O’tgan oddiy zamon
Download 20.83 Kb.
|
Инглиз тили - Past simple
O’tgan noaniq zamon (yoki ba’zan “O’tgan oddiy zamon” ham deb yuritiladi) (Past Simple) o’tgan zamonda bajarib tugatilgan va ketma-ket bajarilgan ish-harakatlarga nisbatan ishlatiladi. Bu zamondagi gaplarda odatda (lekin har doim emas) ish-harakatning qachon bajarilganligi payt ravishlari yordamida ko’rsatilgan bo’ladi. O’tgan noaniq zamonning yasalish formulasi quyidagicha: EGA+FE’L Agar eslay olsangiz, bu yasalish Hozirgi noaniq zamonda (Present Simple) ham bor edi. Mana endi O’tgan noaniq zamon ham huddi shu formula asosida yasalayapti. Ammo o’tgan zamonda fe’lda boshqacha o’zgarishlar bo’ladi; Biz o’rganayotgan zamon o’tgan zamonga tegishli bo’lganligi uchun fe’l ham o’tgan zamonda bo’lishi kerak. Ingliz tilida fe’lning qaysi turga mansubligiga qarab uning o’tgan zamon shakli turli hil yasaladi. Ingliz tilida turiga ko’ra ikki hil fe’l bor: TO’G’RI FE’L va NOTO’G’RI FE’L. To’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lga “-ed” qo’shimchasi qo’shiladi. Masalan: work-ishlamoq / worked-ishlagan edi; play-o’ynamoq / played-o’ynagan edi. Noto’g’ri fe’llarning o’tgan zamon shaklini yasash uchun fe’lning o’zagi noto’g’ri fe’llar jadvali asosida ikkinchi ustunga ko’ra o’zgaradi. Quyida o’tgan noaniq zamonda ifodalangan gaplarni o’qing. Bu gaplardagi fe’lning o’tgan zamon shaklini yasash uchun to’g’ri fe’llarga “-ed” qo’shimchasi qo’shilganligini, noto’g’ri fe’llarning esa o’zagi to’liq uzgargan holda o’tgan zamon shakli yasalganligiga e’tibor bering. Tushunishingiz osonroq bo’lishi uchun avval hozirgi zamondagi gap, keyin esa shu gapning o’tgan zamon shaklini misol qilib keltiraman: I work in a bank – Men bankda ishlayman (Present Simple). I woked in a bank a year ago – Men bir yil avval bankda ishlagan edim (Past simple). I get up at 7 o’clock every morning – Men har ertalab soat 7 da uyqudan turaman (Present Simple). I got up at 7 o’clock yesterday morning – Men kecha ertalab soat 7 da uyqudan turgan edim (Past Simple). So’roq gaplarning yasalishi haqidagi maqolamdan bilasizki, umumiy so’roq gaplarni yasashda yordamchi fe’l egadan oldinga o’tkaziladi. O’tgan oaniq zamonning yasalish formulasiga qarang, bu zamonda birorta ham yordamchi fe’l yo’q! Bunday holatda nima qilamiz? Bunda biz “TO DO” yordamchi fe’lining o’tgan zamon shakli “DID”ga murojaat qilamiz. O’tgan noaniq zamonda so’roq shaklidagi gaplarni yasash uchun “DID” yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkaziladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi. Quyida berilgan darak gapning so’roq gapga aylanishiga e’tibor bering: Tom worked in the garden 2 hours ago. (darak gap, o’tgan zamonda bajarib tugatilgan ish harakatni ifodalaydi: Tom ikki soat avval bog’da ishlagan edi) Daid Tom work in the garden 2 hours ago? (so’roq gap, DID yordamchi fe’li egadan oldinga o’tkazilgan va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytgan). Mana yana misollar: Did you do your homework yesterday? – Siz kecha uyga vazifangizni bajardingizmi? Did he take any photographs last week? – U o’tgan haftada birorta rasm oldimi? Did you enjoy your holiday? – Siz ta’tilingizdan rohatlandingizmi? O’tgan noaniq zamondagi gaplarning inkor shaklini yasash uchun “DID” yordamchi fe’lidan keyin “NOT” inkor yuklamasi qo’yiladi va asosiy fe’l infinitiv holatga qaytadi. Quyidagi inkor gaplarga e’tibor bering: I did not smoke yesterday – Men kecha chekmadim; Tom did not come to the meeting – Tom yig’ilishga kelmadi; We did not want to go to the party yesterday – Biz kecha bazmga borishni xohlamadik. O’tgan noaniq zamon quyidagi payt ravishlari bilan ishlatilishi mumkin: AGO – avval, oldin; YESTERDAY – kecha; in 1988 – 1988-yilda; when I was a child – Men bola bo’lgan vaqtimda va hokazo. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling