O‘tkir o‘tanov «umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti»
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher navoiy nomidagi
Pedagogik mashq
Maktab tarbiyasida darsning ba‘zi jihatlarini baholang. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarda matematika fanidan ilk ma‘lumotni quyidagi mazmunda amalga oshirdi. Aziz o‘quvchilar biz nima uchun matematikani o‘rganamiz? Matematikasiz hayotni tasavvur qilish mumkinmi? Matematika bizning hayotimizda qo‘llanadimi? kabi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qildi. O‘qituvchi matematika darsida matematika fani haqida o‘quvchilardan ilk matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni tarkib toptirdi. Masalan, matematika fani 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 shakldagi sonlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi. O‘qituvchi kirish suhbatida shu sonlarning nomini, aytilishi, shaklini bilmay va yozishda qo‘llanmasdan hamda amaliy hayotga tadbiq qilmay turib inson hayotini qurish mumkin emasligiga kichik o‘quvchilarni ishontirdi. Shuning uchun biz o‘quvchilar hozirdanoq matematik sonlarning aytilishi, yozilish shakli va ularning bir-biri bilan qo‘shilishi hamda hosil bo‘ladigan sonlarni ilmiy bilishimiz shart. Chunki har birimiz bajaradigan ishimizning natijalarini sonlar vositasida hisoblab aniqlaymiz. Shuning uchun matematik sonlarni ongli, mustaqil ravishda o‘zlashtirishimiz darkor. Buning uchun matematik sonlarni uzluksiz, izchil, tizimli, ketma-ket o‘rganishimiz kerak. Agar matematik sonlarni mustaqil o‘rganmasak o‘zimiz bajargan ishlarning foydali bo‘lganligini aniqlay olmaymiz. Ya‘ni, o‘z ishimizni, hayotimizni reja asosida qura olmaymiz. Sonlarni ilmiy bilish, ularni to‘g‘ri aytish, yozish va hisoblashni bilishni hayotning o‘zi toqazo etadi. Biz sonlar bilan muomila qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishimiz kerak. Misol uchun vaqt qancha bo‘lganligini, ishni qancha vaqtda bajarish kabilarini bilishimiz kerak va h.k. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling