Universitetga kelishdan oldin siz quyidagi bosqichlarni bajarishingiz kerak:
1. Hujjatlarni yuborish
Pasport nusxasini elektron pochta manziliga yuboring dep.internationaloshtu@gmail.com. Sizning pasportingiz nusxasi skanerlangan formatda (pdf) va aniq ko'rinishda bo'lishini iltimos qilamiz.
2. Ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni legallashtirish va tarjima qilish (diplom / guvohnoma)
Universitetga kelganingizdan so'ng, sizning ta'lim to'g'risidagi hujjatlaringiz belgilangan tartibda legallashtirilgan bo'lishi kerak (apostil qo'yilgan).
Diqqat! Universitetga kelishdan oldin pasport va ta'lim to'g'risidagi hujjatlar (diplom va ilovasi) rus tiliga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Hujjatlarni xorijiy talabalar bilan ishlash bo'limiga topshirishdan oldin ta'lim to'g'risidagi hujjatlarni ekspertiza qilish uchun topshirish kerak (ushbu ma'lumot Qirg'iziston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasida olish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: |