Ikkinchi mutaxassislik sirtqi YO’NALISHI 4-kurs 161-guruh talabasi Otajonova Yayraning “O’ZBEKISTONDA DAVLAT VA MAHALLIY BOSHQARUV TARIXI”fanidan Мавзу: Qadimgi davlatlar (ilk davrlardan – milodiy IV asrigacha) Reja: - 1. Qadimgi Xorazm. Qadimgi Baqtriya. Qadimgi Sug’diyona.
- 2. Ahamoniylar davlatida boshqaruv tartibi.
- 3. Kushon davlatining tashkil topishi.
-
-
- Qadimgi Baqtriya podsholigi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi, Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“SHohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti).
Milloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi: 1.Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi. 2.Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning shaharlarga aylanish. 3.Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi. 4.SHarqiy Eron qabilalarining migratsiyasi. Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta-Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. YUqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kyerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Pyersepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. - Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kyerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Pyersepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Qadimgi Xorazm davlati - Qadimgi Xorazm davlati
- O‘rta Osiyodagi yana bir yirik davlat uyushmasi-Qadimgi Xorazm davlati hisoblanadi. “Katta Xorazm” va “Qadimgi Xorazm” masalasi bo‘yicha o‘zbekistonlik va xorijlik ko‘plab olimlar turli-tuman tadqiqotlar olib borgan bo‘lsalarda bu masalalar hamon tadqiqotchilarning bahs-munozaralariga sabab bo‘lib kelmoqda. Avesto va yunon-rim tarixchilari ma’lumotlari bu munozaralarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, o‘tgan asrning 50-60 - yillaridan boshlab bugunga qadar olib borilgan arxeolgik tadqiqotlar natijalari ham Xorazm davlatchiligi tarixi bo‘yicha boy matyeriallar byerdi.
Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta SHarqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq SHimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, SHimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi. - Avvalo so‘ngi yillardagi ibtidoiy davr yodgorliklarining qiyosiy tadqiqotlaridan (X.Matyakubov) xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Xorazm mil.avv IV-III m.y. dayoq O‘rta SHarqning qadimgi sivilizatsiyalar olami bilan uzoq SHimolni bevosita bog‘lovchi xalqa rolini o‘tay boshlagan. Bronza davri Suvyorgan va Tozabog‘yob madaniyatlari qadimgi Xorazm yerlarini o‘zlashtirib bir-biri bilan qizg‘in aloqada bo‘lgan, SHimol va Janubdan ta’sir qabul qilib, yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan qabilalar madaniyati edi.
- Ularning urug‘ jamoalari yarim yerto‘la uy -joylarda istiqomat qilib motiga dehqonchiligi va chorvachilik bilan shug‘ullanib, ibtidoiy ishlab chiqarish xo‘jaligi sari ilk qadam tashlaganlar. Ammo, ularning moddiy xo‘jalik taraqqiyoti darajasi O‘rta Osiyoning janubiy mintaqalari (Baqtriya, Marg‘iyona) dagi qabilalarga nisbatan ancha orqada edi.
- “Xorazm” atamasining kelib chiqishi haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Olimlarning katta guruhi “Xorazm” atamasining ikkinchi komponenti –zmi, - zamni hind-evropa tillariga mansub – zemo – yer, o‘lka, mamlakat ma’nosini byeradi degan xulosaga kelganlar. So‘zning birinchi komponentiga kelganda olimlar fikrlaridagi yakdillik yo‘qoladi va u turlicha – “Ozuqaga boy mamlakat”, “Unumdor yer” (E.Byurnuf, E.Zaxau, U.Geygyer, U.Tomashek), “Go‘zal mamlakat” (F.YUsti), “Unumsiz, yomon yer” (F.SHpigel), “Pastlik yer” (P.Lyerx, N.Veselovskiy, X.Klipyert), “Quyoshli yoki SHarqiy o‘lka” (S.Tolstov, P.Savelev, F.Sulaymonova), “SHarqiy zamin”, “Kunchiqar mamalakat” (I.Mo‘minov) tarzida talqin etiladi.
- S.P.Tolstov va YA.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib, xorazmliklar O‘rta Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar balki, Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi Xorazm viloyati hududlaridan ancha keng bo‘lgan.
- O‘rta Osiyoning tarixiy geografiyasi bilan shug‘ullanuvchi olim I.N.Xlopin “Katta Xorazm”ning yirik siyosiy birlashma sifatida Ahamoniylardan oldingi davrda mavjud bo‘lganligi va Akesning Tajan-Xyerirud daryosi bilan bir ekanligi haqidagi fikrlarni asossiz deb hisoblaydi. Olimning ta’kidlashicha, “Ahamoniylardan oldingi davrda O‘rta Osiyo hududida xalqlarning xorazmiylar boshchiligida hech qanday ilk davlat birlashmalari yo‘q edi”. SHu bilan birga u Ahamoniylardan oldingi davrda O‘rta Osiyoning janubida, “bir necha uncha katta bo‘lmagan markazlar” mavjud bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadi.
- Qadimgi Sug‘diyona
- Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoda eng qadimgi davlatning shakllanish jarayoni dehqon-chorvachilik iqtisodiyoti, ixtisoslashgan xunarmandchilik va shahar markazlarining paydo bo‘lishi bilan o‘zviy bog‘liqdir. Hozirgi kunga qadar olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari bu hududlarda ilk temir davridagi ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning ayrim muhim masalalarini yangicha yondashuv asosida izohlashga imkoniyat yaratadi. Ammo, shunga qaramasdan bu masala to‘liq echimini topmagan bo‘lib, xususan, O‘rta Osiyodagi eng qadimgi davlatlar shakllari va sanasi bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular shular jumlasidandir.
- O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davri boshqaruv (mil.avv. VI-IV asrlar)
- Mil.avv. VI asrning o‘rtalariga kelib shafqatsiz kurashlar natijasida Midiya podsholigi o‘rnida Ahamoniylar davlati tashkil topadi. Ko‘pchilik ilmiy – tarixiy adabiyotlarda Kir II Ahamoniylar davlatining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Ahamoniylarning Kir II, Kambiz, Doro I, Kserks kabi hukmdorlari qadimgi SHarqdagi juda ko‘plab mamlakatlar ustidan o‘z hokimiyatini o‘rnatishni rejalashtirilganlar va shunday siyosat olib borganlar. Qadimgi dunyo mualliflari Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, YUstin kabilarning ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Kir II mil.avv. 545-539 yillarda SHarqiy Eron va O‘rta Osiyo viloyatlarini bosib oladi. Doro I davrida (mil.avv. 522-486 yy. ) Ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O‘rta Er dengiziga qadar bo‘lgan keng hududga o‘z hukmronligini o‘rnatgan. Juda ko‘p sonli davlatlar, viloyatlar, shaharlar va xalqlarni birlashtirgan Ahamoniylar saltanati tarixda birinchi yirik dunyo davlati hisoblanadi.
- Qang‘ davlati.
- O‘zbekiston hududlarida tarqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K. SH. SHoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, YUnon-Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.
- Davan davlati.
- O‘rta Osiyoning SHarqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan qadimgi Farg‘ona antik davr o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan edi. Farg‘ona haqida yunon-rim mualliflari ma’lumotlar bermaydilar. Bu davlat haqidagi yozma ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida – CHjan Syan ma’lumotlarida, Sima Syanning «Tarixiy xotiralar», Ban Gunning «Birinchi xan sulolasi tarixi» asarlarida beriladi. Bu manbalarda ushbu davlat «Dayuan» yoki «Da-van» nomi ostida eslatiladi. Farg‘ona so‘zi Sug‘d manbalarida «Fragonik» shaklida yozilib «tog‘lar orasidagi vodiy, atrofi berk soylik» ma’nosini beradi. Xitoy manbalaridagi Dayyuan ham «tog‘lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
- E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |