O’tkazilgan uchrashuvlarni tahlil qilish


QO’L TO’PI O'YINI (GANDBOL) TARIXI


Download 1.25 Mb.
bet5/8
Sana04.05.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1425222
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’tkazilgan uchrashuvlarni tahlil qilish

QO’L TO’PI O'YINI (GANDBOL) TARIXI
Qo’l to’pi o’yini barcha sport turlari kabi o’z tarixiga ega. Birinchi bo’lib Daniyaning Ordrup shahridagi qizlar gimnastikasi o’qituvchisi Xolger Nelsin o’zi o’tayotgan darslariga hand-boll (hand-qo’l, ball-to’p) o’yinini kiritgan. Bu o’yinda kichik maydoncha 7 kishidan iborat 2 ta jamoa to’pni bir-birlariga uzatib, raqib darvozasini ishg’ol qilishgan. Shunday qilib 1898 yilda qo’l to’pi o’yini kashf etildi. O’yin maydonining birinchi o’lchami 40x20 metr, darvozaning bo’yi 2 metr, eni esa 2,1 metr, to’pning aylanasi esa 68-70 sm bo’lgan.
O ’yinning dastlabkiy qo’idalari bo’yicha to’p bilan yugurish va to’p uchun kurashishga ruhsat berilmagan. Qo’l to’pi o’yin qoydalariga Keyingi kiritilgan o’zgarishlar o’yinning atletik bo’lishiga olib keldi.

1923 yilda Amsterdam shahrida Xalqaro havaskorlar qo’l to’pi (IGF) Federatsiyasi tashkil qilindi va 11 mamlakat federatsiyalari unga a’zo bo’lib kirgilar. Ikki yildan so’ng 20 mamlakat vakillari shu federatsiga a’zo bo’lgan bo’lsalar, hozirgi kunda Xalqaro Qo’l to’pi federatsiyasiga 123 mamlakat vakillari a’zo bo’lib, jami 7 milliondan ortiq kishi qo’l to’pi bilan shugu’llanmoqda. Qo’l to’pi o’yini 1936 yilda Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritildi (Germaniya, Berlin). O’sha davrda musoboqalarda faqat 6 ta erkaklar jamoalari qatnashgan edilar. Olimpiada o’yinlari davrida Xalqaro Qo’l to’pi federatsiyaning 4-Kongressi bo’lib o’tdi va bu Kongeressda 1938 yildan boshlab qo’l to’pi bo’yicha jahon chenpionatlari o’tkazilishi rejalashtirildi va shu yildan boshlab o’tkazila bo’shladi.


Ikkinchi jahon urushi dunyo sportining rivojlanishini to’xtatib qo’ydi. Qo’lto’pi o’yinining rivojlanishidagi yangi bosqich 1946 yilda Xalqaro Qo’l to’pi federatsiyasining (IGF) tuzulishidan boshlandi. 1972 yil Myuxen shahrida o’tkazilgan Olimpiada o’yinlariga yana kiritildi va musobaqalarda faqat erkaklar jamoasi qatnashadigan bo’lishdi. 1976 yilda Monreal shahrida o’tkazilgan XXI Olimpiada o’yinlari dasturidan qo’lto’pi o’yini to’laqonli ravishda joy oldi. Musobaqalarda erkaklar jamoalari bilan bir qatorda ayollar jamoalari ham ishtirok etish huquqini olishdi.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling