’zo va to'qimalarga tarqab taloq, o'pka, jigar ikkilamchi bubonlar hosil qiladi. Yashirin davri 3—7 kun, ba’zan 10—14 kungacha cho'zilishi mumkin. Kasallik o'tkir boshlanadi, qaltirash, tana haroratining 40°C gacha ko'tarilishi, bosh og'rig'i, holsizlanish, toshmalar toshishi, pigmentatsiya, terining po'st tashlashi bilan kechadi. Isitma 5—7 kundan 30 kungacha kuzatiladi. Ko'pincha kasallik 16—30 kun davom etadi. Kasallikdan so‘ng mustahkam immunitet hosil bo'ladi. Profilaktikasi. Kasallik o`chog`ida dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya ishlarini olib borish. Shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, oziq-ovqat maxsulotlarini ifloslanishidan saqlash lozim. Maxsus profilaktikasi. Tabiiy o'choqlarda yashaydigan aholi Gayskiy-Elbert tirik vaksinasi bilan emlanadi. Davosi. Antibioniklar, kasallik og`ir kechganda o`ldirilgan tulyaremiya vaksinasi qo`llaniladi. Download 33.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling