«otam haqida» kitobidan habibulla Qodiriy begona mehmonlar


Download 1.25 Mb.
bet5/8
Sana03.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1150701
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Habibulla Qodiriy

«OTAM HAQIDA» KITOBIDAN


CHIN INSON
Dadam Abdulla Qodiriy bir kuni qora muqovali forschami, turkchami qalin bir kitobni o’qib o’tirdilar-da, ma’qul tushdi shekilli, “quloq sol”, deb bu baytni o’qidilar:
Sen tug’ilgan zamonlar kulardi olam,
Sen o’ldig’ing zamonlar yig’lasin olam.
– Shoir fikri to’g’ri-yu, – dedim men kulib, – biroq o’lganida olam yig’laydigan kishi bo’lish hammaga ham nasib bo’lavermasa kerak, ada…
– Nega? – dedilar dadam mutolaadan ko’zlarini uzmagan holda.
– Bunaqangi kishi bo’lish qiyin-da.
U kishi javobimga e’tiborsiz yana birmuncha vaqt o’qishni davom ettirdilar, choynakdan piyolaga choy quyib ho’pladilar.
– Hech qiyinchiligi yo’q. She’rdagi “olam” so’zi, birinchidan, avvalo, mubolag’a. Keyin, bunaqangi kimsa bo’lish uchun zo’r xoqon, amaldor, boy yoki olim bo’lish shart emas. Kim bo’lmasin, u chin inson bo’lsa bas…
Shu choq kimdir chaqirib keldi, dadamning fikrlari bo’lindi…
Xo’sh, chin insoniylik nima? Bu haqda shu qadar ko’p fikrlar aytilgan, bitilgan, bu bitiklardan buyuk bir qasr yasasa bo’ladi.Chin insoniylik haqida aytilgan, yozilgan fikrlar, yo’l-yo’riqlarni tushunish ham qiyin emas, saviya va sharoit ham bor, faqat bir narsa yetishmay turadi: o’sha aytilgan fikr va ko’rsatilgan yo’l-yo’riqlarga amal qilish.
SOPOL QUVUR
O’n bir-o’n ikki yoshli choqlarim, bog’imiz juda obod, ayniqsa, shiyponimiz qarshisidagi katta gulzorimiz yashnagan vaqt edi. Bir kun dadam bozordan ancha yuk ko’tarib keldilar-da, menga:
– Besh-o’nta sopol quvur olgan edim, yukim ko’plik qilib, Olim do’ppifurushning do’koniga tashlab keldim. Borib olib kel! – dedilar.
– Xo’p, – dedim. Qop qo’ltiqlab Chorsu bozoriga jo’nadim. Quvurlar gulzorimizga, ya’ni, quyilgan suvni bir poldan ikkinchisiga o’tkazish uchun kerak edi.
Olim amakining do’konidan quvurlarni qopga solib, orqalab jo’nadim. Quvurlar ancha og’ir edi. Nosbozor, tamakibozorlardan o’tgach
charchadim-da, gulbozorga (hozirgi “Bolalar dunyosi” magazinining o’rni) burilishdagi yerdan biror gaz baland qilib qurilgan kichkina temir-tersak do’konining ostonasiga orqam bilan asta yukimni qo’yib, qopning uchini yelkamdan bo’shatmagan holda dam ola boshladim. Do’konda xaridor yo’q, yaxshi kiyingan o’rta yoshli bir sotuvchi taxtaga tirsaklanib xaridor kutib o’tirar edi. U menga dedi:
– Hay bola, ko’tar qopingni, jo’na bu yerdan!
– Hozir, amaki, charchab ketdim, ozgina dam olay.
Bu yer dam oladigan joy emas, xaridor kiradi, jo’na, dedim, jo’na!
– Xo’p, xo’p, – dedim, ammo charchog’im hali chiqmagani uchun bu qulay joyda yana ozgina o’tirmoqchi bo’ldim.
Shu vaqt do’kondor orqamdan kelib, qopimni ko’tarib itarib yubordi. Agar o’tkinchi bir kishi tutib qolmaganida, men tor yo’lakdan oshib, tosh yo’lga yuz tuban yiqilishim, quvurlar ham sinishi aniq edi. Alam qilib, yig’lab yubordim.
E birodar, bola nima gunoh qildi, itarib yubordingiz, yiqilsa, nima bo’lar edi?! – dedi meni tutib olgan kishi do’konchiga.
– Boraver, ishing bo’lmasin, o’lib ketmaydimi!
Kishi indamadi. Yonimda boraturib, menga asta dedi:
– O’g’lim, qo’yaver, xafa bo’lma, bu odam o’zi shunaqa ekan…
Men uyga kelib, bu haqsizlikni dadamga alam bilan so’zladim. U kishi oldiniga jiddiy tinglab o’ylanib o’tirdilar, keyin menga dalda berish uchunmi, kuldilar:
– Shunga ham xafa bo’lishmi? Sen hayotga endi kirib kelyapsan. Hayotda hali shunday achchiq-tiziqlar, nohaqliklar, dag’al-qo’polliklar
bo’ladi, ko’ra-ko’ra chiniqasan, ko’nikasan. Birisi seni hurmatlaydi, qadrlaydi, taqdirlaydi, ikkinchisi xo’rlaydi, haqoratlaydi, jabrlaydi. Chunki insonlarning xulqi, fe’li, tabiati turlicha. Uni o’zgartirish, ma’lum bir yaxshi maromga solish qiyin va hatto ko’pincha mumkin ham emas, – dedilar va yana kuldilar. – Agar o’shanda do’konchi “Ha, o’g’lim, charchab qolibsiz-da, barakalla, qopingizni sal chetroqqa qo’ying, kiruvchilar qiynalmasin”, desa, sen qanday xursand bo’lar eding-a? Albatta, bu so’zni u odam hech mahal va hech kimga aytmaydi. Chunki uning yaratilishi, tabiati shunaqa. Buning uchun xafa bo’lish kerak emas.
– Demak, birov xafa qilsa, ozor bersa, indamaslik kerak ekan-da?
– Yo’q, indash kerak, agar vaziyat buni taqozo etsa, kishi o’zini himoya qilishga qurbi yetsa, mojaro va mojarochi kimsa indashga arzisa. Ko’pincha ongsiz, andishasiz, jo’n odamlar qo’pol bo’ladi. Undaylar bilan aytishib, tenglashib o’tirishning o’zi bir kamchilik hisoblanadi…
Dadamning bu so’zlaridan men ancha yorishdim, boyagi alamlar ko’nglimdan ariganday bo’ldi va, darhaqiqat, u kishi aytganlaridek, keyin-keyin bunday dag’al-qo’rs muomalalarga duch kelsam, sabr-sukut qiladigan bo’ldim. Bunda hikmat zo’r ekan… Qachon qo’rs muomalaga uchrasam, hamisha dadamning o’sha o’gitlarini eslayman va hovurdan tushaman…

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling