Nazorat savollari
1. Yozuvchining tarjimayi holidagi: «Aslida har qanday asarda ham ma'lum ma'noda qalamkash biograflyasining bir bo'lagi aks etadi (hatto tarixiy romanlarda ham)... Yozuvchi o'zi yozayotgan asarga qalbini bag'ishlaydi.» degan fikrga qanday qaraysiz? Munosabatingizni asoslashga urining.
2. Yozlivchining: «O'qituvchilarda ham, O'quvchilarda ham allaqanday fidoyilik bor edi... 0'qituvchilarimiz biz uchun namuna edi. Kiyinishda ham, yurish-turishda ham...» kabi xotiralarim buguningiz bilan qiyoslang. Sabab va oqibatlarni tahlil qiling.
3. «Har gal yangi kitobim chiqishi bilan birinchi nusxasini Onamga taqdim etardim...» Shu jumlaga tayanib yozuvchiga baho bering.
4. «Adib Xudo bergan iste'dodini avaylashi... varrakka o'xshab shamol qay tarafga essa, o'sha yoqqa qarab shox tashlashdan saqlanishi kerak». «Shamol esgan tarafga shox tashlash»ga o'z munosabatingizni ayting.
5. Adibning eng katta orzusiga o'z munosabatingizni bildiring. Yozuvchi shaxsi bilan o'zingizning ichki «Men»ingizni solishtirib ko'ring.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |