O’tkir va surunkali glomerulonefrit
Buyrakni biopsiya qilib tekshirish tashxisini aniqlaydi
Download 64.74 Kb.
|
O’tkir va surunkali glomerulonefrit
Buyrakni biopsiya qilib tekshirish tashxisini aniqlaydi.
Amiloidozdan farqlash uchun og’iz shilliq pardasi gistologik usulda tekshiriladi. Rentgen nuri yordamida buyrak va siydik ajralish yo’llarini ko’zdan kechirish, izotop va kontrast modda yordamida buyrakning rentgen suratini olish, UZD yordamida tekshirish, buyrak tomirlarini tekshirish (angiografiya) kerak. Buyrak to’qimasini tekshirish — punksion biopsiya usulini qo’llash xastalikni aniqlashga yordam beradi. Surunkali glomerulonefritning oqibatlari. Surunkali glomerulonefritda buyrak bujmayishi va buyrak faoliyatining pasayishi, buyrak yetishmovchiligi — surunkali uremiya rivojlanishi kuzatiladi. Bunday noxush oqibat xastalik boshlangandan so’ng 1 yildan 30 yilgacha davr ichida yuzaga chiqadi. Oxirgi 10—15 yil mobaynida buyrak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasida erishilgan yangiliklar, jumladan, davolash jarayonida kortikosteroidlar va immunodepressiv moddalarning qo’llanishi noxush oqibatlarni kamaytiradi, bemorlarning mehnat qobiliyati uzoqroq saqlanishiga va hatto 14—18% bemorning butunlay sog’ayib ketishiga yordam beradi. Lozim bo’lsa (o’tkir yallig’lanishlar qo’shilib qolsa), shifoxonada davolanish buyuriladi. Surunkali glomerulonefritni davolashda parhezga katta ahamiyat beriladi. Nefrotik va kasallikning aralash turida osh tuzi kam beriladi (sutkasiga 1,5—2,5 g gacha). Siydik ajratish xususiyati buzilmagan bo’lsa, oqsil chegaralanmaydi, o’rtacha 1 kg vaznga 2 — 2,1 g oqsil berish kerak. Bemorning qon bosimi ortiq bo’lsa, osh tuzi kam beriladi (5 g), oqsil va uglevodlar me’yori o’zgarmaydi. Surunkali glomerulonefritning shish bilan kechuvchi mezangioproliferativ va mezangiomembranoz turlarida glukokortikosteroidlar ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Diffuz fibroplastik va o’choqli-segmentar glomerulosklerozli nefritda glukokortikosteroidlar buyurish maqsadga muvofiq emas. Xastalik xuruj qilganda, ayniqsa, kasallikning nefrotik turida kortikosteroidlar, masalan, prednizolon buyuriladi. Prednizolon tana og’irligiga nisbatan 1 mg/kg hisobida 3—8 hafta davomida buyuriladi, so’ngra asta-sekin doza kamaytirib boriladi va sutkasiga 7,5—10 mg ga tushgach, shu dozada uzoq vaqt davomida beriladi. Agar nefrotik sindrom (orqaga qaytmasa) kamaymasa, prednizolon puls-terapiya usulida davolash buyuriladi. Surunkali glomerulonefritning nefrotik turiga glukokortikoidlar yordam qilmasa, prednizolon bilan birga, azatioprin yoki siklofosfamid sutkasiga 150—200 mg buyuriladi. Dorilar dozasi 6—8 haftadan so’ng pasaytiraladi va uzoq vaqt davomida bemorga beriladi (6 oygacha). Agar kortikosteroidlar buyurish mumkin bo’lmasa (qandli diabet, oshqozon yarasi va hokazo), sitostatiklarning o’zi buyuriladi. Sitostatiklar bilan davolanayotgan bemorlar qonida leykotsitlar va neytrofillar soni tekshirib turiladi. Buyrak parenximasidagi yallig’lanishni kamaytirish maqsadida indometatsin sutkasiga 50 mg dan 150 mg gacha beriladi. Indometatsin mediatorlarda immunologik jarayonlarni kamaytiradi. Gipertoniya bilan va buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi glomerulonefritda indometatsin buyurilmaydi. Srunkali glomerulonefrit uning klinik ko’rinishi, kasallik holati va asoratiga qarab davolanadi: — ma’lum davo rejimini saqlash; — parhezning chegaralanishi; — dori moddalari bilan davolash. Bemorlar sovuq qotishdan, fizik va psixik zo’riqishdan saqlanishlari kerak. Ularga kechki vaqtda, sovuq ochiq havoda, issiq sexlar va nam sharoitda ishlash taqiqlanadi. Bemorlarga kunduzi 1—2 soat yotib dam olish tavsiya etiladi. Bir yilda bir marotaba shifoxonada davolanishlari zarur. Kasallikning ozgina qaytalanish belgilari paydo bo’lishi bilanoq, bemorni darhol shifoxonaga yotqizib davolash lozim. Parhez surunkali glomerulonefritning klinik ko’rinishlariga asoslangan holda belgilanadi. Osh tuzi cheklangan stol tayinlanadi (7- stol). Patogenetik davo sifatida kortikosteroidlar qo’llaniladi. Shishlarda gormonlar bilan birga, diuretiklar: furosemid, veroshpiron, aldakton belgilanadi. Diurez oshishi uchun poliglukindan foydalaniladi. Gipertoniyaga qarshi gipotenziv vositalar, antibiotiklar, allergiyaga qarshi vositalar (dimedrol, suprastin), vitamin buyuriladi. Buyrak koptokchalari va arteriolalari devorlarida fibrin cho’kishini va qon zardobidagi fibrin miqdorini kamaytirish maqsadida teri ostiga yoki vena tomiriga geparin yuboriladi. Geparin teri ostiga kuniga 4 mahal 5—10 ming o’lchov birligida yuboriladi. Odatda, geparin kindikdan 4 sm pastroqqa, teri orasiga yuboriladi. Qon ivish vaqti Moravits usuli bilan tekshiriladi. Agar trombin qon ivish vaqti va antitrombin III nazorat qilinmasa, geparin 10—15 ming o’lchov birligida faqat 3 kun beriladi. Geparin bilan davolash vaqtida kurantil, trental buyurish maqsadga muvofiq. Kasallikning oldini olish. Shu maqsadda o’tkir glomerulonefritli bemorlarni tuzalguncha davolash, bemor badanidagi infeksiya o’choqlarini bartaraf qilish, bemorlarga uzoq vaqt parhez tutish maslahat qilinadi. Surunkali nefrit bilan og’rigan bemorlar sovuq va nam havo ta’siridan o’zlarini ehtiyot qilishlari, sanatoriya va kurortlarda dam olib turishlari lozim. Bemor badanida shish paydo bo’lsa, to’shakda yotib, badanini issiq tutish, ayniqsa, belbog’ bilan o’rash tavsiya etiladi. Profilaktikasi quyidagilardan iborat: infeksion o’choqlarni yo’qotish (angina, tonzillit, tish kariyesi), og’iz bo’shlig’ini sanatsiya qilish, bemor asab buzilishi va jismoniy zo’riqishdan saqlanishi zarur. Parvarishi. Kasallikning o’tkir davrida hamshira bemorlarni, ayniqsa, yaxshi parvarish qilib turadi, badan terisiga, yurak tomirlar sistemasiga, ahvoliga, qancha siyishiga qarab boradi, sutkalik diurezni o’lchab turadi. Barcha klinik va laboratoriya ko’rsatkichlarining asliga kelib qolishi bemorning sog’ayganidan darak beradigan mezon bo’lib xizmat qiladi. O’tkir glomerulonefritni boshdan kechirgan bemor jismoniy nagruzkalar, sovqotishdan ehtiyot bo’lishi, quruq, iliq binoda ishlashi kerak. Spirtli ichimliklar ichish qat’iyan taqiqlanadi. Tibbiyot hamshirasi yotoq yaralarni profilaktika qilish uchun har kuni choralar ko’rishi: o’rinni bir necha marta yig’ib, qayta solishi, terini dezinfeksiya qiladigan eritmalar bilan artishi, bemorni yonboshi bilan yotqizib turishi va dumg’azasi tagiga rezina chambar qo’yishi lozim. Download 64.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling