Otajonova Zulfiyaxon Tibbiy Biologiya 272-guruh Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllar Nazorat savollari


Download 80.5 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi80.5 Kb.
#1025027
  1   2   3   4
Bog'liq
Otajonova Zulfiyaxon Tibbiy Biologiya 272-guruh Mavzu Argumentl


Otajonova Zulfiyaxon Tibbiy Biologiya 272-guruh
Mavzu: Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllar
Nazorat savollari:
1. Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida.
2. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.
3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4. Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya;
ularning o‘zaro aloqadorligi.
Javoblar.
1. Birinchi savolni yoritishda talabalar e’tiborini hukm – tafakkurning mantiqiy shakli sifatida predmetga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli ekanligiga qaratish lozim.
Insonning olamni in’ikos etish jarayoni faqat olam voqea-hodisalari to‘g‘risida tushuncha hosil qilib, tushunchalarning mohiyatini anglab olish bilan chegaralmaydi. U mazkur jarayonda tushunchaning boshqa tushuncha bilan muayyan munosabatini ham o‘rnatib, olam haqida yangi bilim olishga intiladi.
Tushunchalarda ifoda etilgan bilimlar, binobarin, buyumlar yanada yangi jihatlari bilan tafakkurda ishtirok etib, uning imkoniyatlarini chuqurlashtiradi. Masalan, «O‘zbekiston» va «Respublika» degan muhokamani tahlil etsak, bunda ikkita «O‘zbekiston» va «Respublika» tushunchalari mavjudligini uchratamiz. Mazkur tushunchalar oddiy gramatik qurilmada gap o‘rnida kelsa-da, ammo tafakkurda ularning biri ikkinchisi bilan muayyan belgilarni izohlash orqali bog‘langan.
Tushunchalar orasidagi munosabatlar ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelishi yoki kelmasligi mumkin. Masalan, «N. jinoyat sodir etdi» hukmining ob’ektiv mavjudlikka muvofiq kelish - kelmasligini tekshirib ko‘rish yoxud chinligiga ishonish mumkin. Ammo «NUJ larning parvozi kuzatildi» deyilsa, biz mazkur tushunchani shakliy tomondan tahlil qilib, uning mantiqiy to‘g‘ri ifodalanganligini qayd etamiz.
Lekin, rasmana mantiqda mavjudlikka muvofiq kelish hukmlar tarkibidagi tushuchalarning asosiy vazifasi emas. Unda hukmlardagi tushunchalar asosan mazmunan emas, balki shaklan tafakkur qoidalariga ko‘ra muvofiq bo‘lishi mohiyatlidir.
Shunday qilib, maboda tushunchalar o‘zaro mantiqiy talablarga ko‘ra to‘g‘ri bog‘lansa, u holda ular chin bo‘ladi, agar ular noto‘g‘ri bog‘lansa, yolg‘on hukm bo‘ladi. Bu o‘rinda yana shuni qayd etish lozimki, tushunchalarning, fikrlarning mazmuniga ko‘ra bir - biriga muvofiqlanishi ham, mantiqning bahs mavzuiga kirishi mumkin. Bunday hollarda mantiqiy tahlil mazmuniy tahlil kabi bo‘ladi. Mazkur zaruriy bog‘lanishlar aksariyat hollarda rasmana mantiq doirasidan chiqib, dialektik mantiq bahs mavzuiga aylanadi.
Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanish mazmunan chin va yolg‘on bo‘lishidan qa’tiy nazar, tasdiq yohud inkor ma’nolarida ifodalanadi. Albatta, tasdiq yoki inkorni ifodalagan fikr amaliyotdan olingan bo‘lishi, natijada, voqelikka muvofiq kelishi zarur. Zotan, fanning eng muhim vazifasi haqiqatni izlab topishdir. Masalan, «Hayot - DNK va RNK kabi moddalarning harakat usulidir», desak, u holda chin muhokama yuritgan, binobarin, muhokamamizni fan
yutuqlariga asoslagan bo‘lamiz. Mabodo, «Hayot g‘ayritabiiy kuch ehsondir", deganimizda yolg‘on muhokama yuritgan bo‘lamiz. Chunki, tabiatdagi biror narsa, jumladan, hayot ham g‘ayritabiiy kuch i’nomi bo‘lmaydi.
Ba’zan muhokamani tashkil etuvchi tushunchalar haqidagi bilimlar fanda o‘rganilmagan bo‘ladi. Masalan, «Toshmatov abadiy dvigatelning asoschisi» deyilsa, u holda bu muhokama yolg‘ondir. Chunki, Toshmatov ham Eshmatov ham yoki boshqa biror jahonning mashhur tadqiqotchisi ham mazkur kashfiyotni bunyod etmaganligi, qolaversa, uni ixtiro qilib ham bo‘lmasligi tabiiy - ilmiy fanlarning rivojlanishida dalillar asosida isbotlangan. Ammo, «Jinoyatni noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) sodir etdi» deyilsa, bunday muhokamada ifodalangan fikr muammolidir. Chunki, fan hali NUJ larni o‘rganib, ular sodir etadigan jinoyatlarni e’tirof etganicha yo‘q. So‘nggi paytlarda NUJlarning ba’zi hududlarda tez-tez paydo bo‘lishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida xabar berilmoqda, lekin mazkur hodisani tekshirib ko‘rishning iloji yo‘qligidan, ularni haqiqiy isbotlangan hodisalar sirasiga qo‘shib bo‘lmaydi.
Demak, hukmda in’ikos etadigan buyumlar to‘g‘risidagi bilimlar fanda aniqlangan bulishi zarur. Shundagina muayyan bilimlardan oldin fan va amaliyotda ma’lum bo‘lmagan xulosalar kelib chiqishi mumkin.
2. Agar fikr birgina hukmdan iborat bo‘lsa, sodda, aksincha, bir necha sodda hukmlardan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab hukm bo‘ladi. Sodda va murakkab hukmlar o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Murakkab hukmlar hukm turli mantiqiy bog‘lovchilar «yoki», «agarda», «unda», «va», «kam», «faqat», «bundan» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar yordami bilan sodda hukmlardan tuziladi. Masalan, «Toshkent - O‘zbekiston poytaxti», «Kitob bizning do‘stimiz» kabilar sodda hukmga misol oladi.
Murakkab hukmlar bir necha sodda hukmlardan tashkil topib, qa’tiy yoki shartli shakllarda ifodalanadi. Masalan, «Bu odam» desak murakkab hukm bo‘ladi.
Predikatni mazmuniga ko‘ra - hukmlar mavjudlik, atributiv (aniqlovchi) va munosabat hukmlarga bo‘linadi.
Atributiv hukmlarda predikat biror xususiyatning buyumga yoki xos emasligini aniq ifodalaydigan va ba’zan u qat’iy hukm deb ham yuritiladi. Masalan, olma daraxti mevali o‘simlikdir. «O‘tgan kunlar» romanining muallifi atoqli o‘zbek xalq yozuvchisi Abdulla Qodiriy.
Munosabat hukmlarda'buyumlar biror jihatidan munosabatini ko‘rsatadi. Ya’ni, buyumlarning fazoga, vaqtga, jinsga ketma-ketlikka, tenglanishga nisbatan bo‘lgan munosabatlarini aks ettiradi. Masalan «Behruz Alisherdan katta», «Tilning lug‘at tarkibiga qaraganda uninng grammatika tuzilishi sekin o‘zgaradi».
Agar atributiv hukm formulasi yuqorida ko‘rsatilgandek (S-r dir, S-R emas), munosabat hukmlari «ARV» formulasi bilan ifodalanadi. Bunda «A» va «V» belgilari buyumlar haqidagi tushuncha: «R» belgisi ular o‘rtasidagi munosabatni aks ettiradi.
Masalan 5>4 dan katta. Bunda 5 bilan 4 o‘rtasida «katta» munosabat bor.
Hukmlar faqat sifat jihatlari bilangina ajralmasdan, u miqdoriy jihatlari bilan ham ajraladi. Hukmlar son va sifat jihatiga, o‘zaro munosabatiga qarab yakka, tasdiq, juz’iy inkor, umumiy tasdiq va umumiy inkor hukmlarga bo‘linadi.
Hukmlar aks etgan predmet har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan hukmda bir guruh predmetlar va ularning xususiyatlarining bir qismigina aks ettiriladi, yana boshqa bir xil hukmlar esa, alohida, yakka pedmetlar va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.
Agar bayon etilgan fikr predmeti (kesim) shaklida hamma aytilgan buyumlar sinfini o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, u chog‘da hukm umumiy bo‘ladi. Umumiy hukm egasi (sub’ekt) tasdiqlovchi bo‘lsa, «har bir», «inkor etuvchi bo‘lsa», «hech bir», «hech qanday» va boshqa tushunchalar orqali ifodalanadi. Masalan, «Materiya aks ettirish xususiyatiga ega» deydigan bo‘lsak, bu yerda barcha moddiy predmetlarga xos bo‘lgan xususiyat aks etmoqda, bunday hukm umumiy hukm deyiladi. Uning formulasi: hamma S-R dir.
Juz’iy hukmlar deb buyumlar sinfining ma’lum qismi ifodalangan hukmlarga aytiladi. Bunga misol qilib «Ba’zi hashoratlar zararkunandadir" haqida so‘z ketmoqda, ya’ni ularning ma’lum bir zararkunandaligi ta’kidlanmoqda. Bunday hukmlar juz’iy hukmlar deb ataladi, formulasi esa: ba’zi S-R dir.
Yakka hukm buyumga xos bo‘lgan xususiyatni aks ettiradi yoki ayrim buyumlarga xos belgilari bilan birga unga xos bo‘lmagan belgilari tasdiqlashi va inkor etishi mumkin. Masalan, «Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti», «Samarqand O‘rta Osiyodagi eng katta shaharlardan biridir» kabi ayrim yakka predmetlar, hodisalar va ularning xususiyatlari aks etmoqda, bunday hukmlar yakka (yoki individual) hukmlar deb ataladi. Hukmlarning modallik bo‘yicha bo‘linishi, Oddiy hukmlar modalligiga qarab voqelik, ehtimollik va zarurlik hukmlariga va mantiqiy modalligiga qarab problematik va ishonchli hukmlariga bo‘linadi.
Hukmlarning modalligi deganimizda ularda fikrni ifodalash shaklinigina tushinish kerak. Hukmning ob’ektiv modalligi inson ongidan tashqarida bo‘lganligi.
1. Ehtimollik hukmlar narsalar, hodisalar va ularning belgilari o‘rtasidagi bog‘lanishning tasdiq va yoki inkor shakli ehtimollik bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Logikada ehtimollik hukm S-R emas, extimol R (a-b), masalan, ehtimol sizning rafiqangiz ertaga kelib qolar. Ehtimollik hukmlarda biror buyum va hodisa xaqida hali tekshirilmagan, ehtimollik fikri aytiladi. Demak, ehtimollik hukmlarning chinligi va ularning voqelik hukmlarga aylanipi aytilgan hodisalarning qanday darajada sodir bo‘lishi bilan bog‘liq. Ehtimollik hukmlar haqiqatga zid bo‘lmasa chin voqelik hukmlariga aylanadi.
2. Aniqlik hukmi. Aniqlik hukmida predikat sub’ektdagi belgining mavjudligini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Masalan. O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlat. O‘zbekiston mustaqil davlat, uning formulasi S- R dir: S-R emas yoki aRv. Aniqlik
hukmi voqelik va zaruriy hukmlarga bo‘linadi. A. voqelik hukmi. Voqelik hukmlarida birorta fakt qayd qilinadi, S za R orasidagi bog‘lanish aniq, ya’ni bo‘lgan voqeaning haqiqat ekanligi yoki emasligi haqida fikrni ifodalaydi.
Bu hukmda fikrimizning to‘g‘riligiga yetarli asos mavjud bo‘ladi va u ayrim faktlar bilan isbotlangan bo‘ladi. Masalan, Amir Temur o‘zbek xalqining atoqli sarkardasidir. Abu Nosir Farobiy Sharq Aristoteli.
Bunday hukmlar zaruriy faktlarga asoslangan, biroq u zaruriy qonuniyatga olib kelmaydi.
B. Zaruriy hukmlar predikat sub’ektdagi belgini tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. Zaruriy hukmlar tabiat va jamiyat qonuniyatlarini ifodalaydi. Ya’ni, bunday hukmda narsalar, hodisalar bilan belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni muqurrar ekanligini anglaydi. Masalan, «Poydevorsiz uy bo‘lmas» Bunda «zarur», «shart» so‘zlar ishlatilmasa ham gap tarkibida bor ekanligi gap mazmunidan anglashilib turibdi.
3. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:


Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling